Uzakova Umida Ruzievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.PhD/Iqt4597
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toѕhkent davlat tranѕrort univerѕiteti 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Saidov Mash’al Samadovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar:
Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Buriev Hakim Toshimovich, v.b. I.f.n.;
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar boshqaruv mexanizmini takomillashtirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “boshqaruv jarayonidagi siklik muammolarni bartaraf etishning tashkiliy tizimi” qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalar menejmentining tashkiliy integratsion funksiyasiga xodimlar o‘rtasida mas’uliyat va javobgarlikni teng taqsimlanishi, ichki va tashqi ta’sirlardan himoyalanish, xodimlarning bilim darajasini oshirish ko‘nikmalarini  shakllantirishning motivatsion elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarining boshqaruv samaradorligida muvozanatli risk menejmentini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatda boshqaruv sifati bahosi (β_1=0,305), xodimlarni rag‘batlantirish  (β_2=0,416), ishchilarning demografik holati  (β_3=0,085) hamda raqamlashtirish ijobiy va malakaviylik darajasining axamiyasiz ta’siri asoslangan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, bozorda raqobat muhitiga moslashish bo‘yicha raqobatbardosh boshqaruv strategiyasi (RS=49%) va amaldagi boshqaruv strategiyasi (AS=51%) o‘rtasidagi samaradorlikning  optimal nisbati asoslangan; 
O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulot sotishdan tushumining boshqaruv xarajatlari turli darajalariga ko‘ra 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarining ssenariy variantlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv mexanizmi takomillashtirilishi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “boshqaruv jarayonidagi siklik muammolarni bartaraf etishning tashkiliy tizimi”ni qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalar menejmentining tashkiliy integratsion funksiyasiga xodimlar o‘rtasida mas’uliyat va javobgarlikni teng taqsimlanishi, ichki va tashqi ta’sirlardan himoyalanish, xodimlarning bilim darajasini oshirish ko‘nikmalarini  shakllantirishning motivatsion elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 26 noyabrdagi 02/15-3583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Ohangarontsement» aksiyadorlik jamiyatida menejmentining tashkiliy integratsion funksiyasiga yangi motivatsion elementlarni kiritish asosida takomillashtirishda, uning boshqaruv tuzilmasi qayta tashkil etishda va korxonaning boshqaruv xodimlarining samaradorlikning asosiy (KPI) qo‘rsatkichlari 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 4,2 foizga oshirish imkoniyatini yaratib, boshqaruv xodimlarining mexnat unumdorligi 8,2 foizga oshirishga erishilgan; 
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarining boshqaruv samaradorligida muvozanatli risk menejmentini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatda boshqaruv sifati bahosi (β_1=0,305), xodimlarni rag‘batlantirish  (β_2=0,416), ishchilarning demografik holati  (β_3=0,085) hamda raqamlashtirish ijobiy va malakaviylik darajasining axamiyasiz ta’siri asoslangan taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 26 noyabrdagi 02/15-3583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish asosida «Bekobodsement» va «Ohangaronsement» aksionerlik jamiyatida boshqaruv xarajatlarida risk menejmenti uchun xarajatlarni rejalashtirish tizimi qayta ko‘rib chiqilgan va ishchilarning demografik xolati bo‘yicha o‘rtacha yosh darajasi 2022-yildagi 30-45 yoshgachan bo‘lganlarning salmog‘ini oshirishga erishilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, bozorda raqobat muhitiga moslashish bo‘yicha raqobatbardosh boshqaruv strategiyasi (RS=49%) va amaldagi boshqaruv strategiyasi (AS=51%) o‘rtasidagi samaradorlikning  optimal nisbati bo‘yicha taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 26 noyabrdagi 02/15-3583-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Ohangaronsement» aksionerlik jamiyatining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan hamda korxonada moslashuvchan boshqaruv strategiyalariga o‘tilgan va boshqaruv harajatlari 16,4 foizga qisqartirilib, xodimlar ish haqini samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) asosida to‘lash tartibi joriy etilgan;
O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulot sotishdan tushumining boshqaruv xarajatlari turli darajalariga ko‘ra 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarining ssenariy variantlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 26 noyabrdagi 02/15-3583-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikda nazarda tutilgan takliflar «Ohangaronsement» aksionerlik jamiyatining  2030-yilgacha bo‘lgan  biznes rejasi ishlab chiqilgan,  korxonada moslashuvchan boshqaruv strategiyalariga o‘tilgan va boshqaruv harajatlari 14,6 foizga qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish