Rafiqova Gulnoza Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda davlat xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish: siyosiy-huquqiy asoslar va institutsional transformatsiya 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ss230
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqimjon siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunmuratov Turdimurat Maxamatkulovich siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Ergashev Baxodir Xojiqurbonovich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik unuversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat xizmati ko‘rstish tizimini tadqiq etish va uni rivojlantirish usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: davlat boshqaruvining markazlashgan va desentralizatsiyalashgan elementlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan davlat xizmati ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilishning milliy modeli ishlab chiqilib, uni amaliyotga joriy etish zarurati ilmiy aosolangan;
fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati davlat xizmati ko‘rsatishda “fuqarolarga yo‘naltirilgan yondashuv” konsepsiyasining O‘zbekiston sharoitidagi o‘ziga xos jihatlarini ochib berish orqali asoslantirildi;
davlat xizmatlari tizimining samaradorligini oshirish uchun huquqiy, tashkiliy va zamonaviy innovatsion mexanizmlarini inobatga olib, davlat boshqaruvi institutsional rivojining kelgusi istiqbollarini belgilash uchun O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini “Ijtimomy davlat” konsepsiyasidan kelib chiqib modernizatsiya qilish zarurati ilmiy asoslantirildi;
muayyan davlatning davlat xizmatlarining global siyosiy mezonlarga muvofiqlashuvi davlatning global reytinglardagi o‘rnini belgilashi hamda “Doing Business” indeksi yoki elektron hukumat rivojlanishi reytingidagi natijalari davlatning tashqi siyosiy imijini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda davlat xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat boshqaruvining markazlashgan va desentralizatsiyalashgan elementlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan davlat xizmati ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilishning milliy modeli ishlab chiqilib, uni amaliyotga joriy etishga oid takliflardan Namangan viloyati Adliya boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (2025-yil 1-martdagi 24/24-sonli dalolatnomasi). Natijada Namangan viloyati adliya boshqarmasining 2024-yil 18-yanvarda tasdiqlangan davlat xizmati markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari xodimlarining ichki mehnat tartib-qoidalarini ishlab chiqishda disserssiya materiallari asos bo‘lgan;
fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati davlat xizmati ko‘rsatishda “fuqarolarga yo‘naltirilgan yondashuv” konsepsiyasining O‘zbekiston sharoitida qo‘llash orqali amalga oshirish mumkinligiga oid fikrlaridan Namangan viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan(2024-yil 12-martdagi 06/18-1017-sonli dalolatnomasi). Natijada Namangan viloyati hokimining 2022-yil 8-noyabrdagi jamoatchilik kengashining faoliyati to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq yangilangan nizomning 5-sonli bandi ishlab chiqilgan;
davlat xizmatlari tizimining samaradorligini oshirish uchun huquqiy, tashkiliy va zamonaviy innovatsion mexanizmlarini inobatga olib, davlat boshqaruvi institutsional rivojining kelgusi istiqbollarini belgilash uchun O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini “Ijtimomy davlat” konsepsiyasidan kelib chiqib modernizatsiya qilishga oid fikrlaridan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi faoliyatida foydalanilgan (2024-yil 28-fevraldagi 01-31/14-sonli dalolatnomasi). Natijada Rivojlangan davlatlar - AQSh, Yaponiya va Singapurda davlat xizmati ko‘rsatishning innovatsion usullari va yangi shakllari – mahalliy davlat organlari, xususiy sektor va NNTning davlat xizmati ko‘rsatish sohasidagi hamkorligi, bu sohada ijtimoiy menejment va xizmat ko‘rsatish samarasini oshirish modellarining O‘zbekistondagi davlat xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi ahamiyati tadqiq etildi. Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi O‘zLiDeP deputatlik guruxining mahalliy davlat organlari bilan xamkorlikda Namangan shahri va tumanlardagi 182 ta umumtalim maktablari, 172 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 46 ta tibbiyot markazlarining 2023-2024 -yillarda kuz va qish mavsumiga tayyorgarligi borasidagi amalga oshirilgan ishlarni jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishga xizmat qilgan;
muayyan davlatning davlat xizmatlarining global siyosiy mezonlarga muvofiqlashuvi davlatning global reytinglardagi o‘rnini belgilashi hamda “Doing Business” indeksi yoki elektron hukumat rivojlanishi reytingidagi natijalari davlatning tashqi siyosiy imijini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga oid fikrlaridan Namangan viloyati ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (2025-yil 27-martdagi 02-07/060-sonli dalolatnomasi). Natijada Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturining 2-yo‘nalishida belgilangan “Ta’lim tarbiya tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora tadbirlar” 26-27-bandiga asosan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining sohaga oid bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha seminar treninglar tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirish, kengashlarda hisobotlarni eshitishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.