Toshtemirov Shohruh Toshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholining real daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3962.
Ilmiy rahbar: Xajiev Baxtiyor Dushabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ravshan Aminbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida aholining real daromadlarini oshirishni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “aholining real daromadlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni muayyan vaqt oralig‘ida aholi tomonidan olingan pul va natural shakldagi daromadlarga ularning sotib olish qobiliyati bilan bir qatorda umumiy ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikni aks ettiruvchi indikator sifatida qarash orqali takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra aholi daromadlarini shakllantirish usullari, dastaklari, qoida va me’yorlari hamda iqtisodiy munosabatlarini o‘z ichiga oluvchi daromadlarning shakllanish mexanizmi aholining turli guruhlari uchun daromadlarning manbalari va ularning o‘sish strategiyalarini aniqlashga yordam beruvchi innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, davlat siyosati va global iqtisodiy jarayonlar uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan;
statistik tahlillar asosida aholining real daromadlarini hududiy jihatdan turli toifalarga ajratish orqali “yashil hudud” va “qizil hudud” darajalariga ko‘ra farqlash hamda daromadlar darajasini tartibga solishga yo‘naltirilgan grant va subsidiyalarning tabaqalashtirilgan miqdorini belgilash taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda aholi real daromadlarini oshirishning zaruriy shartlari hamda uni amalga oshirish mexanizmlarining korrelyasion va regression tahlillari asosida 2030-yilga qadar aholi real daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholining real daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “aholining real daromadlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni muayyan vaqt oralig‘ida aholi tomonidan olingan pul va natural shakldagi daromadlarga ularning sotib olish qobiliyati bilan bir qatorda umumiy ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikni aks ettiruvchi indikator sifatida qarash orqali takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlarining 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 31-maydagi 169-sonli buyruqlari). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarni tayyorlashda foydalanish bakalavriat va magistratura talabalarida “nominal daromad” va “real daromad” iqtisodiy kategoriyalarining mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra aholi daromadlarini shakllantirish usullari, dastaklari, qoida va me’yorlari hamda iqtisodiy munosabatlarini o‘z ichiga oluvchi daromadlarning shakllanish mexanizmi aholining turli guruhlari uchun daromadlarning manbalari va ularning o‘sish strategiyalarini aniqlashga yordam beruvchi innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, davlat siyosati va global iqtisodiy jarayonlar uyg‘unligi asosida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlarining 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot” nomli darslik tayyorlashda va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 31-maydagi 169-sonli buyruqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 01/00-03/10-3297-son xatiga muvofiq ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bakalavriat va magistratura talabalarida aholining real daromadlari shakllanish mexanizmlari borasidagi nazariy-uslubiy tushunchalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
statistik tahlillar asosida aholining real daromadlarini hududiy jihatdan turli toifalarga ajratish orqali “yashil hudud” va “qizil hudud” darajalariga ko‘ra farqlash hamda daromadlar darajasini tartibga solishga yo‘naltirilgan grant va subsidiyalarning tabaqalashtirilgan miqdorini belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan aholining real daromadlarini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 01/00-03/10-3297-son xatiga muvofiq ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llash asosida ishsiz va band bo‘lmagan aholini, jumladan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko‘nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratish taklifi amaliyotga joriy etilgan;
O‘zbekistonda aholi real daromadlarini oshirishning zaruriy shartlari hamda uni amalga oshirish mexanizmlarining korrelyasion va regression tahlillari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan aholi real daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan aholining real daromadlarini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 01/00-03/10-3297-son xatiga muvofiq ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish mamlakatimizda aholi real daromadlarini oshirishning tizimli yo‘naltirilgan iqtisodiy vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.