Raximov Alisher Sharofidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1239
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlari doktori(DSc), professor, Mamatov Obidxon Vaqqosovich falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlar vatanparvarligi fenomenining ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida vatanparvarlik fenomeni amaliy xarakterga ega ijtimoiy hodisa sifatida g‘oyaviy-mafkuraviy va axloqiy-ruhiy xatarning oldini olib, fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyatini oshiruvchi vatanparvarlik elementlari (milliy tarix, an’ana, g‘’oya, burch va mas’uliyat) ta’sirida jamiyatdagi salbiy hodisalarni bartaraf etishi ilmiy asoslangan;
jamiyatning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomenining identifikatsiya (ma’lum bir millatga mansublik), mobillik (shaxsning fuqarolik ongini rivojlantirish) va birlashtiruvchi (millatning bir butunlikka integratsiyalashuvi) mezonlarini takomillashtirish, shaxsda insonparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashi falsafiy ochib berilgan;
jamiyatning ma’naviy yuksalish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi tizimini isloh qilish asosida yoshlar tafakkurini real va hayotiy maqsadlar bilan boyitish orqali ularni jamiyatda uchrayotgan vatanfurushlik illatlariga qarshi faol kurashishga da’vat etish va shu asosida ularda vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqatlilik fazilatlarini yuksaltirish imkoniyatlari aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-ma’naviy vazifalari va istiqbollari, vatanparvarlikni namoyon qilgan tarixiy shaxslar, qahramonlar va vatanpavarlik ideallariga bo‘lgan ishonchni an’ana, qadriyat, tarixiy-madaniy meros kabi etnomadaniy va akiologik vositalar hamda ma’naviy tarbiya texnologiyalari orqali kuchaytirishiga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomeni g‘oyaviy-mafkuraviy, axloqiy-psixologik, harbiy-texnik xavf-xatarning oldini olishga safarbarlik qobiliyati bilan bog‘liq sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit ijtimoiy-falsafiy mexanizm ekanligi ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 29 martdagi 02-06-429-sonli Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-ma’naviy shart-sharoitlarini asoslashga xizmat qilgan.
ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomenining falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida vatanparvarlikni mustahkamlovchi (ratsional, pragmatik) va aksincha uni emiruvchi (deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik) omil va yondashuvlar ijtimoiy-falsafiy yondashuv asosida ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2024 yil 26 martdagi 04/11-2279-son Ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatning ma’naviy yuksalish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi tizimini modernizatsiyalash asosida fidoyilik va sadoqatlilik fazilatlarini yuksaltirish imkoniyatlarini takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
jamiyatning ma’naviy yuksalish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi tizimini isloh qilish asosida yoshlar tafakkurini real va hayotiy maqsadlar bilan boyitish orqali ularni jamiyatda uchrayotgan vatanfurushlik illatlariga qarshi faol kurashishga da’vat etish va shu asosida ularda vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqatlilik fazilatlarini yuksaltirish imkoniyatlari asoslanganligiga doir yangiliklaridan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 13 iyundagi 224/01-son Ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomenini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-ma’naviy vazifalari va istiqbollari vatanparvarlikni namoyon qilgan tarixiy shaxslar, qahramonlar va vatanpavarlik ideallariga bo‘lgan ishonchni an’ana, qadriyat, tarixiy-madaniy meros kabi etnomadaniy va akiologik vositalar hamda ma’naviy tarbiya texnologiyalari orqali kuchaytirishiga ustuvorlik berish asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2024 yil 26 martdagi 04/11-2279-son Ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatning ma’naviy yuksalish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi tizimini modernizatsiyalash asosida fidoyilik va sadoqatlilik fazilatlarini yuksaltirish imkoniyatlarini takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.