Israilov Rustambek Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt622.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Isaev Ravshan Abduraxmonovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Fatima Tulkinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat Universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kichik tadbirkorlik sub’ektlarining shakllanishi, o‘sishi va samarali faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, texnologik va boshqa muhit elementlarni tanlab olinishining to‘g‘riligi, istiqboldagi o‘zgarishi holatiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholashda hududlarni kichik biznesning rivojlanganlik darajasiga ko‘ra taqsimlash uslubiyoti “past”  , “o‘rtadan past”  , “o‘rta”  , “yuqori”   integral ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflash orqali takomillashtirilgan;
kichik biznesga ta’sir etuvchi omillarini inobatga olgan holda intensiv, ekstensiv, tejamkor o‘sish turlarini tasniflash orqali hududlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznesga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapitalga investisiyalar (1,5%≤AKI≤2,1%), aholi daromadlarining o‘sishi (2,7%≤ADOʼ≤3,2%), aholi jon boshiga umumiy daromadlar (1,7%≤AUD≤1,9%) bo‘yicha ta’sir kuchi (og‘irlik vazni) asoslangan; 
hududlarda kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarining yalpi samaradorligi (TFP) aniqlash uslubiyotini ishlab chiqarish, asosiy kapitalga investisiyalar, aholi daromadlari, aholi jon boshiga umumiy daromadlar va YaHM hajmi nisbatining yillik o‘sish sur’atlari yordamida modifikatsiyalash orqali Namangan (1,85%), Andijon (0,82%), Farg‘ona (0,36%) viloyatlarida kichik biznes o‘sishiga yalpi omillar samaradorligi darajasi aniqlangan;
Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellari asosida 2030 yilga qadar kichik biznes ulushining ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kichik biznesni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kichik tadbirkorlik sub’ektlarining shakllanishi, o‘sishi va samarali faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, texnologik va boshqa muhit elementlarni tanlab olinishining to‘g‘riligi, istiqboldagi o‘zgarishi holatiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarda kichik biznes rivojlanish omillarning ta’sir etish oqibatlarini o‘rganishning nazariy asoslari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholashda hududlarni kichik biznesning rivojlanganlik darajasiga ko‘ra taqsimlash uslubiyoti “past”  , “o‘rtadan past”  , “o‘rta”  , “yuqori”   integral ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 22 noyabrdagi 08/27-24419-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi kichik biznes sub’ektlari tomonidan hudud rivojlanishiga qo‘shgan hissasini baholashga imkon yaratgan, xususan, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi kichik biznes sub’ekti samaradorligini 12 foizga oshishiga imkon bergan;
kichik biznesga ta’sir etuvchi omillarini inobatga olgan holda intensiv, ekstensiv, tejamkor o‘sish turlarini tasniflash orqali hududlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznesga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapitalga investisiyalar (1,5%≤AKI≤2,1%), aholi daromadlarining o‘sishi (2,7%≤ADOʼ≤3,2%), aholi jon boshiga umumiy daromadlar (1,7%≤AUD≤1,9%) bo‘yicha ta’sir kuchi (og‘irlik vazni)ni asoslash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 22 noyabrdagi 08/27-24419-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2021-2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqishda foydalangan holda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va hududlarda kichik biznes subektlarining iqtisodiy samaradorligini 9,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
hududlarda kichik biznes rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarining yalpi samaradorligi (TFP) aniqlash uslubiyotini ishlab chiqarish, asosiy kapitalga investisiyalar, aholi daromadlari, aholi jon boshiga umumiy daromadlar va YaHM hajmi nisbatining yillik o‘sish sur’atlari yordamida modifikatsiyalash orqali Namangan (1,85%), Andijon (0,82%), Farg‘ona (0,36%) viloyatlarida kichik biznes o‘sishiga yalpi omillar samaradorligi darajasini aniqlash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 22 noyabrdagi 08/27-24419-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi kichik biznes sub’ektlari yalpi samaradorligini aniqlash hamda rivojlantirib borish imkoni yaratilgan;
Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan kichik biznes ulushining ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 22 noyabrdagi 08/27-24419-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida Farg‘ona vodiysida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda qo‘llagan holda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish