Ravshanova Gulxayo Abdikaxarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi e’loni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi) “Fuqarolik jamiyati institutlari ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining milliy va umuminsoniy tamoyillari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1073
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotga muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04
Rasmiy opponentlar: Yunusov Kamoliddin Abzalovich-siyosiy fanlar doktori, professor. Boyterimova Zarina Dadajonovna-falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning asosiy maqsadi - O‘zbekistonda shakllangan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati va ularning ma’naviy-ma’rifiy tamoyillari hamda milliy va umuminsoniy jihatlarini har tomonlama ilmiy-falsafiy tadqiq etish, shu asosda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fuqarolik jamiyati institutlari ma’naviy-ma’rifiy faoliyati Yangi O‘zbekostonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va o‘ziga xos ma’naviy makon shakllanishining dialektik omili ekanligi asoslab berilgan;
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini takomillashtirish imkoniytalari ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyati institutlari misolida yoritib berilgan;
Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida fuqarolar ongida yangi dunyoqarash tizimining shakllanishiga fuqarolik jamiyati institutlari ma’naviy-ma’rifiy faoliyati ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
bugungi kunda O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ma’naviy tamoyillari ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyati institutlari ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining milliy va umuminsoniy tamoyillarini aniqlash jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 – 2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga bevosita tadbiq qilingan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi orasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchytirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan keng foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 28-iyuldagi 02-22/731-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibotchilar guruhi a’zolarining fuqarolik jamiyati va faol fuqarolik pozisiyasini aholi ongiga singdirish bo‘yicha nazariy bilimlari yanada mustahkamlandi.
“fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik jamiyati instituti” va “ma’naviy-ma’rifiy faoliyat” tushunchalari ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lishidagi o‘zgaruvchanligi, intensivligi va innovatsion xususiyatlariga oid taklif, tavsiya hamda xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar targ‘iboti 9 bandi “Yangi O‘zbekiston xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan keng foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 31-avgustdagi 352-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot tadbirlari davomida aholining, ayniqsa, yoshlarning fuqarolik jamiyatida ma’naviy-ma’rifiy omillarning ahamiyatiga oid bilimlarini yanada kengayishiga erishilgan;
O‘zbekistonda fuqarollik jamiyatini barpo etish va ma’naviy taraqqiyot tadrijini tahlil qilish hamda bu boradagi umumiy qonuniyatlarni o‘rganish asosida fuqarolik jamiyati institutlarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyat sohasidagi o‘zgarishlar dialektikasi va uning namoyon bo‘lish mexanizmining o‘ziga xos jihatlariga oid xulosa, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining ilmiy va targ‘ibot faoliyatida shu bilan birga jamiyat tomonidan chop etilayotgan turli adabiyotlar, ilmiy-ommabop materiallarni tayyorlashda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining 2023-yil
22-avgustdagi 11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosa va takliflar O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan chop etilgan materiallarning ilmiy faktlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichiga xos ma’naviy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va konstruktiv tendensiyalarini tadqiq qilish natijalariga tayangan holda bu borada muhim natijalariga sabab bo‘layotgan siyosiy omillar va ijtimoiy tamoyillar samarasiga oid ilmiy tahlillardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining ilmiy va pedagogik faoliyatida keng foydalanildi. (Respublika Badiiy akademiyasining 2024-yil 15 apreldagi 05-39/43-491 sonli-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosa va takliflar tinglovchilarning fuqarolik jamiyatiga oid nazariy dunyoqarashlarini yanada o‘stirishga yordam bergan.