Akilova O‘g‘ilxon Mirzapoyasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi e’loni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi) “O‘zbekistonning yangilanish jarayoni ma’naviy omillarini optimallashtirishning ijtimoiy falsafiy asoslari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1048
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: “Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotga muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04
Rasmiy opponentlar: Yunusov Kamoliddin Abzalovich-siyosiy fanlar doktori, dotsent. To‘ychiev Berdiqul Toraeyvich-falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekistonning yangilanish jarayoni ma’naviy omillarini optimallashtirishning dinamik xususiyatlarini va o‘ziga xos tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida ma’naviy omillar namoyon bo‘lishining o‘ziga xos regulyatorlik, kommunikativ va kompensatorlik hususiyatlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston ma’naviy hayotining zamonaviylashuvi va dinamikasini optimallashtirishga xizmat qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy omillar dialektikasi ochib berilgan;
ma’naviy yangilanish dinamikasining bugungi tub islohatlar va rivojlanish jarayonini asosiy harakatga keltiruvchi fundamental va innovatsion omili sifatidagi ta’sirchan ahamiyati dalillar va misollar asosida ochib berilgan;
jamiyatning ma’naviy hayotiga xoѕ yangilanishlar dinamik tendenѕiyasini ta’minlovchi innovatsion tafakkur (kreativlik, tashabbuskorlik, tanqidiy tahlil va faol fuqarolik pozisiyasi) shakllanishiga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning yangilanish jarayoni ma’naviy omillarini optimallashtirishning ijtimoiy falsafiy asoslari tadqiq etish jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Jamiyat ma’naviy hayotining genezisi va dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-falsafiy davlat qurilishi, hokimiyatlarning konstitusion bo‘linishi, jamiyat boshqaruvidagi yangilanishlar kabi omillarga bog‘liq o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonining ma’naviy qonuniyatlariga oid xulosa, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan 2023-yil davomida o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida va mavzuga doir turli ilmiy nashrlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasyflari milly jamiyatining 2023-yil 21-avgustdagi 8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiuat ma’naviy hauotining genezisi va dinamikaѕiga ta’sir ko’rѕatadigan ijtimoiy-falsafiy davlat qurilishi, hokimiuatlarning konѕtitutѕion bo’liniѕhi, jamiuat boѕhqaruvidagi uangilaniѕhlar kabi omillarga bog‘liq o’zgariѕhlar va uangilaniѕhlar jarauonining ma’naviu qonuniuatlari oshib beriliѕhiga oid ma’lumotlar ilmiy bouitilgan.
Yangi O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot tamoyillariga xos ijtimoiy o‘zgarishlarga innovatsion tendensiyalar va kreativ vositalar ta’sirini yanada kuchaytirish va fuqarolik jamiyati institutlari yordamida uni optimallashtirish imkoniyatlariga oid ilmiy xulosa takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomsi mazmun-mohiyati” hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston - xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohatlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tdqiqotlar institutining 2023-yil 31-avgustdagi 357-sonli ma’lumotnomasi).
Jamiyat hayotining mazmuni, davlat siyosati, ma’naviy sohadagi olib borilayotgan faoliyatining ma’no-mazmunini falsafiy mezonlar bilan belgilanishi hamda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning asosiy omili va vositalariga oid nazariy ma'lumotlardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining ilmiy va pedagogik faoliyatida keng foydalanildi. Jumladan o‘quv kurslarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan o‘quv materiallari tayyorlashda va oq’uv jarayonida bevosita ilmiy manba sifatida qo‘llanildi. (Respublika Badiiy akademiyasining 2025-yil 24 yanvardagi 05-39/18-135 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosa va takliflar tinglovchilarning O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga oid nazariy bilimlarini yanada o‘stirishga yordam bergan.