Egamnazarov Husniddin Faxriddin O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida turizmni barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3387.
Ilmiy rahbar: Amonboev Mahammadsidiq, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xomidov Qaxxorali Qurbonali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida turizmni barqaror rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash va ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «Barqaror turist» tushunchasining iqtisodiy mazmuni turizm faoliyatiga ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik tamoyillari asosida ekoturizm, mas’uliyatli turizm va barqaror rivojlanish g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liq holda yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha regressiya tahlili natijalari orqali «davlat-boshqaruv turizmi» (0,674), «ilmiy turizm» (0,793), «geologiya turizmi» (0,578), «sanoat turizmi» (0,399) va «harbiy turizm» (0,590) yo‘nalishlarining ta’sir darajasiga ko‘ra istiqbolli turizm turlari sifatida barqaror rivojlantirish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida turizmni barqaror rivojlantirishni ta’minlaydigan va unga yondosh tarmoqlar bilan birgalikda rivojlanish salohiyatiga ega, odatda yolg‘iz, juftlikda yoki kichik guruhlar bilan sayohat qilishni afzal ko‘ruvchi «mustaqil turizm» toifasi uchun mos keluvchi xizmatlar majmui ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatiga tashrif buyuruvchi turistlar soniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida turizmni barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra, "Barqaror turist" tushunchasining iqtisodiy mazmunini turizm faoliyatida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik tamoyillari asosida ekoturizm, mas’uliyatli turizm va barqaror rivojlanish g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liq holda takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. Ushbu materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalariga tavsiya etilgan "Quality Management in Tourism" nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar ta’lim jarayonida hamda kelajakdagi ish faoliyatida turizmda sifatni boshqarish va barqarorlik tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha regressiya tahlili natijalari asosida "davlat-boshqaruv turizmi" (0,674), "ilmiy turizm" (0,793), "geologiya turizmi" (0,578), "sanoat turizmi" (0,399) va "harbiy turizm" (0,590) yo‘nalishlarining ta’sir darajasiga ko‘ra istiqbolli turizm turlari sifatida barqaror rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 582-son “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-fevral 03-10-17-1804-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizmning yangi turlarini joriy qilish orqali mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish hamda turizm salohiyati yuqori hududlarda turistlar uchun xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish ta’minlangan.
Namangan viloyatida turizmni barqaror rivojlantirishni ta’minlaydigan va unga yon-atrof tarmoqlar bilan birgalikda rivojlanish salohiyatiga ega, odatda yolg‘iz, juftlikda yoki kichik guruhlar bilan sayohat qilishni afzal ko‘ruvchi "mustaqil turizm" toifasi uchun mos keluvchi xizmatlar majmuasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi 211-son “2022-2026-yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yana-da yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida "Namangan viloyatida turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari"ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-fevral 03-10-17-1804-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlarini muvozanatlash bilan birga, tabiiy hamda ekologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan turistik ob’ektlarga sayyohlarni jalb qilish va turistlar oqimini oshirish imkoniyati yaratilgan.
Namangan viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi 211-sonli “2022-2026-yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida "Namangan viloyatida turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari"ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-fevral 03-10-17-1804-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2022-2026-yillarda Namangan viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida turizm sohasiga oid maqsadli ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish