Hamroeva Dilso‘z Yahyoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: O‘zbekiston Respublikasida hayot sug‘urtasi faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili, ixtisoslik shifri: 08.00.06 - Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2182.
Ilmiy rahbar: Nurmuhammedova Nargiza Sagidullaevna fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Salimov Baxtiyor Tadjievich
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida hayot sug‘urtasi faoliyatini statistik tadqiq etish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy sug‘urta bozorining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hayot sug‘urtasining tutgan o‘rnini, ahamiyatli jihatlarini hisobga olib, uning bugungi kundagi holatini va yuzaga kelayotgan asosiy tendensiyalarini kompleks baholash maqsadida yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
hayot sug‘urtasi aholi ijtimoiy-iqtisodiy himoyasining zamonaviy va ishonchli vositalaridan biri sifatida baholanib, uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, mezonlar, tamoyillar tadqiq etilib, hayot sug‘urtasi kompaniyalarining moliyaviy samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yangilangan sug‘urta faoliyati klassifikatoriga asoslangan holda hayot sug‘urtasi mukofotlari hajmini hisoblashning aniqlik darajasini oshirish va kompleks tadqiq etish maqsadida statistik baholash uslubi taklif etilgan;
mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalarining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini statistik baholash maqsadida o‘rta muddatli prognoz variantlari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston hayot sug‘urtasi kompaniyalari faoliyatini statistik usullar bilan baholash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy sug‘urta bozorining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hayot sug‘urtasining tutgan o‘rnini, ahamiyatli jihatlarini hisobga olib, uning bugungi kundagi holatini va yuzaga kelayotgan asosiy tendensiyalarini kompleks baholash maqsadida yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘ztemiryo‘lkonteyner AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘ztemiryo‘lkonteyner AJ 2024-yil 24-fevraldagi 1263-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida sug‘urta faoliyatidan olinadigan daromad va xarajatlarning shakllanishi va kompaniyalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini statistik baholashni amalga oshirishga imkon yaratgan;
hayot sug‘urtasi aholi ijtimoiy-iqtisodiy himoyasining zamonaviy va ishonchli vositalaridan biri sifatida baholanib, uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, mezonlar, tamoyillar tadqiq etilib, hayot sug‘urtasi kompaniyalarining moliyaviy samaradorligini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu takliflar O‘zbekinvest eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Qoraqalpog‘iston flialida (O‘zbekinvest eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Qoraqalpog‘iston flialining 2024-yil 23-dekabrdagi 05/493-sonli ma’lumotnomasi) faoliyatida foydalanilgan.Ushbu takliflar hayot sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini kompleks statistik tahlil qilish imkoniyatini oshirgan;
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yangilangan sug‘urta faoliyati klassifikatoriga asoslangan holda hayot sug‘urtasi mukofotlari hajmini hisoblashning aniqlik darajasini oshirish va kompleks tadqiq etish maqsadida statistik baholash uslubi taklif etilgan bo‘lib, ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘ztemiryo‘lkonteyner AJ faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘ztemiryo‘lkonteyner AJ 2024-yil 24-fevraldagi 1263-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida hayot sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning rivojlanishini samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyatlari oshgan;
mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalarining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini statistik baholash maqsadida o‘rta muddatli prognoz variantlari tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘ztemiryo‘lkonteyner AJ faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘ztemiryo‘lkonteyner AJ 2024-yil 24-fevraldagi 1263-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hayot sug‘urta kompaniyalarining ekonometrik model qurish asosida hayot sug‘urtasi faoliyatini istiqbolda prognoz qilish imkoniyatini oshirgan.