Xoshimov Baxrom Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarda turizm xizmatlari bozorini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari misolida)», 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3945
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.1.1.16.01 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akramovich  iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.             
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududda turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Taxtako‘pir tumanidagi Qarateran ko‘li, Aydos qal’a (Aq jag‘is), Baraktam-1, Baraktam-2, Jaman qal’a, Qo‘rg‘ancha qala, Qos minar, Qilish qal’a, Mexterqal’a, Taq minar turistik obektlarining infratuzilmasini takomillashtirish hamda harakatlanish vositalarini yaxshilash asosida xorijlik turistlarni hozirda eng ommalashib borayotgan cho‘l landshafti, ekologik, rekreatsion turizm yoʻnalishlari bo‘yicha jalb qilish taklifi asoslangan;
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (oldingi “Baday-to‘qay” davlat qo‘riqxonasi)- Sulton Uvays tog‘ tizmasi etagi va Qoratov tog‘ining o‘ng tarafida, Amudaryoning o‘ng sohilida  joylashgan hududda xorijiy va mahalliy turistlar uchun ekoturlarni tashkil etish taklifi asoslangan;
Ellikqal’a tumanidagi Ayozqal’a va Tuproqqal’a, Buran qal’a, Burli Qal’a, Dumanqal’a, Jeldikqal’a – mayin shamolli qal’a, Kichik Qirqqiz qal’a, Qavatqal’aga asosan Xorazm viloyati orqali amalga oshuvchi xorijlik turistlar oqimini Nukus shahri orqali yoʻnaltirish asosida turistlarning ushbu maskanlar bo‘yicha sayohatlari davomiyligini uzaytirish taklifi asoslangan;
Taxtako‘pir tumanidagi turistik obektlarni turistik yoʻnalishlar tarkibiga kiritish, Xo‘jayli tumaniga tashrif buyurayotgan xorijlik turistlarning asosan Nukus shahridagi mehmonxonalarga joylashayotganligi holatini hisobga olib, tumanda tadbirkorlarni keng jalb qilish orqali kichik mehmon uylari sonini oshirish, mehmonxonalar va joylashtirish vositalari faoliyatini samarali yoʻlga qo‘yish taklifi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm xizmatlari bozorini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida: 
Taxtako‘pir tumanidagi Qarateran ko‘li, Aydos qal’a, Baraktam-1, Baraktam-2, Jaman qal’a, Qorg‘ancha qala, Qos minar, Qilish qal’a, Mexterqal’a, Taq minar turistik obektlarining infratuzilmasini takomillashtirish hamda harakatlanish vositalarini yaxshilash asosida xorijlik turistlarni hozirda eng ommalashib borayotgan cho‘l landshafti, ekologik, rekreatsion turizm yoʻnalishlari bo‘yicha jalb qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasini hududiy rivojlantirishda kompleks yondashuv asosida agro, turistik, qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 -yil 26-dekabrdagi 03-12-17-9651-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turistik obektlarning infratuzilmasini takomillashtirish hamda harakatlanish vositalarini yaxshilash asosida xorijlik turistlarni ommaviy turistik yoʻnalishlar bo‘yicha jalb qilish imkoni yaratilgan;
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (oldingi “Baday-to‘qay” davlat qo‘riqxonasi) - Sulton Uvays tog‘ tizmasi etagi va Qoratov tog‘ining o‘ng tarafida, Amudaryoning o‘ng sohilida  joylashgan hududda xorijiy va mahalliy turistlar uchun ekoturlarni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasini hududiy rivojlantirishda kompleks yondashuv asosida ekoturlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26- dekabrdagi 03-12-17-9651-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida katta ekologik salohiyatga ega hududlarda xorijiy va mahalliy turistlar uchun ekoturlarni tashkil etish imkoni yaratilgan;
Ellikqal’a tumanidagi Ayozqal’a va Tuproqqal’a, Buran qal’a, Burli Qal’a, Dumanqal’a, Jeldikqal’a – mayin shamolli qal’a, Kichik Qirqqiz qal’a, Qavatqal’aga asosan Xorazm viloyati orqali amalga oshuvchi xorijlik turistlar oqimini Nukus shahri orqali yoʻnaltirish asosida turistlarning ushbu maskanlar bo‘yicha sayohatlari davomiyligini uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 -yil 26-dekabrdagi 03-12-17-9651-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Qoraqalpog'iston Respublikasida turizmni rivojlantirish, qoraqalpoq milliy an'ana va qadriyatlarini avloddan-avlodga qoldirish, respublikadagi tarixiy madaniy resurslardan foydalanish imkoni yaratilgan;
Taxtako‘pir tumanidagi turistik obektlarni turistik yo‘nalishlar tarkibiga kiritish, Xo‘jayli tumaniga tashrif buyurayotgan xorijlik turistlarning asosan Nukus shahridagi mehmonxonalarga joylashayotganligi holatini hisobga olib, tumanda tadbirkorlarni keng jalb qilish orqali kichik mehmon uylari sonini oshirish, mehmonxonalar va joylashtirish vositalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son «O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasini hududiy rivojlantirishda kompleks yondashuv asosida mehmonxonalar va joylashtirish vositalari faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 -yil 26-dekabrdagi 03-12-17-9651-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida muhim turistik obektlarni turistik yo‘nalishlar tarkibiga kiritish, tumanlarda tadbirkorlarni keng jalb qilish orqali kichik mehmon uylari sonini oshirish, mehmonxonalar va joylashtirish vositalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish