Do‘stova Aziza Qahramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxona boshqaruvida kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3098.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxona boshqaruvida kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ta’lim – fan – ishlab chiqarish” o‘rtasidagi o‘zaro integratsion munosa-batlarni kuchaytirish hamda “rahbar-xodim → xodim-xodim → xodim-rahbar” tizimli yondashuvlari asosida iqtisodiyot tarmoqlari uchun o‘rta va oliy ma’lumotli kadrlarni maqsadli tayyorlash sifat ko‘rsatkichlarini oshirish hisobiga muayyan malaka olish, malaka darajasini oshirish va martaba o‘sishiga olib keladigan traektoriyalarni rejalashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
korxonalarda yollanib ishlayotgan kadrlar salohiyatini oshirish imkoniyatlarini hududlarda “Ilg‘or professional tayyorgarlik markazlari”ni tashkil etish orqali kengaytirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholash yondashuvi bir vaqtning o‘zida unga ta’sir ko‘rsatuvchi jami miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini maqsadli guruhlash negizida ko‘nikmalarni prognozlashtirish (Skills anticipation), ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyoj (Skills need analysis) va ko‘nikmalardagi bo‘shliqlarni (Skills gap analysis) tahlil qilish asosidagi yagona integral ko‘rsatkichlar tizimiga ko‘ra takomillashtirilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida 2028-yilgacha bo‘lgan davrda kadrlarga bo‘lgan talab hajmining rivojlanishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“ta’lim – fan – ishlab chiqarish” o‘rtasidagi o‘zaro integratsion munosa-batlarni kuchaytirish hamda “rahbar-xodim → xodim-xodim → xodim-rahbar” tizimli yondashuvlari asosida iqtisodiyot tarmoqlari uchun o‘rta va oliy ma’lumotli kadrlarni maqsadli tayyorlash sifat ko‘rsatkichlarini oshirish hisobiga muayyan malaka olish, malaka darajasini oshirish va martaba o‘sishiga olib keladigan traektoriyalarni rejalashtirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-345-son “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 1-ilova, 2-bob, 4-punktining 5-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 12-fevraldagi 04-07-27-1676-sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu taklif mavjud ish o‘rinlarining kasbiy kompetenlik bo‘yicha talablariga mos keladigan o‘rta va oliy ma’lumotli kadrlar soni 10 foizga oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan;
korxonalarda yollanib ishlayotgan kadrlar salohiyatini oshirish imkoniyatlarini hududlarda “Ilg‘or professional tayyorgarlik markazlari”ni tashkil etish orqali kengaytirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi 6-maqsadining 2-samaradorlik ko‘rsatkichini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 12-fevraldagi 04-07-27-1676-sonli ma’lumotnomasi). Taklif aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarining ulushini 30 foizga etkazgan holda kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholash yondashuvi bir vaqtning o‘zida unga ta’sir ko‘rsatuvchi jami miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini maqsadli guruhlash negizida ko‘nikmalarni prognozlashtirish (Skills anticipation), ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyoj (Skills need analysis) va ko‘nikmalardagi bo‘shliqlarni (Skills gap analysis) tahlil qilish asosidagi yagona integral ko‘rsatkichlar tizimiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-345-son “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi 7-xatboshida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 12-fevraldagi 04-07-27-1676-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Romitan tuman yo‘llardan foydalanish” UKda kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi qariyb 3,1 martaga yaxshilanishiga, “47-SON XKMK” MChJda esa ushbu ko‘rsatkich 2,6 martaga, 2015-2023-yillarda kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi “ShOHRUD” AJ boshqaruvida 1,9 martaga, “Buxorodonmahsulotlari” AJ va “G‘ijduvon paxta tozalash” AJ korxonalarida 1,6 martaga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida 2028-yilgacha bo‘lgan davrda kadrlarga bo‘lgan talab hajmining rivojlanishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F-36-son “2024-2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 12-fevraldagi 04-07-27-1676-sonli ma’lumotnomasi). Taklif oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash uchun davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari buyurtmalariga muvofiq O‘zMU, TDIU, BuxDU, ADU kabi oliy ta’lim muassasalarida umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari va kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini maqsadli rejalashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan.