Abidova Zilola Xabibullaevaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi tafakkur fe’llarining semantik tipologiyasi va leksikografik talqini” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3122
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, Filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori Abduvaliev Muhammadjon Arabovich; Samarqand davlat chet tillar instituti professor, G‘aybulla Mirsanov. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universitetini. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tilidagi aqliy faoliyat, tafakkur fe’llarining ma’no ko‘lami va munosabatlarini qiyosiy aspektda aniqlash, tarjimasi va leksikografik talqinidagi kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tilidagi tafakkur fe’llari orasidagi sinonimiya, ma’no ziddiyati hamda graduonimik munosabatlarning bir oraliq ma’no turi doirasida yoki bir necha oraliq ma’nolari orasida bo‘lishi dalillandi;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tafakkur fe’llarining aksariyati ma’nosiga ko‘ra bir-biriga mutanosib, tafovutlar salbiy va ijobiy konnotatsiyada ekani aniqlandi; 
ingliz va o‘zbek tilidagi tafakkur fe’llari lug‘aviy ma’nosidagi dominant semaga ko‘ra tushunish, rejalashtirish, xotira faoliyati, qaror qabul qilish, bilish, tasavvur oraliq ma’no turlariga ajratilishi aniqlandi; 
o‘zbek tilidagi tafakkur fe’llari orasidagi sinonimiya, ma’no ziddiyati hamda graduonimik munosabatlarning bir oraliq ma’no turi doirasida yoki bir necha oraliq ma’nolari orasida bo‘lishi dalillandi; 
bir ma’no bir necha birliklar vositasida ifodalanishi, grammatik transformatsiyaga murojaat qilish va takrorga yo‘l qo‘ymaslik uchun tafakkur holati sinonimlaridan foydalanish, ma’noni kalkalash hamda izohli tarjima uslublarini qo‘llash mumkinligi asoslandi; 
 mavhum ma’noli so‘zlarning izohli va tarjima lug‘atlardagi talqinida shakliy o‘xshashlardan foydalanish, ma’noga korrelyativ ishora qilish o‘rniga etimologik ma’lumotlarni ilova qilish, tavsifiy bayon usullarini qo‘llash samarasi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi tafakkur fe’llarining semantik tipologiyasi, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tilidagi tafakkur fe’llari orasidagi sinonimiya, ma’no ziddiyati hamda graduonimik munosabatlarning bir oraliq ma’no turi doirasida yoki bir necha oraliq ma’nolari orasida bo‘lishi dalildanligi,                                 ingliz va o‘zbek tillaridagi tafakkur fe’llarining aksariyati ma’nosiga ko‘ra bir biriga mutanosib, tafovutlar salbiy va ijobiy konnotatsiyada ekani haqidagi taklif va tavsiyalar, xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ 201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023 yil 14  martdagi №01/4-552-sonli ma’lumotnomasi) Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar va tavsiyalar  orqali ma’lumotlar boyitilgan;
o‘zbek tilidagi tafakkur fe’llari lug‘aviy ma’nosidagi arxisemaga ko‘ra tushunish, rejalashtirish, xotira faoliyati, qaror qabul qilish, bilish, tasavvur ma’no turlariga ajratilishi aniqlashligi, bir ma’no bir necha birliklar vositasida ifodalanishi, grammatik transformatsiyaga murojaat qilish va takrorga yo‘l qo‘ymaslik uchun tafakkur holati sinonimlaridan foydalanish, ma’noni kalkalash hamda izohli tarjima uslublarini qo‘llash mumkinligi va mavhum ma’noli so‘zlarning izohli va tarjima lug‘atlardagi talqinida shakliy o‘xshashlardan foydalanish haqidagi tavsiyalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan FZ- 201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2024 yil 6 maydagi №04/01-1183-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar orqali zaruriy ma’lumotlar boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tafakkur fe’llarining semantik xususiyatlari va munosabatlari o‘rganilgan, hamda ulaning tarjimalari badiiy asarlar misolida tahlil qilingan tadqiqot natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar uchun” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (foydalanildi. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023-yil 27 martdagi O‘z/Rv-23-19-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar saviyasini oshirishga va ko‘rsatuvlarning mazmun-mundarijasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish