Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (energetika yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped683
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqotlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyalashgan didaktik imkoniyatlari asosida individual qobiliyatlari va tayyorgarlik darajasiga mos keladigan ta’lim resurslarini yaratish, onlayn kurslar, vebinarlar, o‘z-o‘zini o‘qitish platformalari orqali mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli tizimli, faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan, integratsion yondashuvlar asosida raqamli ta’limni tashkil etishni o‘z ichiga olgan elektroweb.uz dasturiy vositasidan foydalanish texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini tashkil etishni individuallashtirish asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda “Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari” fanini o‘qitish metodikasi raqamli texnologiyalar muhitida qo‘llashga qaratilgan Blended learning (aralash ta’lim) texnologiyasi, (Flipped Classroom (Aylantirilgan sinf), Collaborative Learning (Hamkorlikda o‘qish), Hybrid Learning (Gibrid ta’lim), Self-paced Learning (Mustaqil o‘qish)) metodlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish darajalarini tashxislash vositalari (testlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari), mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv) darajalari (reproduktiv - past, produktiv – o‘rta, kreativ - yuqori) ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy ta’lim sharoitida energetika sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
raqamli texnologiyalar asosida energetika sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli tizimli, faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan, integratsion yondashuvlar asosida raqamli ta’limni tashkil etishni o‘z ichiga olgan elektroweb.uz dasturiy vositasidan foydalanish texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilga oid takliflardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2021-yil 13-sentyabr S-PM 7-sonli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan past tezlikdagi oqimlarda elektr energiyani hosil qiluvchi generator” mavzusida bajarilgan loyiha doirasida foydalanilgan. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan past tezlikdagi elektr energiyasini hosil qiluvchi generatorni ishlatish dasturi” nomli dasturiy ta’minoti yaratildi va o‘quv jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligining 2022-yil 21-iyuldagi DGU 18243-raqamli guvohnomasi). Natijada energetika sohasi bo‘yich bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga imkoniyat yaratilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida energetika sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni tizimli yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni shakllantirilib, uning didaktik ta’minotini takomillashtirish mazmunini o‘z ichiga olgan “Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i, 218-616-raqamli nashr guvohnomasi) o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan. Natijada ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash imkonini bergan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida energetika sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni raqamli texnologiyalar vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid takomillashtirilgan https://www.elektroweb.uz dasturiy ta’minoti yaratishgan, hamda “Bo‘lajak energetiklarga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish o‘rgatishning raqamlashtirilgan texnologiyalarini ishlab chiqishning algoritmi va dasturi” nomli dasturiy ta’minoti yaratildi va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligining 2023-yil 09-sentyabrdagi DGU 27954-raqamli guvohnomasi). Maskur daturiy ta’minot energetika sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.