Imamov Navro‘z Pattaqulovichning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida aspektual semantikani shakllantiruvchi adverbiallar tipologiyasi” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/Fil1803
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich f.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avaz Ixtiyorovich, f.f.d., professor; Xamraeva Maxzuna G‘ayratovna, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogka universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida adverbiallarning leksik-semantik tavsifini amalga oshirish hamda ularning aspektual va temporal semantikaga ta’sirini aniqlashdan eborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilida adverbiallarning gapning haqiqiy bo‘linishi va gapning intonatsion tuzilishi bilan bog‘liqligi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida adverbiallardan foydalanishda informativ xususiyat kasb etishi, ingliz tilida qo‘shimcha leksemalarning sintaktik salohiyati ko‘p jihatdan grammatik va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘lsa, o‘zbek tilida zamon, mayl qo‘shimchalari va ko‘makchi fe’llar semantikasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida adverbiallarning iterativlik, durativlik, tugallanganlik, natijaviylik, boshlanganlik kabi predikat aspektual semantikasini faollashtirishi dalillangan;
kompozisiyon yondashuv va kontekstual shart-sharoitlarda miqdoriy adverbiallar matnni qo‘shimcha semantika bilan to‘ldirishi, adverbiallarning aspektual semantikani hosil qiluvchi funksiyalari temporal tarkibga bog‘liqligi, predikatlarning dinamik/statik tavsif farqlashda xabituallik, iterativlik, tugallanganlik, davimoylik kabi ma’nolarni qamrab olishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida adverbiallarning funksional-semantik maydoni temporallik, aspektuallik, taksis kabi kategoriyalarda faollashuvi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida adverbiallarning gapning haqiqiy bo‘linishi va gapning intonatsion tuzilishi bilan bog‘liqligi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida adverbiallardan foydalanishda informativ xususiyat kasb etishi, ingliz tilida qo‘shimcha leksemalarning sintaktik salohiyati ko‘p jihatdan grammatik va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘lsa, o‘zbek tilida zamon, mayl qo‘shimchalari va ko‘makchi fe’llar semantikasiga bog‘liqligiga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024–yil 11 maydagi 968/02 son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari lingvokulturologiya, tipologiya, qiyosiy tilshunoslik kabi fanlarni o‘qitishda, shuningdek, ushbu amaliy loyiha bo‘yicha elektron manbalar, bosma darsliklar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
ingliz va o‘zbek tillarida adverbiallarning iterativlik, durativlik, tugallanganlik, natijaviylik, boshlanganlik kabi predikat aspektual semantikasini faollashtirishi borasidagi ma’lumotlar Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida tilshunoslikdagi kompyuter lingvistikasiga oid atamalarning ijtimoiy-siyosiy leksik xususiyatlarini aniqlashda ilmiy natijalaridan foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024–yil 11 maydagi 967/02 son ma’lumotnomasi). Natijada, adverbiallarning semantik va grammatik xususiyatlarining, leksik xilma-xilligi aspektual va temporal hodisalarni belgilashda diektik jihatdan faollashuvi isbotlangan, adverbiallarning gapning semantik tuzilishini tashkil etishdagi roli monopredikativ sintaktik birlikda paydo bo‘lish mexanizmlarini tavsiflangan, shuningdek, tahlil qilish amalga oshirilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida adverbiallarning iterativlik, durativlik, tugallanganlik, natijaviylik, boshlanganlik kabi predikat aspektual semantikasini faollashtirishi borasidagi ma’lumotlardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023- yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. Adverbiallarning aspektuallik semantik maydonida temporallik, deyktik vazifalarni shakllantiruvchi omillar sifatida qayd etilgan. Qiyoslanayotgan tillarda adverbiallarning diskursdagi lisoniy munosabatlarni o‘rnatuvchi aspektual va temporal hodisalar semantik va konseptual tahlilini amalga oshirish istiqbolini shartlovchi yo‘nalishlar belgilandi. (Qarshi davlat universiteti SUZ-800-21GR-381 Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasining 27 iyuldagi 03/2144 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ingliz va o‘zbek tillarida adverbiallarning leksik va semantik farqli tomonlarini belgilash, ularni chog‘ishtirma planda o‘rganish va tahlil qilish zarurati mavjud va mavzu yuzasidan dolzarb muammolar atroflicha o‘rganildi.
kompozisiyon yondashuv va kontekstual shart-sharoitlarda miqdoriy adverbiallar matnni qo‘shimcha semantika bilan to‘ldirishi, adverbiallarning aspektual semantikani hosil qiluvchi funksiyalari temporal tarkibga bog‘liqligi, predikatlarning dinamik/statik tavsif farqlashda xabituallik, iterativlik, tugallanganlik, davimoylik kabi ma’nolarni qamrab olishi bilan bog‘liq natijalaridan Samarqand viloyat teleradio-kompaniyasining “Samarqand oqshomlari”, “Ta’lim islohotlari amalda” kabi o‘quv ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradio Samarqand viloyat teleradio kompaniyasining 16- mart 2024-yil. 01-07/47-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar ommabopligi ta’minlangan.