Inogamova Fazilat Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuzcha - o‘zbekcha frazeologik iboralarning illyustrativ lug‘atini  tuzish tamoyillari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil984
Ilmiy rahbar: Shirinova Raima Xakimovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatkasimova Vasila Akramjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon frazeografiyasi tajribasi asosida fransuzcha-o‘zbekcha frazeologik iboralarning  illyustrativ lug‘atlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqish va frazeologik iboralarning fransuzcha-o‘zbekcha parallel korpusini yaratish bo‘yicha metodik tavsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“illyustratsiya” hodisasi illyustrativ lug‘atlarning asosiy semiologik xususiyati bo‘lib, u narsa yoki hodisalarni ifodalovchi frazeologik iboralarning ma’nosini tushuntirish, shuningdek, so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan tushunchalarni vizuallashtirish vositasi ekanligi tavsiflash, kontekstual metod orqali aniqlangan;
ikki tilli frazeologik iboralarning illyustrativ lug‘atlarida lug‘aviy-mavzuiy, lug‘aviy-ma’noviy, lug‘aviy-tasviriy tamoyillar ustivorligi asoslangan;
ikki tilli frazeologik iboralarning illyustrativ lug‘atlarida frazeologik iboralarni izohlashda ma’no konvensialligi, semiologik axborotlar va badiiy-tasviriy funksiyalarning yetakchiligi dalillangan;
fransuz tilidagi “avoir”, “être”, “faire”, “prendre”, “mettre” fe’llari ishtirokida tuzilgan frazeologik iboralar va ularning vizual talqinlari tizimlashtirilgan hamda fransuz tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tiliga tarjimasi asosida parallel korpusi bazasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Frazeologik iboralarning illyustrativ lug‘atini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikki tilli frazeologik iboralarning illyustrativ lug‘atlarida lug‘aviy-mavzuiy, lug‘aviy-ma’noviy, lug‘aviy-tasviriy tamoyillar ustivorligi asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muxarririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Ta’limda islohotlar” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2023 yil 13-dekabrdagi O‘z/R-04-25-1483-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuvi haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratilgan.
illyustrativ tarjima lug‘atlaridagi frazeologik iboralarni izohlashda ma’no konvensialligi, semiologik axborotlar va badiiy-tasviriy funksiyalarning yetakchiligi dalillanganligi to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan Toshkentdagi Fransuz Alyansida o‘tkazilgan B1 va B2 darajali tinglovchilar mashg‘ulotlarida va “Atelier Conversation” treninglarida qo‘llanilgan (Fransuz Alyansining 2023 yil 22 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada materiallarning mashg‘ulotlarda foydalanish jarayonida frazeologik birliklarning semantikasi, nutqda foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga hamda tinglovchilarning lisoniy va madaniy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.
fransuz tilidagi “avoir”, “être”, “faire”, “prendre” va “mettre” fe’llari yordamida yasalgan frazeologik iboralar va ularning illyustratsiyalari to‘planib, fransuz tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tiliga tarjimasi asosida frazeologik iboralarning parallel korpusi bazasi ishlab chiqilganligiga oid hulosa va natijalardan “Ibrat farzandlari” tomonidan tayyorlangan fransuz tili darslarida hamda tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan “Fransuz tili” kitiobida foydalanildi. Natijada darslikda fransuz va o‘zbek tillarida tavsiya etilgan matnlar hamda mashqlarda qo‘llanilgan “avoir”, “être”, “faire”, “prendre” va “mettre” fe’llari yordamida yasalgan frazeologizmlar muloqot jarayonida talabalarga chet tilini o‘rgatishda muhim ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish