Mamatqulov Mirzaolim Xaydaralieviching pedagogika fanlari  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf o‘quvchilarini milliy tarbiya asosida jismoniy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari takomillashtirish” (10-11-sinf misolida), 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi, (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.DSc/Ped989 
Ilmiy maslahatchi: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Juraevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Narziqulova Dilnoza Xoshimjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universitet 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarining milliy tarbiya asosida jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik hususiyatlari milliy tarbiyaning oilaviy qadriyatlar, patriotizm, ijtimoiy mas’uliyat kabi komponentlarini  ruhiyat va tana salomatligini barqarorlashtirish tamoyili asosida jismoniy faollik konstruksiyasi ustuvorligida  integral targ‘ib etish orqali aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning milliy tarbiyaga asoslangan funksional modeli fiziologik rivojlanish va ijtimoiy refleksiya birligiga asoslangan adaptiv jismoniy mashqlar tarkibiga  antropometrik ko‘rsatkichlarga mos egiluvchanlik va chaqqonlik elementlarini tizimli takrorlanuvchi intervalda personal transformatsiyada kiritish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning milliy tarbiyaga asoslangan pedagogik mexanizmlari jismoniy tarbiya darslari va tadbirlarida psixoemosional holat va tananing umumiy salomatligiga yo‘naltirilgan lokal-modellashtirilgan va intensiv mini-kurslarni sog‘lom turmush tarziga motivatsiyalovchi yakka va jamoaviy ish shakllarida ergonomik konstruksiyada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarning rivojlanganligini baholash mezonlari jismoniy harakatlarni tushunish va bajarishga undovchi diagnostik mashq va topshiriqlarni gender va gigienik talablarni inobatga olgan  harorat, makon kabi tashqi, motivatsiya va optimizm kabi ichki omillarga asoslangan kognitiv-ta’limiy, kommunikativ-tarbiyaviy jarayonda dinamik tahlil ustuvorligida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish metodikasi yaxlit o‘quv jarayonida ma’naviy ta’sir va jismoniy daqiqalar integratsiyasini ta’minlovchi milliy o‘yinlardan valeologik tahlil va tajriba ustuvorligida foydalanish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarining milliy tarbiya asosida jismoniy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari milliy tarbiyaning oilaviy qadriyatlar, patriotizm, ijtimoiy mas’uliyat kabi komponentlarini ruhiyat va tana salomatligini barqarorlashtirish tamoyili asosida jismoniy faollik konstruksiyasi ustuvorligida integral targ‘ib etish orqali aniqlashtirilgan texnologiyalardan foydalanishga oid tavsiyalar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 14-sonli bayoniga asosan № 30052422-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonini baholash uchun milliy qadriyatlarga asosida baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning milliy tarbiyaga asoslangan funksional modeli fiziologik rivojlanish va ijtimoiy refleksiya birligiga asoslangan adaptiv jismoniy mashqlar tarkibiga antropometrik ko‘rsatkichlarga mos egiluvchanlik va chaqqonlik elementlarini tizimli takrorlanuvchi intervalda personal transformatsiyada kiritish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiining 2025-yil          25-yanvardagi 11-05-458/04-sonli dalolatnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyati motivatsiyasini oshirishga qaratilgan loyiha texnologiyasi, muammoli taʼlim, modulli ta’lim,  tanqidiy ta’lim, o‘yinli ta’lim, interaktiv usullar kabi lateral metodlar bilan integratsiyalash asosida takomillash imkoni kengaytirilgan. 
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning milliy tarbiyaga asoslangan pedagogik mexanizmlari jismoniy tarbiya darslari va tadbirlarida psixoemosional holat va tananing umumiy salomatligiga yo‘naltirilgan lokal-modellashtirilgan va intensiv mini-kurslarni sog‘lom turmush tarziga motivatsiyalovchi yakka va jamoaviy ish shakllarida ergonomik konstruksiyada qo‘llash asosidagi xulosalardan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli dars mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiining 2025-yil 25-yanvardagi 11-05-458/04-sonli dalolatnoma). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishida metodlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirish samaradorligi oshgan.
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarning rivojlanganligini baholash mezonlari jismoniy harakatlarni tushunish va bajarishga undovchi diagnostik mashq va topshiriqlarni gender va gigienik talablarni inobatga olgan harorat, makon kabi tashqi, motivatsiya va optimizm kabi ichki omillarga asoslangan kognitiv-ta’limiy, kommunikativ-tarbiyaviy jarayonda dinamik tahlil ustuvorligida qo‘llash orqali takomillashtirish orqali olingan natijalardan 2022-2023 yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomodiy milliy merosini rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 02-14-06-902-sonli ma’lumotnoma) Natijada jismoniy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun texnologik yondashuv orqali tashkil etish innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalanish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonini baholash uchun milliy qadriyatlarga asoslangan baholash mezonlari ishlab chiqilgan, amaliy ahamiyatini takomillashtirishga erishilgan.     
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish metodikasi yaxlit o‘quv jarayonida ma’naviy ta’sir va jismoniy daqiqalar integratsiyasini ta’minlovchi milliy o‘yinlardan valeologik tahlil va tajriba ustuvorligida foydalanish asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli dars mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 14-sonli bayoniga asosan  № 30052422-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishida milliy tarbiya asosidagi g‘oyalarning takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish