Mamirov Azim Xolmurzaevichning
 pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning pedagogik asoslari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2./Ped.3385. 
Ilmiy rahbarlar: Raxmanov Eldor Tolibjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Saidov Azamat Ismoilovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Ibraximov Sanjar Urunbaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda talabalarni kasbiy tayyorgarligini maxsus tabaqalashtirilgan baholash va monitoring qilish mexanizmini yuqori, o‘rta, past darajali ko‘rsatkichlari ballar tizimida moderinizatsiyalash hisobiga sport turlari (engil atletika, gimnastika, futbol, volebol, basketbol, gandbol) bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan maxsus mashqlar asosida “The best teacher” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni oshirish mexanizmi takomillashtirilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik kompentensiyasini shakllantirish uchun analitik yondashuvga asoslangan pedagogik komponentlarni ta’lim jarayoniga shaxsiy va kasbiy tayyorgarligini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, takomillashtiruvchi modullarni variativ tarzda individual va guruhli yondashuvlarni bosqichma-bosqich integratsiya qilish hisobiga mutaxassislarni tayyorlash tizimi optimallashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari asosida egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik jismoniy sifatlarini yoshga xos rivojlantirishga qaratilgan innovatsion texnalogiyani ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni oshirish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi pedagogik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda talabalarni kasbiy tayyorgarligini maxsus tabaqalashtirilgan baholash va monitoring qilish mexanizmini yuqori, o‘rta, past darajali ko‘rsatkichlari ballar tizimida moderinizatsiyalash hisobiga sport turlari (engil atletika, gimnastika, futbol, volebol, basketbol, gandbol) bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi talabalarini o‘quv-mashg‘ulotlari va darsdan tashqari olib boriladigan sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12896- son ma’lumotnomasi). Natijada, tezkorlik sifati engil atletikachilarda 10,5%ga, futbolchilarda 11,4%ga, gandbolchilarda esa 9,7%ga, voleybolchilarda 8,6%ga, gimnastikachilarda esa 6,9%ga yaxshilanishiga erishilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan maxsus mashqlar asosida “The best teacher” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni oshirish mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘lajak jismoniy tarbiya yoʻnalishi talabalarini o‘quv-mashg‘ulotlari va darsdan tashqari olib boriladigan sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuch sifati engil atletikachilarda 8,6%ga, futbolchilarda 10,2%ga, gandbolchilarda esa 7,5%ga, voleybolchilarda 9,4%ga, gimnastikachilarda esa 11,7%ga yaxshilangan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik kompentensiyasini shakllantirish uchun analitik yondashuvga asoslangan pedagogik komponentlarni ta’lim jarayoniga shaxsiy va kasbiy tayyorgarligini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, takomillashtiruvchi modullarni variativ tarzda individual va guruhli yondashuvlarni bosqichma-bosqich integratsiya qilish hisobiga mutaxassislarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘lajak jismoniy tarbiya yoʻnalishi talabalarini darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda umumiy jismoniy tayyorgarligi engil atletikachilarda 11,6%ga, futbolchilarda 8,4%ga, gandbolchilarda esa 9,3%ga, voleybolchilarda 12,2%ga, gimnastikachilarda esa 13,2%ga o‘sgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari asosida egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik jismoniy sifatlarini yoshga xos rivojlantirishga qaratilgan innovatsion texnalogiyani ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni oshirish mexanizmi takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘lajak jismoniy tarbiya yoʻnalishi talabalarini darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishda umumiy jismoniy tayyorgarligi engil atletikachilarda 8,9%ga, futbolchilarda 9,3%ga, gandbolchilarda esa 12,4%ga, voleybolchilarda 13,5%ga, gimnastikachilarda esa 14,1%ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish