Raxmonov Mirzoxid Shavkatovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik oliy ta’limda “Informatika o‘qitish metodikasi” fani asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish tizimini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6523
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor; Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Pedagogik oliy ta’limda “Informatika o‘qitish metodikasi” fani asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik oliy ta’limda “Informatika o‘qitish metodikasi” fanining mazmuni va raqamli texnologiyalar asosida ta’lim berishning metodik jihatlarini aniqlash, shuningdek, zamonaviy ta’lim yondashuvlari – blended learning (aralash ta’lim), adaptive learning (moslashuvchan ta’lim) va self-learning (o‘z-o‘zini o‘qitish) modellarini integratsiyalash va adaptiv tarzda tatbiq etish tizimi asosida ochib berilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik tizimi kasbiy kompetensiyani rivojlantirish va uning amaliy mexanizmlarini optimallashtirish imkoniyatlariga learning management system (ta’limni boshqarish tizimi), artificial intelligence in education (ta’limda sun’iy intellekt) va cloud-based learning (bulutli ta’lim) kabi zamonaviy raqamli texnologiyalarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik oliy ta’limda talabalarning yangi innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga oid metodik ta’minoti raqamli ta’lim texnologiyalar va videokontent bilan ishlash orqali interaktiv raqamli resurslarniga Camtasia Studio dasturi, video-based learning (videoga asoslangan ta’lim), interactive video (interaktiv video) va microlearning (mikrota’lim) kabi zamonaviy yondashuvlarni implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
Informatika o‘qitish metodikasi fanida raqamli ta’lim berish imkoniyatlari talabalarning axborot texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga Google Forms’ning didaktik va metodik imkoniyatlaridan foydalanish, interactive forms (interaktiv formalar), auto-grading tess (avtomatik baholash tizimli testlar) va real-time feedback (real vaqt rejimida fikr-mulohaza) oid IT modellaridan optimal foydalanish samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliy ta’limda “Informatika o‘qitish metodikasi” fani asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
pedagogik oliy ta’limda “Informatika o‘qitish metodikasi” fanining mazmuni va raqamli texnologiyalar asosida ta’lim berishning metodik jihatlarini aniqlash, shuningdek, zamonaviy ta’lim yondashuvlari – blended learning (aralash ta’lim), adaptive learning (moslashuvchan ta’lim) va self-learning (o‘z-o‘zini o‘qitish) modellarini integratsiyalash va adaptiv tarzda tatbiq etish tizimi asosida ochib berishga oid ilmiy tavsiyalaridan 2022-2023 yillarda bajarilgan 01-398/21-sonli “Aql markazi”ni tashkil etish” nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston respublikasi Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 3-noyabrdagi LT-2 sonli ma’lumotnoma). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim olish, raqamli texnologiyalar bilan ishlash va moslashuvchan fikrlash ko‘nikmalar imkoni kengaytirilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik tizimi kasbiy kompetensiyani rivojlantirish va uning amaliy mexanizmlarini optimallashtirish imkoniyatlariga learning management system (ta’limni boshqarish tizimi), artificial intelligence in education (ta’limda sun’iy intellekt) va cloud-based learning (bulutli ta’lim) kabi zamonaviy raqamli texnologiyalarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalari 2022-2023 yillarda bajarilgan 04-278/19 sonli “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish - iqtisodiy barqaror oila garovi” nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Ishbilarmon ayollari assotsiatsiyasi Andijon viloyati Andijon tumani hududiy “Tadbirkor ayol” boʻlinmasining 2023-yil 15-maydagi AM-02-181/04/-278/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talaba qizlarning raqamli texnologiyalar bilan ishlash, moslashuvchan o‘rganish va innovatsion ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalari rivojlantirish hamda samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogik oliy ta’limda talabalarning yangi innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga oid metodik ta’minoti raqamli ta’lim texnologiyalar va videokontent bilan ishlash orqali interaktiv raqamli resurslarniga Camtasia Studio dasturi, video-based learning (videoga asoslangan ta’lim), interactive video (interaktiv video) va microlearning (mikrota’lim) kabi zamonaviy yondashuvlarni implemintatsiya qilish asosida takomillashtirish tavsiyalaridan “Psixologlar uchun informatika” nomli oʻquv darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-363 nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning raqamli texnologiyalarni qo‘llash, vizual va interaktiv ta’lim orqali bilim olishga doir mavzularini o‘qitishga sharoit yaratilgan.
Informatika o‘qitish metodikasi fanida raqamli ta’lim berish imkoniyatlari talabalarning axborot texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga Google Forms’ning didaktik va metodik imkoniyatlaridan foydalanish, interactive forms (interaktiv formalar), auto-grading tess (avtomatik baholash tizimli testlar) va real-time feedback (real vaqt rejimida fikr-mulohaza) oid IT modellaridan optimal foydalanish samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirish “Python dasturlash tili” nomli o‘quv darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i asosida berilgan 218-244 nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarining raqamli baholash tizimlaridan samarali foydalanish, tezkor tahlil qilish va mustaqil o‘rganish samaradorligi oshgan.