Sayitqulova Zilola Xusniddin qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning lingvomadaniy va pragmatik tahlili” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2291
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Shamaxmudova Aziza Furqatovna, filologiya fanlari doktori (DSc) dotsent, Saidov Hayrulla Shavkatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek badiiy asarlari misolida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilgan holda ularning umumiy va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek badiiy asarlari vositasida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlovchi lisoniy vositalarning semantik, lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan tahlil qilinib, qiyoslanayotgan tillarda ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan;
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga bilvosita ta’sir o‘tkazuvchi milliy-madaniy qadriyatlar insonlarning ijtimoiylashuv ehtiyoji tufayli yuzaga kelganligi hamda ularning umumiylikdan xususiylikka o‘tish tamoyili orqali inson shaxsiyatining shakllanishida muhim o‘rin tutishi dalillangan;
insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashda tahlilga tortilgan kontekstlarning mazmuniy-struktur shakllanishida falsafiy g‘oya va pragmatik mazmunni yoritishda hamda uning ta’sirchanligini oshirishda qo‘llanilgan til birliklarining semantik, frazeologik, paremiologik, pragmatik va ekspressiv-stilistik xususiyatlari tahlil qilingan;
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining eng faol ijtimoiylashuv jarayonlarini o‘zida aks ettirgan ingliz va o‘zbek tilidagi “oila” va “do‘stlik” konseptiga oid leksemalardagi o‘xshashlik va farqlar belgilangan, “oila” va “do‘stlik” munosabatlarini ifodalagan mazkur konseptlar, asosan, tavsifiy xarakterdagi, shuningdek, shaxsning muayyan ruhiy holati ifodalangan va mavjudlikni tasdiqlash mazmunidagi matnlarda namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlarini qiyosiy aspektda tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek badiiy asarlari vositasida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlovchi lisoniy vositalarning leksik, semantik, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan tahlil qilinib, qiyoslanayotgan tillarda ularning o‘xshash va farqli jihatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-yanvardagi 265/02-son ma’lumotnomasi). Natijani amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning insonlar o‘rtasidagi munosabatlarini ifodalovchi birliklarning lisoniy xususiyatlari haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga bilvosita ta’sir o‘tkazuvchi milliy-madaniy qadriyatlar insonlarning ijtimoiylashuv ehtiyoji tufayli yuzaga kelganligi hamda ular umumiylikdan xususiylikka o‘tish tamoyili orqali inson shaxsiyatining shakllanishida muhim o‘rin tutishining dalillangan jihatlaridan, ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi til birliklarining ifodalanish darajasi ijtimoiy-madaniy, kommunikativ, milliy-me’yoriy mezonlar asosida talqin qilish yuzasidan bildirilgan xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800- 21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti 2024-yil 16-sentyabrdagi 04/2881-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ingliz va o‘zbek madaniyatida shakllangan milliy madaniy qadriyatlarning insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga bo‘lgan ta’sirini tahlil qilish hamda loyiha doirasida lingvomadaniy aspektda virtual resurslar yaratish va joriy etish imkonini bergan.
insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashda tahlilga tortilgan kontekslarning mazmuniy-struktur shakllanishida, falsafiy g‘oyasi va pragmatik mazmunini yoritishda hamda uning ta’sirchanligini oshirishda qo‘llanilgan til birliklarining leksik, semantik, pragmatik va ekspressiv-stilistik xususiyatlariga doir ilmiy-nazriy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024- yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-avgustdagi 1528/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida badiiy asarlarni talqin qilish qobiliyatini oshirish, pragmatik vositalarni chuqur o‘rganish orqali pragmatik yondashuvning hozirgi global davrdagi ahamiyatini aniqlashda xizmat qilgan.
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining eng faol ijtimoiylashuv jarayonini o‘zida aks ettirgan oila va do‘stlik munosabatlarining ingliz va o‘zbek badiiy asarlari orqali dalillangan, qiyosiy tavsifi, mazkur munosabatlarning umumiy va farqli jihatlari yuzasidan erishilgan natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil oktyabr oyida efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-oktyabrdagi 01-07/278-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmun-mundarijasi ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega qarashlar bilan boyitilgan, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.