Toshxonov Lochinbek Tursunboevichning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy diskursda inkor kategoriyasi voqelanishining kognitiv-lingvistik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Fil1168
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akram Mahmudovich Filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Ergashev Muhammadjon Raxmonovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari badiiy diskursida inkor kategoriyasini voqelantiruvchi birliklarni lingvokognitiv jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillari badiiy diskursida inkor kategoriyasining kognitiv jarayonning o‘ziga xos belgisi bo‘lib xizmat qilishi va qahramonlarning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ichki nutqidagi o‘ziga-o‘zi murojaat qilishi orqali voqelikni inkor qilishi kabi lisoniy jarayonlar ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ikki tomonlama inkor kategoriyasi badiiy asarlarda ishlatilganda predikatning mantiqiy bifurkatsiyasi (ikki xil tushunish) hodisasini yuzaga keltirishi mumkinligi asoslangan;
badiiy diskursda inkor kategoriyasi orqali asar qahramonining voqelikni inkor qilishi, ta’kidlashi, tasdiqlashi, o‘zini-o‘zi kashf etishi va idrok etishi jarayonini amalga oshirishda kinoya va litota stilistik vositalari eng sermahsul ekani aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida inkor kategoriyasining tasvirlanayotgan voqealarga afsuslanish, qoralash, g‘azablanish, norozilik kabi hissiy baho berishi, shuningdek, personajning xarakter xususiyatini yoki uning intellektual qobiliyatini aniqlashga ko‘maklashishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ingliz va o‘zbek tillari badiiy diskursida inkor kategoriyasining kognitiv jarayonning o‘ziga xos belgisi bo‘lib xizmat qilishi va qahramonlarning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ichki nutqidagi o‘ziga-o‘zi murojaat qilishi orqali voqelikni inkor qilishi kabi yangiliklardan Namangan davlat universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi falsafa fanlari doktori (PhD) D.M.Sarimsaqova boshchiligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 25-oktyabrdagi 1121-04- son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida inkor kategoriyasining tasvirlanayotgan voqealarga afsuslanish, qoralash, g‘azablanish, norozilik kabi hissiy baho berishi, shuningdek, personajning xarakter xususiyatini yoki uning intellektual qobiliyatini aniqlashga ko‘maklashishi kabi ilmiy yangiliklardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasidagi ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy ishlarda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 03-oktyabrgi 122-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ikki tomonlama inkor kategoriyasi badiiy asarlarda ishlatilganda predikatning mantiqiy bifurkatsiyasi (ikki xil tushunish) hodisasini yuzaga keltirishi mumkinligi hamda badiiy diskursda inkor kategoriyasi orqali asar qahramonining voqelikni inkor qilishi, ta’kidlashi, tasdiqlashi, o‘zini-o‘zi kashf etishi va idrok etishi jarayonini amalga oshirishda kinoya va litota stilistik vositalari eng sermahsul ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 26-sentyabrdagi 04-36-1062-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.