Xushnaev Obid Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
Bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2930.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc. 05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Choriev Roʻzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarning “Ijodiy loyihalash faoliyati”ga tayyorlashda kasbiy va ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini ta’minlaydigan  shaxsiy va kasbiy fazilatlarni analitik tafakkurga qaratilgan kompetensiyalar tizimi bilan integratsiyalash asosida axborot yig‘ish, strategiya va taktikani tanlash, sintez, optimal echim, konkretlashtirish kabi mantiqiy loyihalash strukturasining asosiy bosqichlari aniqlashtirildi; 
bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarning ijodiy loyihalash faoliyati darajalarini shakllantirishni ko‘p bosqichli jarayon ko‘rinishida tavsiflashda uning tarkibiga maqsad, mazmun, jarayonlar va tashxis komponentlarini kiritish hamda o‘quv jarayonini loyihalashning antroposentrizm,  aksiologiklik, ekologik, kontekstlilik tamoyillariga ustuvorlik berish natijasida bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash hamda mutahassislik fanlardan loyihalanayotgan obektning texnik echimlarini ijtimoiy-gumanitar ekspertizadan o‘tkazish va shu orqali talabalarda loyihalash kompetensiyasini shakllantirish metodikasi o‘quv-muhandislik loyihalashni tashkil etishning innovatsion texnologiyasi algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan; 
o‘qitish metodlaridan foydalangan holda o‘quv muhandislik loyihalashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnik echimlarni loyihalashda qo‘llaniladigan baholash (ekspertiza)ning innovatsion elementi sifatida kiritilgan o‘quv muhandislik loyihalash faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarning “Ijodiy loyihalash faoliyati”ga tayyorlashda kasbiy va ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini ta’minlaydigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarni analitik tafakkurga qaratilgan kompetensiyalar tizimi bilan integratsiyalashga oid ilmiy taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining № AIF-2/18 “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 84-05-04-son ma’lumotnomasi); Natijada, bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarning “Ijodiy loyihalash faoliyati”ga tayyorlashda kasbiy va ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini ta’minlashga qaratilgan kompetensiyalar tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash hamda mutahassislik fanlardan loyihalanayotgan obektning texnik echimlarini ijtimoiy-gumanitar ekspertizadan o‘tkazish va shu orqali talabalarda loyihalash kompetensiyasini shakllantirish metodikasi “Mobil energetika vositalari” nomli o‘quv qo‘llanma (Guvohnoma №500-423, 23.11.2021 y.), “Yonilg‘i moylash materiallari” nomli mobil ilova (DGU 16699, 08.06.2022 y.), “Yonilg‘i va moylash materiallari” nomli Windows operatsion tizimi uchun dastur (DGU 19369, 16.11.2022 y.) va “Transport vositalarining avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari” fani bo‘yicha o‘quv-metodik ta’minot mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 84-05-04-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarning loyihalash kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash hamda mutahassislik fanlardan loyihalanayotgan obektning texnik echimlarini ijtimoiy-gumanitar ekspertizadan o‘tkazish va shu orqali talabalarda loyihalash kompetensiyasini shakllantirishning didaktik tuzilmasi, modeli va metodikasi, uslubiy ta’minoti (ishchi dastur, virtual laboratoriya va multimediali elektron qo‘llanma, qiyinlik darajasi turlicha bo‘lgan testlar va amaliy topshiriqlar), kasbiy kompetensiyalar shakllanganligi darajalarini obektiv baholashning kognitiv, qisman izlanuvchan, faoliyatli-amaliy mezonlari tizimi Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Jizzax politexnika institutilarining 5111000 – Kasb ta’limi (Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) ta’lim yo‘nalishlarida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 84-05-04-son ma’lumotnomasi). Mazkur model va uni joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish