Xudoyberdieva Gulrux Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Spinal anesteziya fonida homilador ayollarda medikamentoz sedatsiyani kesarcha kesish operatsiyalarida takomillashtirish», 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2967.
Ilmiy rahbar: Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022. Tib 147.01.
Rasmiy opponentlar: Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Ne’matjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.A.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: kesarcha kesishda homiladorlarda spinal og‘riqsizlantirish fonida deksmedetomidin bilan medikamentoz sedatsiyaning samaradorligini oshirish va ularning operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiyasi (OKKD)ga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazilayotgan operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) xavfi yuqori xomiladorlarga medikamentoz sedatsiya uchun dorilarni tanlashda anesteziologik taktika takomillashtirilgan;
operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) xavfi yuqori homiladorlarda medikamentoz sedatsiya uchun deksmedetomidinni intraoperatsion qo‘llash ona va homilada asoratlarni kamaytirishi isbotlangan;
xomiladorlarda spinal anesteziya fonida deksmedetomidinni qo‘llash oqibatida operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) 98% xolatda kuzatilmadi, ushbu anesteziologik taktika operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) profilaktikasi uchun optimal usul ekani aniqlangan;
deksmedetomidin kesarcha kesish jarrohligida engil va o‘rtacha darajada sedativ ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotiy muhim a’zolar tizimiga 86% depressiv ta’sir etmasligi, erta neonatal davridagi moslashishiga minimal ta’sir etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi 2024 yil 18 noyabrdagi 8-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazilayotgan operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) xavfi yuqori xomiladorlarga medikamentoz sedatsiya uchun dorilarni tanlashda anesteziologik taktika takomillashtirilganligi Samarqand shahar 3-sonli tug‘uruq majmuasi (2024 yil 31 iyuldagi 45-U-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali (129-son buyrug‘i, 2024 yil 15 avgust)da joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: kesarcha kesishda homiladorlarda medikamentoz sedatsiya maqsadida dori vositalarini tanlashda anesteziologik taktikani takomillashtirishdan iborat bo‘lib, bu operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) rivojlanishining oldini olish orqali, ayollarning hayot sifatini yaxshilagan; iqtisodiy samaradorligi: deksmedetomidinni homiladorlarda kesarcha kesishda medikamentoz sedatsiya sifatida qo‘llash ayollarning tug‘uruqxonada qolish muddatini pasaytirgan. Ayollarning tug‘uruqxonada bo‘lishining o‘rtacha xarajatlari bir bemor uchun 463908 so‘m byudjet mablag‘ini tashkil etishi hisobga olinsa, kuniga 2 (33,3%) qisqartirishdan kutilayotgan foyda har bir bemor uchun 927816 ming so‘mni tejagan; Xulosa: Ushbu usul ayollarda operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD)ni erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan, bu esa terapiyani o‘z vaqtida boshlash va klinik natijalarni yaxshilash imkonini berib, ayollar hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) xavfi yuqori homiladorlarda medikamentoz sedatsiya uchun deksmedetomidinni intraoperatsion qo‘llash ona va homilada asoratlarni kamaytirishi isbotlanganligi Samarqand shahar 3-son tug‘uruq majmuasi (2024 yil 31 iyuldagi 45-U-son buyrug‘i) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyatining (2024 yil 15 avgustdagi 129-son buyrug‘i) filialiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: spinal og‘riqsizlantirish fonida kesar kesish jarrohligi amaliyotida homilaga va onaga kelib chiqadigan asoratlar sonini kamaytirish, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda narkotik dori vositalarga zaruratini bartaraf etishdadir. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda ayollarning reanimatsiya bo‘limida kuzatuv bo‘limida narkotik og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari bilan 3 soat turishi o‘rtacha 87420 ming so‘mni tashkil etishini hisobga olib, asosiy guruhdagi 100 nafar bemorga protokol takomillashtirilishi narkotik og‘riqsizlantiruvchi dori vositalariga ehtiyoj bo‘lmasligi sabab 8 million 742 ming (100%) so‘mni tejash imkonini bergan; Xulosa: spinal og‘riqsizlantirish fonida kesar kesish jarrohligi amaliyotida homilada va onada kelib chiqadigan asoratlar sonini kamaytirgan, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda narkotik dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojni (100%) kamaytirgan.
uchinchi ilmiy yangilik: xomiladorlarda spinal anesteziya fonida deksmedetomidinni qo‘llash oqibatida operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) 98% xolatda kuzatilmadi, ushbu anesteziologik taktika operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) profilaktikasi uchun optimal usul ekani aniqlanganligi Samarqand shahar 3-son tug‘uruq majmuasi (2024 yil 31 iyuldagi 45-U-son buyrug‘i) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali (15 avgust 2024 yildagi 129-son buyrug‘i)ga operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) profilaktikasi uchun spinal anesteziya (SA) fonida deksmedetomidin bilan medikamentoz sedatsiya kesar kesish amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, operatsiyadan oldingi davrda MMSE va MoCA test shkalalaridan foydalanish operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) ni erta tashxislash, kesarcha kesishda og‘riqsizlantirishdan keyin ayollarning hayot sifatini (96%) yaxshilash va tiklanish imkoniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Iqtisodiy samaradorligi og‘riqsizlantirish va kesarcha kesish operatsiyalaridan so‘ng ayollarda operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD) holatlarini (98%) kamaytirish orqali akusherlik xizmatlari faoliyati uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larni kamaytirishga erishilgan. Xulosa:kesar kesish jarrohligi amaliyotida spinal anesteziya fonida medikamentoz sedatsiya sifatida deksmedetomidindan foydalanish neyroprotektiv ta’siri tufayli operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya (OKKD)ni pasaytirishi aniqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: deksmedetomidin kesarcha kesish jarrohligida engil va o‘rtacha darajada sedativ ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotiy muhim a’zolar tizimiga 86% depressiv ta’sir etmasligi, erta neonatal davridagi moslashishiga minimal ta’sir etishi aniqlanganligi Samarqand shahar 3-sonli tug‘uruq majmuasi (2024 yil 31 iyuldagi 45-U-son buyrug‘i)da va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024 yil 15 avgustdagi 129-son buyrug‘i) Navoiy viloyati filialida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, abdominal tug‘uruqda ayollarda engil va o‘rtacha darajadagi sedatsiya yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning asosiy hayotiy funksiyalariga depressiv ta’sir ko‘rsatmagan, bu Apgar va NACS shkalalarini qiyosiy baholash ma’lumotlari bilan aniq ko‘rsatilgan, buning natijasida onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tug‘uruqxonada qolish muddati qisqargan. Iqtisodiy samaradorligi: onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tug‘uruqxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Tug‘uruqxonada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bilan bo‘lgan ayollarning o‘rtacha xarajati bir bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 463908 so‘mni tashkil etishi hisobga olinsa, 2 yotoq kunini (33,3%) qisqartirishdan 927816 ming so‘mni tejash imkonini bergan; Xulosa: kesar kesish jarrohligi amaliyotida spinal anesteziya fonida medikamentoz sedatsiya sifatida deksmedetomidindan foydalanish yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning erta neonatal davriga depressiv (86%) ta’sir etmasligi aniqlangan.