Hamroqulova Nargiza Komil qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi sho‘rlangan tuproqlar sharoitida soya navlari suv almashinuv fiziologiyasi va mahsuldorlik darajasini baholash», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V746.
Ilmiy rahbar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Jumaev Farxod Hojiqurbonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasining sho‘rlanmagan, o‘rtacha va o‘rtacha-kuchli darajada sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida (Glicine hispida Maxim) mahalliy va xorijiy soya navlari suv almashinuvning fiziologik, biokimyoviy va mahsuldorlik darajasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining sho‘rlanmagan, o‘rtacha va o‘rtacha-kuchli sho‘rlangan tuproqlar sharoitida soya navlari suv almashinuvining fiziologik  xususiyatlari hamda suv almashinuv jadalligiga bog‘liq holda mahsuldorlik darajasi navlar kesimida baholangan;
sho‘rlanmagan, o‘rtacha va o‘rtacha-kuchli sho‘rlangan tuproqlar sharoitida turli soya navlarining suv almashinuvi jarayoni bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatkichlar - transpiratsiya jadalligi, barglardagi umumiy suv  miqdori, barglarning kunduzgi va qoldiq suv tanqisligi, hujayralarning turgotsentlik darajasi, barg to‘qimalarining osmotik bosimi, hujayra shirasining quyuqlik va protoplazmaning qovushqoqlik darajasi, bog‘langan suv miqdori asoslangan;
turli soya navlarining ayrim fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari- albuminlar va xlorofill pigmentlari miqdori, fotosintez va nafas olish jadalligini sho‘rlanmagan, o‘rtacha va o‘rtacha-kuchli sho‘rlangan tuproqlar sharoitida aniqlangan;
sho‘rlanmagan, o‘rtacha va o‘rtacha-kuchli sho‘rlangan tuproqlar sharoitida -turli soya navlarining mahsuldorlik va sho‘rga chidamlilik darajasini baholash maqsadida navlarning o‘sish jadalligi, barg sathining kengayishi, fotosintez sof mahsuldorligi va hosil salmog‘i navlar kesimida qiyosiy ochib berilgan;
sho‘r stressiga chidamlilik darajasi past bo‘lgan Nafis va Vestochka navlarini sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan, chidamlilik  darajasi yuqori bo‘lgan Oyjamol va Sloviya navlarini esa sho‘rlanmagan, kuchsiz o‘rtacha-kuchli  darajada sho‘rlangan hududlarga ekish orqali yuqori hosil olish  mumkinligi isbotlangan;
sho‘rlanmagan hamda o‘rtacha va o‘rtacha- kuchli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida soyaning mahalliy va xorijiy navlarini etishtirish hamda agrotexnologik imkoniyatlarini oshirish maqsadida fiziologik va biokimyoviy chidamlilik asosida navlarga sho‘r stressining ta’sir darajalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro  vohasi sho‘rlangan tuproqlar sharoitida soya navlari suv almashinuv fiziologiyasi va mahsuldorlik darajasini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sho‘rlanmagan, o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida (Glicine hispida Maxim) mahalliy va xorijiy soya navlari suv almashinuvining fiziologik, biokimyoviy va mahsuldorlik darajasini asoslash bo‘yicha tavsiyalar Jondor tumani “Mashhura-Munojot” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-976- son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘r stressiga chidamlilik va moslashish darajasi yuqori bo‘lgan Oyjamol va Sloviya navlari hosil salmog‘ini boshqa navlarga nisbatan 15-20 foizga oshirish imkonini bergan;
sho‘r stressiga chidamlilik darajasi past bo‘lgan “Nafis” va “Vestochka” navlarini sho‘rlanmagan yoki o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda, chidamlilik darajasi yuqori bo‘lgan “Oyjamol” va “Sloviya” navlarini esa o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlangan hududlarga ekish Jondor o‘rmon Agroservis fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-976-son ma’lumotnomasi). Natijada, stressga chidamlilik darajasi past bo‘lgan Nafis, Viktoriya va Vestochka navlarini sho‘rlanmagan yoki o‘rtacha sho‘rlangan hududlarga ekish hisobiga hosil salmog‘ini 5-10 foizga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish