Izbullaeva Malika Sadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Suvda eruvchan sintetik polimerlar asosida flokulyantlar olish va ularni sanoat korxonalari oqova suvlarini tozalashda qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3827.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sintetik polimerlar asosida flokulyantlar olish va gazni qayta ishlash korxonalari oqova suvlarini olingan flokulyantlar yordamida tozalashning maqbul texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gazni qayta ishlash korxonalari oqova suvlarni tozalash uchun suvda eruvchan sintetik polimerlar asosida flokulyantlar tarkibi ishlab chiqilgan va olingan flokulyantlarning fizik-kimyoviy, reologik xossalari aniqlangan;
gazni qayta ishlash korxonalari oqova suvlarni tozalash uchun foydalanilgan polimerlarning tabiati, hosil bo’lgan iviqsimon cho’kma tarkibi, tozalash jarayonlarida sodir bo’ladigan jarayonlar mexanizmi aniqlangan;
flokulyantlar birgalikda Na-KMS:PAA:GIPAN=1,0:0,5:0,25 mg/l miqdoriy nisbatlarda qo’llanilganda oqova suvlarning tozalanish darajasi 91-95% ni tashkil etishi, tozalangan oqova suv tiniqlilik ko’rsatkichi 89-93% ga yetganligi va kislorodning kimyoviy sarfi (KKS) aniqlangan;
oqova suvlarini tozalanish darajasiga flokulyantlar molekulyar massasi va tabiatining ta’siri aniqlangan hamda muhit pH = 6,5-8,0 qiymatlar oralig‘ida yuqori samarali ekanligi isbotlangan;
gazni qayta ishlash korxonalarida hosil bo’ladigan oqova suvlarni tozalash uchun suvda eruvchan sintetik polimerlar Na-KMS, PAA, GIPAN asosida flokulyantlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suvda eruvchan turli tarkibli polimer flokulyantlar kompozisiyasini olish texnologiyasini yaratish va korxonalar oqova suvlarini tozalash bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi, poliakrilamid va gidrolizlangan poliakrilonitril polimerlardan iborat ishlab chiqilgan flokulyant tarkibi Muborak gazni qayta ishlash korxonasida oqova suvlarni tozalash uchun qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash MChJ korxonasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 14-03/EQ-4233-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o’rnini bosuvchi flokulyantlar olish va gazni qayta ishlash korxonalari oqova suvlarni tozalashda qo‘llash imkonini bergan;
oqova suvlarni kompleks flokulyant yordamida tozalash usuli Muborak gazni qayta ishlash MChJ korxonasida suvni tuzsizlantirishda amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash MChJ korxonasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 14-03/EQ-4233-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni tozalagandan so’ng neft mahsulotlari miqdori 93,0 % ga, xlorid ionlari 84,0% ga, turli kationlardan tozalash 86,0 % ga, turli anionlardan tozalash ko’rsatgichi 93 % ga kamaytirish imkonini bergan.