G‘anieva Lobar Sa’dulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2818.
Ilmiy rahbar:Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 
    Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlarini semantik va genealogik jihatdan tahlil qilish orqali uning o‘zbek adabiy tili rivojida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat bosharuvi terminologiyasini o‘rganishning nazariy asoslari keltirilishi natijasida o‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlarining o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni va ahamiyati dalillangan, til tizimida alohida sohaga doir terminologik birliklar ekanligi isbotlangan; 
o‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlari mazmuniy aloqasiga ko‘ra mavzuiy guruhlarining aniqlanishi natijasida sohaga oid terminlar qamrovi belgilangan va tizimlashtirilgan, shuningdek, guruhlarga mansub terminlarning semantik jihatdan mutanosibligi misollar asosida dalillangan;
o‘zbek tili davlat bosharuvi terminlarining genealogiyasi o‘z va o‘zlashgan qatlamlar bo‘yicha tahlili yordamida o‘zbek tili rivojida qo‘shimchalar vositasida so‘z yasash va sintaktik usul katta o‘rin tutgani, o‘zlashmalardan yangi terminlar yasashda turkiy affikslarning ishtiroki muhimligi asoslangan;
o‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar (sinonimiya, giper-giponimiya, antonimiya, partonimiya) yoritilgan, misollar asosida ushbu hodisalarning o‘zbek tili davlat boshqaruvi terminologiyasida amal qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlari”  tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat boshqaruvi terminlarining shakllanishida O‘rxun-Enasoy obidalari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari, shuningdek, “Temur tuzuklari”, Alisher Navoiyning asarlari, Ogahiyning “Riyoz-ud davla” asari kabi manbalarning o‘rni asoslanganligi va ularga doir turkiy terminlarning izohlanishi, davlat boshqaruvi terminlarining taraqqiyoti va takomilida ekstralingvistik omilning ta’siri muhim ekanligi va genealogik tahlil natijalariga doir xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 02-dekabrdagi 04/1-3480-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratishga oid materiallar ko‘lami kengaygan, lingvodidaktik manbalardagi davlat boshqaruvi terminlarining mazmuni va mohiyatining aniqlanishiga xizmat qilgan; 
terminlar so‘z yasovchi qoliplar negizida yasalishining isbotlangani, faol yasovchi qo‘shimchalarning aniqlangani, terminlarning grammatik strukturasi ko‘rsatilganligi, birikmali terminlarning keng ko‘lamdaligi va ularda aniqlovchi komponentning ahamiyati, terminlarda sinonimlar tahlili bilan bog‘liq natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex. Goole translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – O‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 02-dekabrdagi 04/1-3479-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishda til birliklarini leksik-semantik, grammatik hamda genealogik tomondan o‘rganish uchun ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek tili davlat boshqaruvi terminlarining o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni va ahamiyati dalillangani, til tizimida alohida sohaga doir terminologik birliklar ekanligining isbotlanganligi hamda o‘zbek tili davlat bosharuvi terminlarining genealogiyasi o‘z va o‘zlashgan qatlamlar bo‘yicha tahlili yordamida o‘zbek tili rivojida qo‘shimchalar vositasida so‘z yasash va sintaktik usul katta o‘rin tutgani, o‘zlashmalardan yangi terminlar yasashda turkiy affikslarning ishtiroki muhimligi asoslanganligiga oid tahlillar va xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex. Goole translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – O‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 02-dekabrdagi 04/1-3479-sonli ma’lumotnomasi). Natijada axborot-qidiruv tizimlari uchun avtomatik ishlov berish vositasini yaratishda lingvistik ta’minot uchun tayanch tadqiqot ishi sifatida xizmat qilgan;
davlat boshqaruvi terminlarining leksik-semantik xususiyatlari, yasalish usullari va paradigmatik munosabatlarining tahlili natijalaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan 01/04 “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (2025-yil 06-fevraldagi 407/05-2-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atlarni tuzish va mobil ilovalarning lingvistik ta’minotini yaratishda, sinonimlar va morfemalar jadvalini shakllantirishda amaliy hamda ilmiy-nazariy tadqiqot vazifasini bajargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish