Hasamuddin Hamdardning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Afg‘oniston o‘zbek adabiyoti: shakllanish va taraqqiyot bosqichlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3224
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich,  filologiya fanlari doktori, professor; Madalieva Oysara Rustamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Afg‘oniston o‘zbek adabiyotining shakllanish, rivojlanish va taraqqiyot bosqichlarini belgilash hamda Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyotining joriy holati, rivojlantirish masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Afg‘oniston hududi, xususan, Hirot, Balx va Faryob mintaqalaridagi adabiy jarayon va adabiy muhit shakllanishiga xos xususiyatlar Otoiy Balxiy, Amir Alisher Navoiy, Fuzuliy Bag‘dodiy, Boysunqar Mirzo, Gavharshod begim, Abulqosim Bobur, Husayn Boyqaro kabi ijodkorlar asarlari tadqiq etilib, ularning umumo‘zbek madaniyati va adabiyoti tarixidagi ahamiyati ochib berilgan;
Afg‘oniston o‘zbek adabiyotining O‘zbekistondagi o‘zbek adabiyoti bilan aloqalari va bog‘liqligi ikki bosqich: Afg‘oniston haqidagi akademik tadqiqotlarning boshlanishi hamda Afg‘on madaniyatshunosligini kengaytirish (1920 – 1980-yillar) tarzida kechgani, hamkorlik savr inqilobidan keyin (1979 – 1989) jadallashgani va bu jarayonda Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy, Shafiqa Yorqin, Nurulloh Oltoy, Zikrulloh Ishonch kabi ijodkorlarning zamonaviy matbuotdagi chiqishlari muhim o‘rin tutgani dalillangan;     
Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida matbuotning taʼsiri jiddiy bo‘lgani, “Yulduz”, “Gunash”, “Gurosh”, “Xalq”, “Parcham” kabi gazetalarda nashr etilgan adabiyot materiallari misolida  yoritilgan, shuningdek, Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyotini rivojlantirish muammolari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyoti shakllanishi va rivojlanishini uch katta davr: 1) XX asrning boshlardan 50-yilgacha bo‘lgan davr; 2) XX asrning 50-yillaridan 80-yillargacha bo‘lgan davr; 3) XX asrning 80-yillaridan hozirga qadar bo‘lgan davrlarga ajratib tadqiq etish maqsadga muvofiqligi fakt va nazariy tahlillar, zamonaviy ijodkorlar asarlari tadqiqi orqali asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Afg‘oniston o‘zbek adabiyotining tarixiy shakllanish jarayonlari, bu jarayonda faol ishtirok etgan ijodkorlar va uning takomil bosqichlarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
Afg‘oniston hududi, ayniqsa, Hirot, Balx va Faryob mintaqalaridagi adabiy jarayon tarixini yoritish, mazkur adabiy muhit vakillari ijodini muxtasar ochib berish va ularning asarlariga oid yangi fakt va ma’lumotlarni taqdim etishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-yanvardagi 04/1-313-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Afg‘oniston o‘zbek adabiyoti, uning o‘tmishi va hozirgi holati haqidagi yangi qarashlar va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Afg‘oniston o‘zbek adabiyotining O‘zbekistondagi o‘zbek adabiyoti bilan aloqalari va bog‘liqligini qiyosiy aspektda tadqiq etish hamda Afg‘oniston o‘zbek adabiyotining taraqqiyot davrlarini belgilashga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-yanvardagi 04/1-313-son ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘oniston o‘zbek adabiyoti va O‘zbekistondagi o‘zbek adabiyoti aloqalari tarixi, o‘zbek adabiyotining deyarli o‘rganilmagan jihatlari haqidagi yangi faktlar, tavsiyalar loyihani boyitishga xizmat qilgan;
Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyoti va tilining rivojida matbuotning taʼsiri, bu jarayonda “Yulduz”, “Gunash”, “Gurosh”, “Xalq” va “Parcham” kabi gazetalarda nashr etilgan adabiyot materiallarning tutgan o‘rni oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-fevraldagi 04/1-389-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada Afg‘oniston hududida hozirgi kunda keng qo‘llanuvchi zamonaviy o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek tilining klassik va zamonaviy asarlarda o‘zgarib borish  xususiyatlariga oid fakt va dalillardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyotini rivojlantirish muammolari yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, zamonaviy Afg‘oniston o‘zbek adabiyotining taraqqiyot davrlari tadqiqi hamda Afg‘onistondagi zamonaviy o‘zbek adabiyotini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish kabi masalalarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-fevraldagi 04/1-389-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot va undagi qarashlar loyihada Afg‘onistonda amalda bo‘lgan uchinchi rasmiy til sifatida o‘zbek tilining qamrovi, matbuotdagi o‘rni va didaktik ahamiyati, zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalarini internet platformalariga joylashtirishning zaruratiga doir ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish