Inomjonova Surayyo Xabibjonovnaning 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda fantastik asarlardan foydalanish metodikasi (Bolalar adabiyoti misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4479
Ilmiy rahbar: Juraeva Gulnoza Axmatovna, filologiya fanlari doktori, prof.v.b
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash). 
    Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusufjonova Nazokat Nig‘madjonovna, pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalar adabiyotini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini fantastik asarlardan foydalanib rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: adabiyot darslarida fantastik asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishning maqsad, vosita, natija kabi pedagogik-psixologik imkoniyatlari ehtiyoj, moyillik, qiziqish bilan bog‘liq bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasini  aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda fantastik asarlardan foydalanishning didaktik ta’minoti internet saytlari orqali oʻqishlari kerak boʻlgan asarlar roʻyxatini o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos holda tanlab shakllantirish imkoniyatlarini yaratish asosida takomillashtirilgan;
 ilmiy-fantastik asarlarni oʻqitish orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish mexanizmi mutolaaga qiziqtirishga doir o‘quv dasturlari, dars, sinfdan tashqari o‘qish va to‘garak mashg‘ulotlarida ertak, hikoya va topishmoqlar yaratish bilan bog‘liq didaktik o‘yinlarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
 o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini fantastik asarlarni o‘qitish orqali rivojlantirish metodikasini “Karusel sharhi”, “Jigsav” ,“Qarama-qarshi bahs”, “Minds Ee” (Aqlning ko‘zi)  texnologiyalarini o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlanatirishga tizimli qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar adabiyotini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini fantastik asarlardan foydalanib rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
 adabiyot darslarida fantastik asarlarni o‘qitish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning maqsad, vosita, natija kabi pedagogik-psixologik imkoniyatlari hamda didaktik ta’minoti o‘quvchilarning bilish jarayonlari rivojlanganlik darajasini  aniqlashtirish, internet saytlari orqali oʻqishlari kerak boʻlgan asarlar roʻyxatini o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos holda tanlab shakllantirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan Ijod maktablarining 8-sinfi uchun  “Adabiyot” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 5-iyundagi 01-11-766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlar matni ustida ishlashga doir savol-topshiriqlar tuzish, fanlararo aloqadorlik, mavzulararo integratsiyaga asoslanish, mustaqil ta’lim va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatlari ortgan; 
ilmiy-fantastik asarlarni oʻqitish orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish mexanizmi mutolaaga qiziqtirishga doir o‘quv dasturlari, dars, sinfdan tashqari o‘qish va to‘garak mashg‘ulotlarida ertak, hikoya va topishmoqlar yaratish bilan bog‘liq didaktik o‘yinlarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va xulosalardan Ijod maktablarining 9-sinfi uchun “Adabiyot” darsliklarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 5-iyundagi 01-11-766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning adabiyot o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishlariga doir individual, kasbiy va shaxsiy kompetentligi ortishiga erishilgan; 
o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini fantastik asarlarni o‘qitish orqali rivojlantirish metodikasi “Karusel sharhi”, “Jigsav” ,“Qarama-qarshi bahs”, “Minds Ee” (Aqlning ko‘zi)  texnologiyalarini o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlanatirishga tizimli qo‘llash orqali takomillashtirishga oid tadqiqot natijalaridan “Adabiyot” darslik-majmualari, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan (Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Resrublika Ta’lim markazining 2024-yil 5-apreldagi 01/11-1-101-son ma’lumotnomasi). Natijada 2–9-sinf o‘quvchilarining  tanqidiy tafakkurini shakllantirishga, badiiy asar tahlili orqali atrofida sodir bo‘lgan voqealarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, mantiqli qaror qabul qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantirishga doir intensiv usullardan foydalanilgan;
bolalar adabiyotini o‘qitishda bola ruhiyati va qiziqishlariga uyg‘un holda fantastik asarlar tanlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlarini tizimli shakllantirish, bolalar adabiyotini o‘qitish tarixi, Sharq mutafakkirlarining ijodiy va tanqidiy fikrlashga oid qarashlari, pedagogik imkoniyatlari zamonaviy mutaxassislarning ilg‘or g‘oyalari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tadqiqot natijalaridan IL-402104474 “bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU 2025-yil 4-yanvardagi № 04/1-7 sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimida bolalar adabiyotida yaratilgan fantastik asarlarni o‘qitishdagi murakkabliklar va muammoli jihatlar qiyosiy-tanqidiy tahlil qilinib,  aniqlik, to‘liqlik, zamonaviylik, yoshiga moslik, ketma-ketlik kabi ilmiy metodik aspektlari   takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish