Kazakova Gulasal Kuralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri esselarida shoir va yozuvchilar siymosi badiiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4802
Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalgashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Marhabo Xudayberganovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: So‘nggi yillarda yaratilgan esselarda ijodkor shaxs siymosi, jumladan, adiblar va shoirlar obrazining o‘ziga xosligi hamda hayotiy va badiiy asoslarini o‘rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarni A.Ko‘chimov, X.Davron, M. Ismoil, A.A’zam esselari asosida ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
X.Davron, A.A’zam, A.Ko‘chimov va M.Ismoil esselarida shoir va yozuvchilar siymosining aks etishi, ularning ijodkor sifatidagi xarakter qirralari hamda adabiy jarayonning faol ishtirokchilari sifatidagi o‘ziga xosligini yoritishda muallif munosabati va dunyoqarashining namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
essenavis ijodkorlar faoliyatida davrning realistik tasviri, yozuvchi shaxsiy kechinmalarining u yaratgan asarlarda yaqqol sezilishi, ijod laboratoriyasining asar yaratilishidagi ahamiyati, ijodkor portretini chizishda so‘z qo‘llash, badiiy tasvir vositalaridan samarali foydalanishi dalillangan;
adabiy-tanqidiy va badiiy-publisistik esselarda yozuvchi va shoir obrazini yaratishda essenavis mahorati, xotira-esselarda ijodkor shaxsiy kamolotining ahamiyati, portret yaratish borasidagi haqqoniylik, ta’sirchanlik ijodkor obrazi yaralishida muhim ekanligi, yozuvchining shaxs sifatidagi o‘ziga xosligi zamon va makon nuqtayi nazaridan aks etgani isbotlangan;
X.Davron, A.A’zam, A.Ko‘chimov esselarida ijodiy fantaziya, badiiy tasvir vositalari orqali ijodkor obraziga chizgilar, M.Ismoil esselarida ijodiy portret, shoir va yozuvchilar fe’l-atvoridagi o‘ziga xoslik badiiy mukammal asarlar yaratilishi uchun asosiy omillar bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davri esselarida shoir va yozuvchilar siymosi badiiy talqini bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotining yetakchi xususiyatlarini belgilash, bu davrga xos bo‘lgan adabiy tur va janrlar ko‘lamining ortishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarni umumlashtirishda, essenavis ijodkorlar faoliyatidagi davrning realistik tasviri, yozuvchi shaxsiy kechinmalarining asar yaratilishidagi ahamiyatini ko‘rsatishga oid tahlillardan, mustaqillik davri essenavis shoir va yozuvchilar asarlari majmuini shakllantirishga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-yanvardagi №04/1-44-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma mustaqillik davrida essenavislik, davrning realistik tasviri haqidagi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
esselarda qahramon yaratish masalasi, inson shaxsi, qiyofasi, zamon va qahramon munosabatlarida yozuvchi shaxsiyatining namoyon bo‘lishi va shu asosda poetizmlarning shakllanishiga oid nazariy ma’lumotlardan, shuningdek, esselarda ijodiy portret, shoir va yozuvchilar fe’l-atvoridagi o‘ziga xoslikni ta’minlashda badiiy vosita bo‘lib qo‘llangan poetizmlar tahliliga oid materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksioni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-yanvardagi №04/1-45-ma’lumotnomasi). Natijada elektron poetik lug‘at yozuvchi shaxsi va uning namoyon bo‘lishi haqidagi qarashlar bilan boyitilgan.
Esselarda ijodkor siymosi, yozuvchilar faoliyatida davrning realistik tasviri, ijodiy fantaziya, badiiy tasvir vositalari orqali ijodkor obraziga chizgilar Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining radio ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Tilimizni o‘rganamiz” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-dekabrdagi 1063-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur radioeshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan;
yozuvchi shaxsiy kechinmalarining u yaratgan asarlarda yaqqol sezilishi, ijod laboratoriyasining asar yaratilishidagi ahamiyati, ijodkor portretini yaratishda so‘z qo‘llash, badiiy ko‘chim vositalaridan foydalanish zarurligiga doir ilmiy materiallardan 2023-2024-yillarda Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvi dasturlari va rejalarini tuzishda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-dekabrdagi 1064-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlarining metodologik asoslari takomillashishiga erishilgan.