Nazarova Namuna Abdumajitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirojiddin Sayyid she’riyati poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4067
Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalgashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
    Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mullaxo‘jaeva Ra’no Toshxo‘jaevna filologiya fanlari bo‘yicha faslsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sirojiddin Sayyid she’riyati poetikasini chuqur o‘rganish orqali uning o‘ziga xos badiiy uslubi, adabiy-estetik qarashlari, mavzular doirasi, she’riy san’atlarni qo‘llash va badiiy obraz yaratish usullari hamda zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    shoir ijodi g‘oyaviy-badiiy jihatdan yaxlit tizim asosida tekshirildi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllangan g‘oyalar aniqlanib, ularga muallif yondashuvi ochib berilgan;
    Sirojiddin Sayyid she’riyatining o‘q tomirini, yetakchi mavzusini yuksak vatanparvarlik motivlari tashkil etishi, vatanni tarannum etish shoir a’mollaridan biri ekani, vatan madhi ona yurt, tug‘ilgan zamin bilan uzviy bog‘liq tarzda turfa xil obraz va timsollar orqali yuksak g‘oyaviylik fonida ifoda etilishi, shoirning adabiy jarayondagi o‘rni, zamondosh shoirlardan farqli jihatlari, an’anaviy she’riyatga hamohangligi hamda  chuqur insoniy gumanistik g‘oyalari bilan ijtimoiy-estetik tafakkurga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asoslangan;
    shoir she’riyatidagi yetakchi motiv va poetik obrazlar ona yurt timsoli bilan bir butun hodisa sifatida odam va olam munosabatlarining falsafiy talqini, shoir shaxsiyatining voqelikka, borliqqa bo‘lgan ijtimoiy-estetik pozisiyasini belgilovchi asosiy omillardan biri ekani dalillangan;
    shoirning shakliy-uslubiy izlanishga asos beruvchi badiiy tasvir vositalaridan, jumladan, tashbeh, talmeh, irsoli masal, tazod, mubolag‘a kabi badiiy san’atlardan mohirona foydalanishi, shakliy hamda janriy izlanishlarining falsafiy teranlik, hikmatona mohiyat va xalqona ifoda ustuvorligini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shoir ijodi g‘oyaviy-badiiy jihatdan yaxlit tizim asosida tahlil etilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllangan g‘oyalar ko‘rsatilishi, ularga muallif yondashuvining ochib berilishiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 
2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘¬¬zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-yanvardagi 04/1-43-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sirojiddin Sayyid ijodi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarning boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;
Shoirning shakliy-uslubiy izlanishga asos beruvchi badiiy tasvir vositalaridan, jumladan, tashbeh, talmeh, irsoli masal, tazod, mubolag‘a kabi badiiy san’atlardan mohirona foydalanishi, shakliy hamda janriy izlanishlarining falsafiy teranlik, hikmatona mohiyat va xalqona ifoda ustuvorligini ta’minlashi haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘¬zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-martdagi 04/1-789-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha shoirning shakliy-uslubiy izlanishga asos beruvchi badiiy tasvir vositalar, jumladan, tashbeh, talmeh, irsoli masal, tazod, mubolag‘a kabi badiiy san’atlarga oid materiallar bilan boyitilgan; 
shoir she’riyatidagi yetakchi motiv va poetik obrazlar ona yurt timsoli bilan bir butun hodisa sifatida odam va olam munosabatlarining falsafiy talqini, shoir shaxsiyatining voqelikka, borliqqa bo‘lgan ijtimoiy-estetik pozisiyasini belgilovchi asosiy omillardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 6-dekabrda o‘tkazilgan “Xiyobon oqshomlari” she’riyat kechasi dasturini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 6-dekabrdagi 01-03/973-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot ixlosmandlari ko‘nglida ijobiy tuyg‘ular, ezgu g‘oyalar shakllanishiga va estetik zavq ulashishga erishilgan;
Sirojiddin Sayyid she’riyatining o‘q tomirini, yetakchi mavzusini yuksak vatanparvarlik motivlari tashkil etishi, vatanni tarannum etish shoir a’mollaridan biri ekani, vatan madhi ona yurt, tug‘ilgan zamin bilan uzviy bog‘liq tarzda turfa xil obraz va timsollar orqali yuksak g‘oyaviylik fonida ifoda etilishi, shoirning adabiy jarayondagi o‘rni, zamondosh shoirlardan farqli jihatlari, an’anaviy she’riyatga hamohangligi hamda chuqur insoniy gumanistik g‘oyalariga oid ilmiy ma’lumotlardan “Yoshlar radiokanali”ning 2024-yil 13-dekabrda bo‘lib o‘tgan “Talabalar vaqti” dasturida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar radiosi” davlat muassasasining 2024-yil 
26-dekabrdagi 14-05-225-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirning vatanparvarlik, chin insoniy tuyg‘ular tarannumi kuylangan she’rlari dasturning ma’naviy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish