Quraqova Shoxida Dagar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek lisoniy hamjamiyatida piktografik yozuvning kognitiv-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2828 
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Buronovich, filologiya fanlari doktori, professor. Sodiqov Qosimjon, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilshunosligida piktografik yozuvning kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyasiga xos kognitiv-semantik xususiyatlarni tahlil etish, funksional-semantik jihatdan muqobil lisoniy birliklarning konseptual ma’nolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piktogrammalarning funksional-semantik muqobillari asosida  olam lisoniy manzarasining kognitiv-semantik xususiyatlari aniqlanib, piktografik yozuv savodxonligi masalasi o‘zbek tilshunosligida ilk bor ilmiy tezis sifatida asoslangan;
o‘zbek lisoniy hamjamiyatida faol qo‘llanadigan piktogrammalar hamda ularning funksional-semantik muqobillari statistikasi aniqlangan, piktogrammalarning yozma nutq ko‘rinishi sifatidagi  struktur-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
piktografik yozuv semantikasining so‘zga, birikmaga, gapga teng ifoda imkoniyatlari lingvokognitiv jihatdan ochib berilgan;
piktografik yozuvning kognitiv-semantik modellari  ishlab chiqilgan; xalqaro doiradagi universal  va  o‘zbek milliy tafakkuriga xos piktogrammalar aniqlanib, til, tafakkur, ong, lison bilan bog‘liq mental, madaniy, kognitiv belgilari  ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek lisoniy hamjamiyatida  piktografik yozuvning kognitiv-semantik  tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar  asosida:
piktografik yozuv va fonografik yozuvning tarixiy ildizlari, ta’limdagi ahamiyatini aniqlashga oid ilmiy-nazariy materiallardan; piktogrammalarning ijtimoiy sohalarda qo‘llanish darajasini aniqlash, ommalashgan piktogrammalarning bugungi kunga qadar yashab kelishi, samarali muloqotni ta’minlashi; o‘zbek lisoniy jamiyatida qo‘llanayotgan belgilar bilan bog‘liq qulaylik  va muammolar; piktogrammalarning lingvomadaniy xususiyatlarini tizimli ravishda  tadqiq etish haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020 – 2023-yillarda  bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 04/1-2522-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpusning ma’lumotlar bazasi piktogramma xususiyatlari, vizual kommunikatsiya sifatidagi ahamiyatiga oid nazariy materiallar bilan boyitilgan;
 piktogrammalarning asrlar davomida saqlanib qolish omillari, belgilarning lisoniy hamjamiyat tafakkurida yashab kelishi, muloqotning bir qismi bo‘lib kelgani; piktografik yozuvning o‘rganilishi hamda yozuvning paydo bo‘lishi haqidagi farazlarga munosabat bildirish, o‘zbek tilshunosligida piktografik yozuvning leksik, kognitiv-semantik  tahliliga doir ilmiy materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan  PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 04/1-2521-son ma’lumotnomasi). Natijada piktografik yozuv materiallari elektron platformaning illyustrativlik darajasini oshirgan;
o‘zbek lisoniy hamjamiyatida faol qo‘llanadigan piktogrammalar hamda ularning funksional-semantik muqobillari statistikasini aniqlash, piktogrammalarning yozma nutq ko‘rinishi sifatidagi struktur-semantik belgilarini ochib berish va milliy-madaniy belgilarni aks ettiruvchi piktogrammalarning kognitiv-semantik xususiyatlari, piktogrammalarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi o’rni va piktografik savodxonlik muammolariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PZ-2 020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada   foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 04/1-2521-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma  piktografik yozuv statistikasi va milliy-madaniy belgilarni aks ettiruvchi piktogrammalarning kognitiv-semantik xususiyatlari haqidagi nazariy materiallar bilan boyitilgan;
kognitiv-semantik tahlil, piktogrammalarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, piktogrammalarni tahlil qilishda va o‘zbek lisoniy jamiyatida faol qo‘llanayotgan belgilarning tushunilishidagi  muammolar, xorij tajribasining nazariy-amaliy natijalariga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 10- iyuldagi 06-31-839-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni piktografik yozuv savodxonligiga oid tavsiyalar orqali takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish