Yaxshieva E’tibor Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davridagi pedagogika terminlari takomillashuvi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2425
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili redagogika terminologiyasining mustaqillik yillari davridagi takomillashuvining sabab va omillari, natijalarini tekshirish, soha terminologiyasidagi miqdor va sifat jihatdan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash, terminlarning ma’noviy, leksikografik tavsiflari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili pedagogika terminologiyasining mustaqillik yillaridagi takomillashuvining ijtimoiy, lingvistik sabab va omillari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan, o‘zbek tilining pedagogika terminologiyasi takomillashuvi O‘zbekiston ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida kuzatilganligi dalillangan;
pedagogika fanida xalqaro standartlarga mos ravishda o‘zbekcha terminlar yaratilganligi, ularning mahalliy ta’lim jarayonlariga mosligi o‘zbek tilining pedagogika terminlari misolida asoslangan;
terminlararo giponimik, ekvonimik munosabatlarning amal qilish holati va o‘rni, hozirgi bosqichdagi struktural xususiyatlari ochib berilgan, ayrim pedagogika terminlarining ko‘p ma’nolilik tabiati terminologik lug‘atlar asosida aniqlangan;
o‘zbek tili pedagogik terminlari tizimidagi neologizm va eskirgan terminlarning ma’noviy tarkibi hamda ularning umumfilologik va maxsus lug‘atlarda berilish holatlari bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan, shuningdek, o‘zbek tili pedagogik terminlarini unifikatsiya qilish usullari, soha terminlarining leksikografik talqini va tavsifi yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tili pedagogika terminlarining takomillashuvi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tili pedagogika terminologiyasining mustaqillik yillari davomidagi sifat va miqdor jihatdan takomillashuvining ijtimoiy, lingvistik omillari, ilmiy-nazariy asos va vositalari, O‘zbekiston ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlariga oid pedagogika terminlari tizimidagi yangilanishlar bilan bog‘liq masalalar tahlili va ularga oid ilmiy xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan IL-402104474-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusi” elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 07-sentyabrdagi 04/1-2320-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limiy korpusning elektron platformasi tarkibidagi ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq tushuncha va ruknlar hamda korpus platformasiga joylashtirilgan lingvodidaktik manbalar, soha lug‘atlaridagi ta’lim-tarbiyaga oid terminlarning leksikografik tavsiflari mukammallashtirish, boyitishga xizmat qilgan;
pedagogika fanida xalqaro standartlarga mos ravishda yaratilgan o‘zbekcha terminlar, ularning mahalliy ta’lim jarayonlariga hamda terminologik talablarga muvofiqligi masalalari yuzasidan amalga oshirilgan tahlil natijalari hamda xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 07-sentyabrdagi 04/1-2319-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvodidaktik elektron platforma uchun tanlangan ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq materiallar mazmuni, lingvodidaktik manbalarning tarkibi o‘zbek pedagogikasidagi zamonaviy talqin, tahlil hamda leksikografik tavsiflar bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shgan;
o‘zbek tili pedagogika terminlari tizimida ko‘p ma’nolilik hodisasi, giponimik, ekvonimik munosabatlarning amal qilish holati va o‘rni, hozirgi bosqichdagi struktural xususiyatlari, ayrim pedagogika terminlarining ko‘p ma’nolilik tabiati, ularning terminologik lug‘atlarda berilishiga oid tahlil natijalari va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021¬¬–2023-yillarda bajarilgan IL-402104474-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusi” elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 07-sentyabrdagi 04/1-2320-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida bajarilgan tadqiqotlarda pedagogika terminlarining to‘g‘ri va maqsadga muvofiq tarzda qo‘llanish imkoniyatlari ta’minlangan;
o‘zbek tili pedagogika terminlari tizimidagi neologizm va eskirgan terminlarning ma’noviy tarkibi, ularning umumfilologik va maxsus lug‘atlarda berilish holatlari bilan bog‘liq kamchiliklar, shuningdek, o‘zbek tili pedagogik terminlarini unifikatsiya qilish usullari yuzasidan amalga oshirilgan tahlil va ilmiy xulosalardan, soha terminlarining leksikografik talqini va tavsifi yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 07-sentyabrdagi 04/1-2319-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha vazifalari doirasida amalga oshirilgan va yaratilgan manba hamda materiallarning mazmunan boyitilishiga, lingvodidaktik materiallarda pedagogik terminlardan o‘rinli foydalanishga erishilgan.