Tulakova Gavxar Elmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kataraktani jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2095.
Ilmiy rahbar: Yusupov Amin Abduazizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Fabrikantov Oleg L`vovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya ).
Yetakchi tashkilot: Bashqird davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiya usulini qo‘llash orqali asoratli katarakta jarrohligida funksional natijalarni yaxshilash va uning samaradorligini klinik-morfometrik hamda immunologik ko‘rsatkichlar asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z to‘qimasining somatik va lokal yallig‘lanishi sababli kataraktani o‘ziga xos kechishi belgilari yani ko‘z old kamerasida ekssudativ reaksiya, kseroz va korachik atrofida fibrin tolalarining mavjudligi aniklangan;
revmatoid artrit bilan katarakta bulgan bemorlar ko‘z yosh suyuqligida va kon zardobida immuno kompitent xujayralar: IL-6, IL-1β va TNF-α xamda C-reaktiv oqsil kursatkichlarning sezilarli darajada oshganligi aniklangan;
revmatoid artrit bilan katarakta bulgan bemorlar standart fakoemul`sifikatsiya ana’naviy jarroxlik usulida mikroinvaziv 1,4-1,8 mm gacha bulgan kesimni kullash orkali jarroxlik amaliyoti optimallashtirilgan xamda jarroxlik amaliyotidan sung shox parda shish, turgun tranzitor oftal`mogipertenziya va gavxar orka kapsulasi xiralashuvi kabi asortlar kuzatilishining keskin kamayishi aniqlangan;
revmatoid artrit bilan katarakta bulgan bemorlarni jarroxlik amaliyotidan keyin reabilitatsiyasini yaxshilashga karatilgan «kuruk kuz» sindromini oldini olish uchun namlantiruvchi kuz tomchilari, yalliglanishga karshi nosteroid vosita kuz tomchilarini kullash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kataraktani jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/31-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z to‘qimasining somatik va lokal yallig‘lanishi sababli kataraktani o‘ziga xos kechishi belgilari yani ko‘z old kamerasida ekssudativ reaksiya, kseroz va korachik atrofida fibrin tolalarining mavjudligi aniklangan; Ushbu yondashuvlar ko‘z to‘qimalaridagi somatik va lokal yallig‘lanish o‘zgarishlarini inobatga oladi. Ayniqsa, kataraktaning o‘ziga xos kechishi sifatida ko‘z old kamerasida ekssudativ reaksiya, kseroz va korachik atrofida fibrin tolalarining mavjudligi qayd etilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Revmatoid artritda katarakta jarrohligini optimallashtirish uchun yallig‘lanish o‘zgarishlarini hisobga olgan yondashuvlar ishlab chiqildi, bu esa asoratlarni kamaytirib, jarrohlik samaradorligi va reabilitatsiya sifatini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 № 58-U/3-3); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024 № 23) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Revmatoid artritda kataraktani samarali davolash hayot sifatini yaxshilash, mehnatga layoqatni saqlash, tibbiy xarajatlarni kamaytirish va ijtimoiy faollikni tiklashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Revmatoid artritda kataraktani davolash asoratlarni 30–40% kamaytiradi, tiklanish davrini qisqartirib, tibbiy xarajatlarni 15–20%ga pasaytiradi. Bu yondashuv har bir bemor uchun davolash xarajatlarini 300–400 ming so‘mga kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik revmatoid artrit bilan katarakta bulgan bemorlar ko‘z yosh suyuqligida va kon zardobida immuno kompitent xujayralar: IL-6, IL-1β va TNF-α xamda C-reaktiv oqsil kursatkichlarning sezilarli darajada oshganligi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Standart va mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiyaning qiyosiy tahlili asosida eng xavfsiz jarrohlik taktikalari aniqlandi. Operatsiyadan keyingi asoratlar sezilarli darajada kamayishi tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 № 58-U/3-3); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024 № 23) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiya usuli asoratlarni kamaytirib, reabilitatsiyani tezlashtiradi, mehnat faolligini tiklash va ijtimoiy ishtiroqni oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiya usuli asoratlarni 20–30% kamaytirib, operatsiya xarajatlarini 10–15%ga qisqartiradi. Har bir operatsiyada 100–150 ming so‘mlik tejamkorlik ta’minlanib, tibbiy xarajatlar optimallashadi.
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan katarakta bulgan bemorlar standart fakoemul`sifikatsiya ana’naviy jarroxlik usulida mikroinvaziv 1,4-1,8 mm gacha bulgan kesimni kullash orkali jarroxlik amaliyoti optimallashtirilgan xamda jarroxlik amaliyotidan sung shox parda shish, turgun tranzitor oftal`mogipertenziya va gavxar orka kapsulasi xiralashuvi kabi asortlar kuzatilishining keskin kamayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qon va ko‘z yosh suyuqligidagi markerlar darajasi o‘rtasidagi yuqori korrelyasiya tizimli va lokal yallig‘lanishning bog‘liqligini tasdiqladi. Bu ko‘z to‘qimalaridagi yallig‘lanishni aniqlash va nazorat qilish uchun yangi diagnostik va terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishga asos yaratadi. .Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 № 58-U/3-3); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024 № 23) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Qon va ko‘z yosh suyuqligidagi markerlar korrelyasiyasini aniqlash tizimli yallig‘lanishni erta tashxislashga yordam beradi, bu esa asoratlarni kamaytirib, tibbiy xizmatlarga ehtiyojni qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Qon va ko‘z yosh suyuqligidagi markerlar korrelyasiyasi tizimli yallig‘lanishni erta aniqlashga yordam beradi, bu esa davolash samaradorligini oshirib, asoratlarni kamaytiradi. Natijada, tibbiy xarajatlar 10–15%ga kamayib,, bu esa har bir bemor uchun 100–150 ming so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan katarakta bulgan bemorlarni jarroxlik amaliyotidan keyin reabilitatsiyasini yaxshilashga karatilgan «kuruk kuz» sindromini oldini olish uchun namlantiruvchi kuz tomchilari, yalliglanishga karshi nosteroid vosita kuz tomchilarini kullash asoslangan. Bu tendensiya keyingi davrlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lib, taklif etilgan usulning past travmatizatsiyasi va kam invazivligi tufayli yuqori samaradorlikka ega ekanligi tasdiqlagan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiya usulida immunomarkerlar darajasi standart kesim usuliga nisbatan past bo‘lgani, usulning past travmatizatsiyasi va kam invazivligi tufayli operatsiyadan keyingi erta davrda asoratlar kamayganini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 № 58-U/3-3); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024 № 23) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiya usulining ijtimoiy samaradorligi yuqori samaradorlik va past travmatizatsiya tufayli bemorlarda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya boskichi tez tiklandi, asoratlar kamayadi. Bu o‘z navbatida bemorlarning ishga qaytishini ta’minlaydi, jamiyatda faol ishtirokni oshiradi va tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Mikroinvaziv fakoemul`sifikatsiya usulining iqtisodiy samaradorligi operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish va tiklanish davrini tezlashtirish orqali 20-25% kam xarajat talab qiladi. Natijada 250-300 ming so‘mga iqtisodiy tejashga erishish mumkin.