Abdukarimov Mirzobek Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pkaning destruktiv formali tuberkulyozining kechishida prokalsitonin va qon ivish tizimidagi o‘zgarishlarning prognostik ahamiyatini o‘rganish”, 14.00.26 – «Ftiziatriya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2886.
Ilmiy rahbar: Usmonov Isomiddin Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib. 160.01.
Rasmiy opponentlar: Nazirov Primqul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: destruktiv shaklli o‘pka tuberkulyozida yallig‘lanish markeri – prokalsitonin va qon ivish tizimi ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarning tashxislash va davolashdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘pka tuberkulyozida giperkoagulyasiya va yallig‘lanish jarayonlarining sinergik ta’sirida o‘pka parenxemasini qon bilan ta’minlanishida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi, intoksikatsiya sindromini kuchaytirishi va o‘pkada destruksiya darajasini oshirishi asoslangan; 
ilk bor prokalsitonin va D-dimer miqdorining patologik dinamikasi davomli tuberkulyoz jarayonida o‘pkadagi destruktiv o‘zgarishlar va ularning og‘ir asoratlar bilan kechishiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkich ekanligi isbotlangan;
ilk bor o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozidagi giperkoagulyasiya jarayonini davolashda qon ketish alomatlari kuzatilmagan holatlarda past molekulali geparinlarning qo‘llanilishi tromboembolik asoratlar oldini olishda adekvat davo taktikasi ekanligi isbotlangan;
ilk bor o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozida prokalsitonin markerining 2 ng/ml dan yuqori bo‘lgan holatlarda, tuberkulyozga qarshi davo jarayonida nospesifik va keng ta’sir doirasiga ega antibakterial preparatlarni qo‘llash terapevtik samaradorlikni oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘pkaning destruktiv formali tuberkulyozining kechishida prokalsitonin va qon ivish tizimidagi o‘zgarishlarning prognostik axamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka tuberkulyozida giperkoagulyasiya va yallig‘lanish jarayonlarining sinergik ta’sirida o‘pka parenxemasini qon bilan ta’minlanishida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi, intoksikatsiya sindromini kuchaytirishi va o‘pkada destruksiya darajasini oshirishi asoslanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 28 oktabrida 24-m/074 son bilan tasdiqlangan “O‘pkaning destruktiv formali tuberkulyozida prokalsitonin va qon ivish tizimi o‘zgarishlarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №35-4-sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №170-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi №10/73-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘pka tuberkulyozida qondagi giperkoagulyasiya va yallig‘lanish jarayonlarining sinergetik ta’siri o‘pkadagi destruktiv o‘zgarishlar yuzaga kelishidagi roli aniqlangani aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu patogenetik mexanizmning aniqlanishi kasallikning og‘ir shakllari va asoratlarini oldini olishga yordam berib, bemorlarning hayotiy sifati va mehnatga layoqatliligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: qondagi giperkoagulyasiya va yallig‘lanish jarayonlarining sinergetik ta’sirini erta aniqlash orqali o‘pkadagi destruktiv o‘zgarishlarning oldini olish davolash xarajatlarini kamaytiradi. Uzoq muddatli statsionar davolash, reanimatsiya yoki asoratlarni bartaraf etish bilan bog‘liq tibbiy xarajatlar qisqarishi har 1 nafar bemor uchun 4654000 so‘m atrofida davlat byudjetidan sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: destruktiv o‘pka tuberkulyozini davolashda tromboembolik asoratlarning oldini olish va qon ivish tizimini samarali monitoring qilish orqali bemorlarning tuzalish muddati qisqarib o‘lim holatlari kamayadi, bemorlarda kuzatiladigan intoksikatsion va tromboembolik asoratlar xavfining erta baxolanishi hamda davolash jarayonini erta boshlanishi hisobiga har 1 nafar shu toifadagi bemor uchun 4654000 so‘m atrofida davlat byudjetidan sarf xarajatlarni iqtisod qilishga va bemorlarning mehnat qobiliyatini 6-11 kunga oldinroq tiklash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor prokalsitonin va D-dimer miqdorining patologik dinamikasi davomli tuberkulyoz jarayonida o‘pkadagi destruktiv o‘zgarishlar va ularning og‘ir asoratlar bilan kechishiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkich ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 28 oktabrida 24-m/074 son bilan tasdiqlangan “O‘pkaning destruktiv formali tuberkulyozida prokalsitonin va qon ivish tizimi o‘zgarishlarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №35-4-sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №170-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi №10/73-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozida prokalsitonin va D-dimer miqdorining patologik dinamikasi og‘ir klinik asoratlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omil sifatida aniqlangani, bemorlarning hayot sifati va davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qilgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tromboembolik va infeksion asoratlarni erta aniqlash orqali tibbiy xarajatlar kamayishi hamda bemorlarning tez fursatlarda mehnat faoliyatini tiklash imkonini bergan. Bemorlarning kasalxonada yotish muddatini qisqarib davlat byudjetidan sarf xarajatlarni har 1 nafar bemor uchun 4534000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: prokalsitonin va D-dimer markeri orqali og‘ir asoratlarni erta aniqlash va ularning oldini olish imkoniyati yaratiladi, bu esa bemorlarning tuzalish jarayoninini 7-14 kunda o‘rtacha 9,7 kun muddatda qisqarishiga olib keldi va bu toifadagi har 1 nafar bemor uchun davlat byudjetidan 4534000 so‘m iqtisod qilinshi, davolashning samaradorligini oshirish imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozidagi giperkoagulyasiya jarayonini davolashda qon ketish alomatlari kuzatilmagan holatlarda past molekulali geparinlarning qo‘llanilishi tromboembolik asoratlar oldini olishda adekvat davo taktikasi ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 28 oktabrida 24-m/074 son bilan tasdiqlangan “O‘pkaning destruktiv formali tuberkulyozida prokalsitonin va qon ivish tizimi o‘zgarishlarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №35-4-sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №170-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi №10/73-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozida qon ivish tizimida giperkoagulyasiya holati kuzatilganda past molekulali geparinlarning qo‘llanilishi og‘ir trombotik asoratlarning oldini olish va kasallikning kechishini engillashtirish imkonini yaratgan. Bu bemorlarning hayotiy sifatini oshirib, ularning tezroq sog‘ayishi va ijtimoiy hayotga qaytishiga yordam bergan. Shuningdek, bemorlarning davolanish muddatini qisqarishi oila a’zolari va yaqinlariga tushadigan psixologik va ijtimoiy bosimni kamaytirgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: giperkoagulyasiya holatida past molekulali geparinlarning qo‘llanilishi orqali asoratlarning oldini olish tibbiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirgan. Uzoq muddatli reanimatsiya, tromboembolik asoratlarni davolash va qo‘shimcha tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirgan. Shuningdek, bemorlarning tezroq mehnatga layoqatliligi tiklanishi iqtisodiy yukni kamaytirgan va bu toifadagi har 1 nafar bemor uchun davlat byudjetidan 5937000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qondagi giperkoagulyasiya  ko‘rsatkichiga asoslanib o‘tkazilgan davo natijasida tromboembolik asoratlarni bo‘lish xavfini prognozlash va oldini olish hisobiga bu toifadagi har 1 nafar bemor uchun davlat byudjetidan 5937000 so‘m iqtisod qilinshi, davolashning samaradorligini oshirish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozida prokalsitonin markerining 2 ng/ml dan yuqori bo‘lgan holatlarda, tuberkulyozga qarshi davo jarayonida nospesifik va keng ta’sir doirasiga ega antibakterial preparatlarni qo‘llash terapevtik samaradorlikni oshirishi asoslanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 28 oktabrida 24-m/074 son bilan tasdiqlangan “O‘pkaning destruktiv formali tuberkulyozida prokalsitonin va qon ivish tizimi o‘zgarishlarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №35-4-sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 31 oktabrdagi №170-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi №10/73-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qo‘shimcha antibakterial terapiyani qo‘llash bemorlarning sog‘ayish jarayonini tezlashtirgan. Bu statsionar davolanish muddatini qisqartirib, bemorlarning ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga ertaroq qaytishiga yordam bergan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: prokalsitonin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarga antibakterial dori vositalarini o‘z vaqtida qo‘llash orqali qo‘shimcha asoratlarning oldi olinib, davolash xarajatlari har 1 nafar bemor uchun davlat byudjetidan 3264000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘pkaning destruktiv shaklli tuberkulyozi bilan og‘rigan bemorlarnig qoni tarkibidagi prokalsitonin o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali infeksion asoratlarni oldini olish hamda davolashga oid tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanomaning qo‘llanilishi har bir bu toifadagi bemor uchun davlat byudjetidan 3264000 so‘m iqtisod qilinishi, davolashning samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish