Aslonov Farrux Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dori vositalarga turg‘un shaklli tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksik ta’sirini kamaytirish usullarini takomillashtirish», 14.00.26 – «Ftiziatriya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2528.
Ilmiy rahbar: Usmonov Isomiddin Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Zafar Raxmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Fayzullaeva Dilfuza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dori vositalarga turg‘un shaklli tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksik ta’sirini erta aniqlash va kompleks davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turg‘un tuberkulyozni davolash fonida kelib chiquvchi nefropatiyani erta tashxislashda siydikdagi sistatin S markerini aniqlash uslubining maxsusligi yuqori bo‘lib, buyrakning KFT va siydikdagi buyrak epiteliy hujayralarini aniqlash uslublaridan samarador ekanligi isbotlangan;
ilk bor turg‘un tuberkulyoz bilan oldin davolangan va qayta kasallangan bemorlarda oldingi davodan keyingi qoldiq nefropatiyaning borligi sababli birlamchi turg‘un tuberkulyozga nisbatan nefropatiyaning rivojlanishi 3,5 barobargacha yuqori ekanligi isbotlangan;
ilk bor lespefrilning APF ingibitorlari yoki ARA II bilan kombinatsiyasi yordamida turg‘un tuberkulyozni davolash fonida rivojlangan buyrak qon-tomirlaridagi giperemiyani meyorlashtirish orqali buyrak faoliyatining saqlab qolinishi isbotlangan;
ilk bor ikkinchi qator tuberkulyozga qarshi dori vositalarining alohida qo‘llanilishiga nisbatan kompleks qo‘llanilishi buyrak parenximasida fibrotik va nekrotik o‘zgarishlar dominantlik qiluvchi glomerulopatiya va tubulopatiyalar keltirib chiqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dori vositalarga turg‘un shaklli tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksik ta’sirini kamaytirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ish natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor turg‘un tuberkulyozni davolash fonida kelib chiquvchi nefropatiyani erta tashxislashda siydikdagi sistatin S markerini aniqlash uslubining maxsusligi yuqori bo‘lib, buyrakning KFT va siydikdagi buyrak epiteliy hujayralarini aniqlash uslublaridan samarador ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot institutining Ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yilning 28 oktyabr oyida 24-m/075 son bilan tasdiqlangan «Dori vositalariga chidamli tuberkulyozga chalingan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksiklik xavfini kamaytirish va kompleks tashxistash usullari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 34-4-sonli va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 169-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/71-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: KFT, siydikdagi sistatin S va buyrak epiteliysi o‘rtasidagi korrelyasion tahlil yuqori axborotlilikka ega bo‘lib, nefropatiyani erta aniqlash sifatini oshirgan, shifoxonalarda davolanish muddatini qisqartirgan va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ijtimoiy yukni kamaytirgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Nefropatiyani erta aniqlash uchun ushbu markyorlarni qo‘llash boshqa diagnostik usullarga (ekskretor urografiya, kontrastli MSKT) ehtiyojni kamaytirib, bir bemor uchun o‘rtacha 1200000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: KFT, sistatin S va buyrak epiteliysi korrelyasion tahlilining samaradorligi nefropatiyani erta aniqlash va davolash xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilagan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor turg‘un tuberkulyoz bilan oldin davolangan va qayta kasallangan bemorlarda oldingi davodan keyingi qoldiq nefropatiyaning borligi sababli birlamchi turg‘un tuberkulyozga nisbatan nefropatiyaning rivojlanishi 3,5 barobargacha yuqori ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot institutining Ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yilning 28 oktyabr oyida 24-m/075 son bilan tasdiqlangan «Dori vositalariga chidamli tuberkulyozga chalingan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksiklik xavfini kamaytirish va kompleks tashxistash usullari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 34-4-sonli va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 169-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/71-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: birlamchi/ikkilamchi toifadagi bemorlar, hamroh kasalliklari bo‘lgan turli toifadagi bemorlarda nefropatiyaning rivojlanish xususiyatlarini aniqlash orqali xavf guruhlarini aniqlash va o‘z vaqtida profilaktik choralar ko‘rish imkonini berdi, bu esa nogironlikni kamaytirdi, bemorlarning hayot sifatini oshirdi va tibbiy va ijtimoiy xarajatlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhlarini aniqlash va maqsadli monitoring (tez-tez tahlillar, davoni korreksiya qilish) og‘ir asoratlar sonini 15–20% ga kamaytirishga yordam berdi, o‘z navbatida har bir oldini olingan og‘ir nefropatiya holati o‘rtacha 2100000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot turli toifadagi bemorlarda nefropatiya rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, xavf guruhlarini belgilash va buyrak funksiyasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadli profilaktika va davolashga, asoratlar sonini kamaytirishga va sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka olib kelgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor lespefrilning APF ingibitorlari yoki ARA II bilan kombinatsiyasi yordamida turg‘un tuberkulyozni davolash fonida rivojlangan buyrak qon-tomirlaridagi giperemiyani meyorlashtirish orqali buyrak faoliyatining saqlab qolinishi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot institutining Ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yilning 28 oktyabr oyida 24-m/075 son bilan tasdiqlangan «Dori vositalariga chidamli tuberkulyozga chalingan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksiklik xavfini kamaytirish va kompleks tashxistash usullari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 34-4-sonli va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 169-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/71-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyozga qarshi dorilarning yangi kombinatsiyasi va nefroprotektorlar (dietoterapiya, lespefril, antigipertenziv preparatlar) nefrotoksik yukni kamaytirib, asoratlar sonini qisqartirdi va bemorlarning davolanishga sodiqligini oshirdi. Bu tuberkulyozga qarshi kurash samaradorligini oshirib, infeksiya tarqalish xavfini pasaytirishga yordam bergan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tuberkulyozga qarshi dorilarning nefrotoksik ta’sirini kamaytirish bemorlarning davolanishga sodiqligini oshirdi, bu esa takroriy kasallanish holatlarini kamaytirib, infeksiya tarqalish xavfini pasaytirgan. Natijada, yangi tuberkulyoz holatlari kamaydi va bir bemor uchun taxminan 56740000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: tadqiqot tuberkulyozga qarshi dorilarning yangi kombinatsiyasi va nefroprotektorlar kombinatsiyasi nefrotoksik yukni pasaytirdi va davolash samaradorligini oshirdi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ikkinchi qator tuberkulyozga qarshi dori vositalarining alohida qo‘llanilishiga nisbatan kompleks qo‘llanilishi buyrak parenximasida fibrotik va nekrotik o‘zgarishlar dominantlik qiluvchi glomerulopatiya va tubulopatiyalar keltirib chiqarishi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot institutining Ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yilning 28 oktyabr oyida 24-m/075 son bilan tasdiqlangan «Dori vositalariga chidamli tuberkulyozga chalingan bemorlarda tuberkulyozga qarshi dori vositalarining nefrotoksiklik xavfini kamaytirish va kompleks tashxistash usullari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 34-4-sonli va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 169-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/71-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: buyrak funksiyasini kompleks monitoringlash va morfostrukturasini o‘rganish nefropatiyalarni erta aniqlashni yaxshilab, davolash muddatini qisqartirdi va bemorlarning hayot sifatini oshirdi, bu esa tibbiyot muassasalariga bo‘lgan ishonchni kuchaytirgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Nefroprotektor davosi fonida kompleks monitoring va buyrak morfostrukturasini o‘rganish tashxis va davolash xarajatlarini kamaytirib, kechikkan nefropatiya holatlarini qisqartirdi. Bu bir bemor uchun o‘rtacha 1000000 so‘m iqtisod qilish imkonini yaratgan. Xulosa: Siydikdagi sistatin S, buyrak epiteliysi va KFT tahlilini o‘z ichiga olgan kompleks monitoring, individual xavf va morfostruktura xususiyatlarini hisobga olgan holda, nefropatiyalarni tashxislash va davolash sifatini sezilarli darajada yaxshilandi, davolash muddatini qisqartirib, iqtisodiy tejamkorlikka olib kelgan.