G‘afurova Shahloxon Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4785.
Ilmiy rahbar: Nizamov Aslitdin Badreddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akrom Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Zufar Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), professor. 
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari sifat menejmenti (TQM) tizimiga  transformatsiyalash modeli boshqarish usullari va vositalari majmuini taklif qilish hamda “sifat nuqsonlari” tushunchasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
texnika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini TQM samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha uch toifaga tasniflash orqali Advanced engineering school, ShapingSkills Framework, STEAM educational approach konsepsiya-lariga asoslangan sifat strategiyalari taklif qilingan;
oliy ta’lim muassasalarining TQM tamoyillariga muvofiq faoliyatga tayyorlik darajasini baholash uslubiyoti uni ifodalaydigan samaradorlik qiymatiga (TQM samaradorligi ko‘rsatkichi) ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim ta’lim sifati, boshqaruv tizimi samaradorligiga  va maqsadli kadrlar tayyorlashga ko‘ra 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchilari dinamikasi, hamkor korxonalar va institut reytingida professor-o‘qituvchilarning ishtiroki darajasi hamda bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bilan ishga joylashish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari sifat menejmenti (TQM) tizimiga  transformatsiyalash modeli boshqarish usullari va vositalari majmuini taklif qilish hamda “sifat nuqsonlari” tushunchasini kiritish asosida takomillashtirish taklifi oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan “Sifat menejmenti: oliy ta’lim muassalarida sifatni boshqarish strategiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida o‘z ifodasini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtirish kengashining 2024-yil 503770-son nashr ruxsatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-fevraldagi 01/01-01-51-son maʼlumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanmada oliy ta’lim muassasalarini sifat menejmentiga transformatsiyalash modeli va mexanizmi hamda  OTMda ta’lim sifatini boshqarish va baholash uslubiyotidagi etti vosita orqali ta’lim sifatini boshqarish jarayonlarining samaradorligini uzlyuksiz monitoring qilish, “sifat nuqsonlari” yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida uni bartaraf qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
texnika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini TQM samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha uch toifaga tasniflash orqali Advanced engineering school, ShapingSkills Framework, STEAM educational approach konsepsiya-lariga ko‘ra asoslangan sifat strategiyalari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-22-son “Buxoro davlat texnika universitetini tashkil qilish to‘g‘risidagi” qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 12-fevraldagi 01/01-01-51-son ma’lumotnomasi). Taklif texnika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini ta’minlash strategiyalarini tanlashda qarorlarni qabul qilish imkoniyati yanada kengaytirishga, jumladan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Ilg‘or muhandislik maktabi”ni tashkil etishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarining TQM tamoyillariga muvofiq faoliyatga tayyorlik darajasini baholash uslubiyoti uni ifodalaydigan samaradorlik qiymatiga (TQM samaradorligi ko‘rsatkichi) ko‘ra takomillashtirish taklifi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida  sifat bo‘shliqlarini tahlil etish, ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 12-fevraldagi 01/01-01-51-son ma’lumotnomasi). Taklif asosida muassasalar faoliyatini TQM samaradorlik qiymati yondashuviga ko‘ra baholash faoliyatdagi bo‘shliqlarni tahlil etish va ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning uslubiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilib, ular faoliyatini zamonaviy sifat menejmentiga transformatsiyalash darajasi aniqlashga muayyan darajada xizmat qilgan, shunga ko‘ra Buxoro muhandislik-texnologiya instituti darajasi 68,3 foizni, sifat jarayonlaridagi nuqsonlar 8,1 foizni tashkil etishi miqdoriy jihatdan baholangan;
oliy ta’lim ta’lim sifati, boshqaruv tizimi samaradorligiga va maqsadli kadrlar tayyorlashga ko‘ra 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchilari dinamikasi, hamkor korxonalar va institut reytingida professor-o‘qituvchilarning ishtiroki darajasi hamda bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bilan ishga joylashish prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan institute strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-fevraldagi 01/01-01-51-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan taklif texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, jumladan institutning raqobatbardoshligini oshirish, prognoz davrida institut bitiruvchilarining o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bandligini oshirish, professor-o‘qituvchilarni “ta’lim-ishlab chiqarish-ilmiy faoliyat” jarayoniga to‘liq jalb etish va sifat parametrlarini maqsadli oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish