Umarali Xabibulla o‘g‘li Gulmatovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida transport siyosati (1991 – 2023-yillar)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.02.PhD / Tar1083
Ilmiy rahbar: Anoroy Zayniddinovna Tog‘aeva, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Rahbar Xamidovna Murtazaeva, tarix fanlari doktori, professor;
Oybek Bektemirovich Abdimo‘minov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida 1991 – 2023-yillarda transport tizimini boradasigi davlat siyosati va uning natijalari, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni temir yo‘l, avtomobil va havo transporti misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davlatining transport siyosatida soha faoliyatining rejali iqtisodiyot va ma’muriy buyruqbozlik tizimi asosida ichki imkoniyat hamda aholi ehtiyojlarini e’tiborga olmasdan tashkil etilganligi, tashqi transport aloqalarini mustaqil amalga oshirishda respublika imkoniyatlarining qat’iy cheklanganligi, SSSR parchalanishi xo‘jalik aloqalarining butunlay uzilishiga olib kelganligi kabi holatlar oqibatida mustaqillik arafasida transport tizimi tanazzul holatiga kelib qolganligi asoslangan;
1991 – 2016-yillarda respublika transport sohasidagi islohotlar tizimni qayta shakllantirish bilan bir qatorda, ularning amaliyotida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (monopol huquqning saqlanib qolgani, temir yo‘l va aviatsiya transportida xususiylashtirish jarayoniga etarlicha e’tibor berilmagani, ajratilgan mablag‘larning o‘rinli sarflanmagani, tarmoqni modernizatsiyalashning talab darajasidan ortda qolishi) oqibatida o‘tkazilgan islohotlar etarlicha natija bermaganligi aniqlangan;
so‘nggi yillarda milliy avtomobil sanoati boshqaruvi bilan bog‘liq monopol huquqning bartaraf etilishi natijasida transport vositalarini xarid qilishda boj soliqlarining kamaytirilishi, “yashil transport” siyosati sababli aholining arzon va sifatli avtomobillarga ega bo‘lish imkoniyati kengayganligi, yoqilg‘ining tejalishi, transport vositalarining tabiiy muhitga zararini oldini olinishi kabi natijalarga erishilgani dalillangan;
2017 ¬– 2023-yillarda amalga oshirilgan islohotlarda sohada yagona boshqaruv mexanizmini tashkil etish, transport tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tizimni tartibga solish va rivojlantirish maqsadida xususiylashtirish jarayonini erkinlashtirish, monopol huquqni cheklash hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratilayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet davrida O‘zbekiston transportining faoliyati, shu jarayonda vujudga kelgan qator muammo va kamchiliklar hamda ularning oqibatlari, mustaqillikka erishilgach, respublika transport tizimini rivojlantirishga doir davlat siyosati, uning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratilganligi, yangi yo‘nalishlarning barpo etilishi, tarmoq infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, temir yo‘llarning elektrlashtirilishi, yangi lokomotivlar va vagonlarning olib kelinishi, yangi vokzallar, aeroportlar qurish, mavjudlarini esa qayta ta’mirlash kabi islohotlar mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga xizmat qilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston temir yo‘llari AJ kengashi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanma va texnologik tavsiyalarda, shuningdek, aholining, AJ rahbarlari va a’zolarining hamda soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun tashkil etilgan o‘quv kurslari dasturlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari aksionerlik jamiyatining 2024-yil 18-sentyabrdagi 07/3713-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar transport sohasida olib borilayotgan davlat siyosati va natijalarining ijobiy jihatlarini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning transport tizimida yuritilgan davlat siyosati, sohada amalga oshirilgan yangilanishlar, tarmoqda erishilgan yutuqlar va kamchiliklar hamda temir yo‘l va aviatsiya transportida monopol huquqning saqlanib qolishi xususiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etganligi, qonunlarni bajarishda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilishi, korrupsiya kabi muammolar oqibatida o‘tkazilgan islohotlar etarlicha natija bermaganligi borasidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Zamonlar osha” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 24-maydagi 02-31-665-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda tranaport siyosati tarixiga oid bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.
Dissertatsiya ishidagi O‘zbekistonda avtomobil transportining mustaqillikkacha bo‘lgan ahvoli va mustaqillik yillarida rivojlantirilishi, yangi yo‘llarining qurilishi, moddiy-texnik bazani uzlyuksiz yangilab borilishi, sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash hamda ularni qayta tayyorlash, O‘zbekistonning xalqaro transport loyihalarida avtomobil transportining ahamiyatini ko‘rsatib berish, milliy avtomobil sanoati boshqaruvi bilan bog‘liq monopol huquqning bartaraf etilishi, transport vositalarini xarid qilishda boj soliqlarining kamaytirilishi, “yashil transport” siyosati sababli aholining arzon va sifatli avtomobillarga ega bo‘lish imkoniyati kengayganligi, yoqilg‘ining tejalishi borasidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Zamonlar osha” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 24-maydagi 02-31-665-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari transport sohasini rivojlantirish holati va muammolariga oid ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekiston davrida transport sohasida o‘tkazilgan islohotlar, yagona boshqaruv organi – Transport vazirligining tashkil topishi, etuk kadrlar tayyorlovchi muassasa – Transport universitetiga asos solinishi, tarmoqda yakka iqtisodiy faoliyatning cheklanishi, “yashil transport” siyosatining olib borilishi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Zamonlar osha” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 24-maydagi 02-31-665-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari teletomoshabinlarning O‘zbekistonda tranaport tizimida o‘tkazilgan islohotlarga doir bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.