Yuldasheva Kamola Miralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.PhD/Iqt4254.
Ilmiy rahbari: Nurmanov Ulugbek Anorbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion jarayonlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yangi g‘oyalar, texnologiyalar yoki mahsulotlarni yaratish, amalga oshirish va bozorga chiqarish jarayonini samarali tarzda rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi boshqaruv faoliyatiga innovatsion faoliyat shartlari hamda natijalarini tavsiflovchi samaradorlik ko‘rsatkichlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan; 
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish diversifikatsiyasini ta’minlash uchun korxona tashkiliy tuzilmasida marketing bo‘limi bilan integratsiyalashgan holda “Innovatsiyalar bo‘limi”ni tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda xodimlarning innovatsion faolligini boshqarish jarayonlarini maxsus va o‘zaro bog‘liq guruhlarga ajratish asosida amalga oshirilayotgan loyihaning butun muddati davomida “xodimning innovatsion faolligini monitoring qilish” kichik guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish asoslangan;  
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hajmi hamda kelgusi davr xarajatlarining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovatsion jarayonlarni boshqarish» tushunchasining iqtisodiy mazmuni yangi g‘oyalar, texnologiyalar yoki mahsulotlarni yaratish, amalga oshirish va bozorga chiqarish jarayonini samarali tarzda rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi boshqaruv faoliyatiga innovatsion faoliyat shartlari hamda natijalarini tavsiflovchi samaradorlik ko‘rsatkichlari «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion Strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024-yil 28-martdagi 07-1/5-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda joriy etish orqali innovatsion faoliyat natijalarini tavsiflovchi samaradorlik ko‘rsatkichlaridan umumiy foydada innovatsion faoliyatni amalga oshirishdan olingan sof foyda ulushining 2,2 barobar o‘sishiga erishilgan;
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish diversifikatsiyasini ta’minlash uchun korxona tashkiliy tuzilmasida marketing bo‘limi bilan integratsiyalashgan holda «Innovatsiyalar bo‘limi»ni tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi  «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion Strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024-yil 28-martdagi 07-1/5-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida ichki va tashqi bozordagi talab va taklif o‘zgaruvchanligi o‘rganilib, mavjud resurslardan samarali foydalangan holda innovatsion loyihalar ishlab chiqish orqali korxonalarda marketing faoliyati takomillashtirildi va sotuv hajmi 4 foizga oshishiga erishilgan;
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda xodimlarning innovatsion faolligini boshqarish jarayonlarini maxsus va o‘zaro bog‘liq guruhlarga ajratish asosida amalga oshirilayotgan loyihaning butun muddati davomida «xodimning innovatsion faolligini monitoring qilish» kichik guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi «Qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024-yil 28-martdagi 07-1/5-11-son ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 5 foizga qadar oshishiga erishilgan;
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hajmi hamda kelgusi davr xarajatlarining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari «Qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024-yil 28-martdagi 07-1/5-11-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning strategik rejalari ko‘rsatkichlarining aniqlik va o‘zaro muvofiqlik darajasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish