Sadullaev Dilmurod Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Innovatsion menejmentning boshqaruv talablari asosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlashni takomillashtirish”, 13.00.07-“Ta’limda menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8497.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor, O‘sarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Innovatsion menejmentning boshqaruv talablari asosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion menejmentning boshqaruv talablariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari boshqaruv xodimlarini innovatsion menjment drayverlari va iqtisodiyot talablariga uyg‘un moslashuvchanliginini bosqichma-bosqichligiga ustuvorlik berish asosida kengaytirilgan;
innovatsion menejmentning boshqaruv talablari asosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi milliy qadriyatlarga asoslangan boshqaruv madaniyati kabilarni rivojlantirishga ko‘ra nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish mexanizmi jarayonda strategik va inson resurslarini samarali va dinamik boshqaruvi negizida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, umumiy sifat menejmenti, axborotni boshqarish samaradorligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
bitiruvchilarni innovatsion menejmentning boshqaruv talablari asosida tayyorlashning tashkiliy-boshqaruv yondashuvi kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, hamkorlik munosabati va ta’lim samaradorligi integratsiyasi samaradorligini baholashda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbar-doshligiga ustuvolik berishga qo‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion menejment boshqaruv talablari asosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
innovatsion menejmentning boshqaruv talablariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari boshqaruv xodimlarini innovatsion menjment drayverlari va iqtisodiyot talablariga uyg‘un moslashuvchanliginini bosqichma-bosqichligiga ustuvorlik berish asosida kengaytirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i asosida chop etilgan “Oliy ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18-oktyabrdagi 02/01-01-92-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif talabalar innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish, xodimlar va bitiruvchilarni tayyorlash sifatini oshirishda samaradorlikni baholovchi mezon sifatida boshqaruv va ta’lim sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion menejmentning boshqaruv talablari asosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi milliy qadriyatlarga asoslangan boshqaruv madaniyati kabilarni rivojlantirishga ko‘ra takomillashuviga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i asosida chop etilgan “Oliy ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18-oktyabrdagi 02/01-01-92-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif talabalarning o‘rtacha o‘zlashtirish darajasining 13,4 ballga oshishiga, ta’lim sifatini baholashda standart xato ko‘rsatkichining 0,78dan 0,65ga kamayishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish mexanizmi jarayonda strategik va inson resurslarini samarali va dinamik boshqaruviga ko‘ra davlat xizmatini ko‘rsatish sifati, umumiy sifat menejmenti, axborotni boshqarish samaradorligi kabilarni eʼtiborga olgan holda takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i asosida chop etilgan “Ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18-oktyabrdagi 02/01-01-92-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bitiruvchilarni tayyorlash sifatini oshirish jarayonida strategik rejalashtirish, inson resurslarini maqsadli boshqarish, marketing va moliyaviy faoliyatni uzlyuksizligining kompleksliligiga ko‘ra ta’lim samaradorligini 0,18 foizga va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligining 17 foizga o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
bitiruvchilarni innovatsion menejmentning boshqaruv talablari asosida tayyorlashning tashkiliy-boshqaruv yondashuvi kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, hamkorlik munosabati va ta’lim samaradorligi integratsiyasi samaradorligini baholashda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbar-doshligiga ustuvolik berishga qo‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i asosida chop etilgan “Oliy ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18-oktyabrdagi 02/01-01-92-sonli ma’lumotnomasi). Taklif samaradorlikni baholash tizimini takomillashtirishga, bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarining 1,14 foizga oshishi va ta’lim jarayonida hamkorlik munosabatlarining kengayishiga, mehnat bozoridagi raqobatbardoshlikning oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.