Rasulova Nigora Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yashil turizmni rivojlantirish istiqbollari», 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3669.
Ilmiy rahbar: Abduvahidov Abdumalik Mahkamovich, isodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yashil turizmni rivojlantirishning hozirgi holatini tahlil qilish asosida mehmonxonalar va yashil turizm destinasiyalarida yashil turizmni rivojlantirish omillarini aniqlash, yashil turizmni atrof muhitga salbiy ta’sirini baholash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yashil turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ekologik ijtimoiy mas’uliyatli norezident va rezident turistlar tomonidan yashil turizm destinatsiyalariga sayohat qilishda yashil sertifikatlarga ega mehmonxonalarni tanlashni o‘z ichiga oluvchi, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarni mujassamlashtiruvchi, mahalliy til, urf-odat, madaniyat, hudud oraliq masofasi, sayohatni tashkil etishdagi rasmiyatchilik darajasi kabi omillarning ta’siri bo‘yicha yuqori manfaatdorlik va qulaylikni ta’minlovchi jarayon jihatidan takomillashtirilgan; 
 yashil turizm tadqiqot modellarini rejalashtirilgan xulq-atvor nazariyasi tamoyillariga asoslangan strukturaviy tenglama modellashtirish usulida rivojlantirish orqali sayyohlarning “ekologik ongli niyati”ni shakllantiruvchi ko‘plab omillar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq baholash hamda mahalliy aholi farovonligini oshirish va ekologik muammolarni bartaraf etish taklifi ishlab chiqilgan;
resurslardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va turizm sohasining kengayishi ta’sirida kelib chiqadigan ekologik ziyonni kamaytirishda “Ekologik Kuznes egri chizigʼi (EKC)” gipotezasi yordamida yashil turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarining ahamiyatlilik darajasini baholash asoslangan;
O‘zbekistonda yashil turizmni rivojlantirishda turizmni rivojlantirish va yashil rivojlanish samaradorligi omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni modifikatsiyalashgan barqaror o‘sishga ta’sirini baholash modellari asosida asosiy faoliyatning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashil turizmni rivojlantirishning barqaror dinamikasiga erishish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yashil turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ekologik ijtimoiy masʼuliyatli norezident va rezident turistlar tomonidan yashil turizm destinatsiyalariga sayohat qilishda yashil sertifikatlarga ega mehmonxonalarni tanlashni o‘z ichiga oluvchi, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarni mujassamlashtiruvchi, mahalliy til, urf-odat, madaniyat, hudud oraliq masofasi, sayohatni tashkil etishdagi rasmiyatchilik darajasi kabi omillarning ta’siri bo‘yicha yuqori manfaatdorlik va qulaylikni ta’minlovchi jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Barqaror turizmni rivojlanishi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28 apreldagi 119-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ekologik ijtimoiy masʼuliyatli norezident va rezident turistlar tomonidan yashil turizm destinatsiyalariga sayohat qilishda yashil sertifikatlarga ega mehmonxonalarni tanlashni o‘z ichiga oluvchi omillarning ta’siri bo‘yicha yuqori manfaatdorlik va qulaylikni ta’minlovchi jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “yashil turizm” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;  
yashil turizm tadqiqot modellarini rejalashtirilgan xulq-atvor nazariyasi tamoyillariga asoslangan strukturaviy tenglama modellashtirish usulida rivojlantirish orqali sayyohlarning “ekologik ongli niyati”ni shakllantiruvchi ko‘plab omillar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq baholash hamda mahalliy aholi farovonligini oshirish va ekologik muammolarni bartaraf etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-12-17-8736-sonli, O‘zbekiston Mehmonxonalar Uyushmasining 2024-yil 29-avgustdagi 928-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yashil turizmning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshirish, xususan, ekologiya va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash, energiya va suvni tejash, elektr transport vositalarini amaliyotga tatbiq etishga erishish, iqtisodiy nuqtai nazardan turistlarning yangi segmentini shakllantirish, yaʼni yashil turistik mahsulotni isteʼmol qilishga qiziquvchi turistlar sonini ko‘paytirish imkoni yaratilgan;
resurslardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va turizm sohasining kengayishi ta’sirida kelib chiqadigan ekologik ziyonni kamaytirishda “Ekologik Kuznes egri chizigʼi (EKC)” gipotezasi yordamida yashil turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarining ahamiyatlilik darajasini baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-12-17-8736-sonli, O‘zbekiston Mehmonxonalar Uyushmasining 2024-yil 29-avgustdagi 928-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yashil turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini atrof-muhitga salbiy ta’sirini baholash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda yashil turizmni rivojlantirishda turizmni rivojlantirish va yashil rivojlanish samaradorligi omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni modifikatsiyalashgan barqaror o‘sishga ta’sirini baholash modellari asosida asosiy faoliyatning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-12-17-8736-sonli, Oʼzbekiston Mehmonxonalar Uyushmasining 2024-yil 29-avgustdagi 928-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilga borib turizm xizmatlari eksportini 4,7 martaga, xorijiy turistlar sonini 3,2 martaga oshirish imkoni aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish