Dustmurodov Orifjon Ismatilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida hududiy turizm rivojlanishining iqtisodiy samaradorligini oshirish omillari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2.PhD/Iqt2133.
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Muxitdinov Shoxijaxon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida hududiy turizmni rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida “hududiy turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni soha rivojlanishida iqtisodiy samaradorlikni oshirishning asosiy omillari, amalga oshirish tamoyillari va o‘ziga xos rivojlanish tendensiyalari yo‘nalishlarini asoslash orqali takomillashtirilgan;
hududiy turizmning statistik va buxgalteriya hisobotlari asosida aniqlash imkoni bo‘lmagan faoliyatlarini baholash ish beruvchilar va band bo‘lgan yollanma xodimlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga aniq sotsiologik baho berish orqali takomillashtirilgan;
xo‘jalik yuritishning zamonaviy usuli bo‘lgan klaster tizimini hududiy turizmda qo‘llash mexanizmlarini joriy qilish asosida “Samarqand viloyati turizm klasteri” tuzilmasini tashkil etish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan xorijiy va ichki turistlar, mehmonxona va xostellar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizm vositalari, turizm infratuzilmasi ob’ektlari sonining hududiy turizm rivojlanishiga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida hududiy turizm xizmatlari eksportining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida hududiy turizm rivojlanishining iqtisodiy samaradorligini oshirish omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida “hududiy turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmunini soha rivojlanishida iqtisodiy samaradorlikni oshirishning asosiy omillari, amalga oshirish tamoyillari va o‘ziga xos rivojlanish tendensiyalari yo‘nalishlarini asoslash orqali takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizmda innovatsiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 14 iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “hududiy turizm” tushunchasining soha rivojlanishida iqtisodiy samaradorligini oshirishning takomillashtirilgan mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
hududiy turizmning statistik va buxgalteriya hisobotlari asosida aniqlash imkoni bo‘lmagan faoliyatlarini baholash ish beruvchilar va band bo‘lgan yollanma xodimlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga aniq sotsiologik baho berish orqali takomillashtirish taklifidan hududiy turizmda band bo‘lgan aholining daromadlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabrdagi 03-12-17-5833-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham tartibga solishga xizmat qiladi; 
xo‘jalik yuritishning zamonaviy usuli bo‘lgan klaster tizimini hududiy turizmda qo‘llash mexanizmlarini joriy qilish asosida “Samarqand viloyati turizm klasteri” tuzilmasini tashkil etish taklifidan hududlarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hamkorliklarini kuchaytirish, rekreatsion hududlarga turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabrdagi 03-12-17-5833-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hududiy turizm xizmatlarini rivojlantirishda klaster tizimlaridan maqsadli foydalanish orqali klaster sub’ektlarining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keluvchi va tizimning barcha elementlarini birlashtirish jarayoniga xizmat qiladi;  
Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan xorijiy va ichki turistlar, mehmonxona va xostellar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizm vositalari, turizm infratuzilmasi ob’ektlari sonining hududiy turizm rivojlanishiga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida hududiy turizm xizmatlari eksportining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Samarqand viloyatida hududiy turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabrdagi 03-12-17-5833-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning prognoz ko‘rsatkichlari asosida Samarqand viloyatidagi turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda serdaromad ish o‘rinlari yaratilishi, turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchilarning ulushi 2,4 barobarga oshirilishiga erishiladi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish