Mitillaev Ibroximjon Tursunpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «“Tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni bartaraf etish yo‘llari”», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4452.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Saidjamol Kadirjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkari qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida muammoli kreditlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tijorat banklari aktivlari tarkibidagi qoniqarsiz va shubhali aktivlar sifatida tasniflangan aktivlarini balans qiymatidan 10-15 foiz past darajada undirish orqali muammoli aktivlarini bartaraf etish taklifi asoslangan;
Uch yil va undan ortiq muddat davomida undirilmay kelinayotgan kreditlarni so‘ndirish uchun bank balansiga olingan qarzdorlarning mulkini asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi summasini qoplash imkoniyatini beruvchi narxda sotish taklifi asoslangan;
Ikki yildan ortiq muddatda foydalanmasdan bank balansida turgan ko‘chmas mulklarni balans qoldiq qiymatida sotish orqali muammoli aktivlarni 5 foizgacha qisqartirish asoslangan;
Banklarning aktivlarini davlat va Markaziy bank qimmatli qog‘ozlariga investisiya qilish, jismoniy shaxslarga berilayotgan kreditlar va lizing operatsiyalari hajmini oshirish orqali muammoli aktivlar salmog‘ini qisqartirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining muammoli aktivlari hajmini qisqartirishga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tijorat banklari aktivlari tarkibida qoniqarsiz va shubhali aktivlar sifatida tasniflangan aktivlarini balans qiymatidan 10-15 foiz past darajada undirish orqali muammoli aktivlarini bartaraf etish taklifi Andijon viloyatidagi banklar amaliyotiga joriy etilgan (Turonbank Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 12 dekabrdagi 19/03-443-sonli, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 21-17/56-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning Andijon viloyatidagi banklar amaliyotiga joriy etilishi natijasida bankning muammoli kreditlari hajmini 2024 yil 10 oktyabrda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 5 foizga kamaytirish imkonini bergan;
Muddati uch yil va undan ortiq muddatdan buyon undirilmay kelinayotgan kreditlarni so‘ndirish uchun bank balansiga olingan qarzdorlarning mulkini asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi summasini qoplash imkoniyatini beruvchi narxda sotish taklifi Andijon viloyatidagi banklar amaliyotiga joriy etilgan (Turonbank Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 12 dekabrdagi 19/03-443-sonli, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 21-17/56-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning Andijon viloyatidagi banklar amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning muammoli aktivlari hajmini 2024 yil 10 oktyabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 5 foizga qisqartirishga erishilgan;
Ikki yildan ortiq muddatda foydalanmasdan bank balansida turgan ko‘chmas mulklarni balans qoldiq qiymatida sotish orqali muammoli aktivlarni 5 foizgacha qisqartirish mumkinligi haqidagi taklifi Andijon viloyatidagi tijorat banklar amaliyotiga joriy etilgan (Turonbank Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 12 dekabrdagi 19/03-443-sonli, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 21-17/56-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasining xisobotida aks ettirilishi va amaliyotga joriy etilishi natijasida banklarning muammoli aktivlari hajmini 2024 yil 10 oktyabr xisoboti davriga nisbatan 10 foizga qisqartirish imkonini bergan;
Banklarning aktivlarini davlat va Markaziy bank qimmatli qog‘ozlariga investisiya qilish, jismoniy shaxslarga berilayotgan kreditlar va lizing operatsiyalari hajmini oshirish orqali muammoli aktivlar salmog‘ini qisqartirish haqidagi taklifi Andijon viloyatidagi banklar amaliyotiga joriy etilgan (Turonbank Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 12 dekabrdagi 19/03-443-sonli, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 21-17/56-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasining xisobotida aks ettirilishi va amaliyotga joriy etilishi natijasida banklarning muammoli aktivlari hajmini 2024 yil 10 oktyabr xisoboti davriga nisbatan 5 foizga qisqartirish imkonini bergan.