Saidov Sarvar Xayrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatchilarida boshkaruv kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2023.4.PhD/Iqt3609
Ilmiy rahbar: Raxmanov Zafar Yashinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Suyunov Dilmurod Xolmuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmatchilarida boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «boshqaruv kompetensiyalari» tushunchasining mazmuni «davlat va jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish va samarali boshqaruvni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy va axloqiy tamoyillar, kasbiy bilim va ko‘nikmalarning mukammal uyg‘unligi» nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilayotgan ta’lim dasturlarining boshqaruv kompetensiyalari hamda davlat xizmatidagi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rtasidagi o‘zaro tizimli bog‘liqlikni tahlil qilish orqali ta’lim dasturlariga bo‘lgan investisiyalarni oshirish taklifi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish va salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar (yosh, jins, lavozim, hudud, ish staji va boshqa) tartibli logistik regressiya (Ologit) modeli asosida tahlil qilish orqali ta’lim dasturlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmlarining maqsadli yo‘naltirilishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish va salohiyatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich infratuzilmani yaratish, xalqaro standartlarni integratsiyalash, natijalarni raqamli texnologiyalar yordamida monitoring qilish va baholashni nazarda tutuvchi 2024–2030 yillarga mo‘ljallangan boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish tizimini istiqbolli rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat fuqarolik xizmatchilarida boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra «boshqaruv kompetensiyalari» tushunchasining mazmuni takomillashtirilgan, davlat fuqarolik xizmatchilari uchun boshqaruv kompetensiyalar ro‘yxati, ularning tavsifi va namoyon bo‘lish indikatorlari ishlab chiqilgan. Rahbar kadrlarni baholash markazi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetensiyalarini baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, tuman (shahar) sektor rahbarlari, rahbar ayollar dasturi ishtirokchilarining boshqaruv (o‘z burchiga sodiqlik, strategik tafakkur, jamoaviy hamkorlik va kommunikativlik, shaxsiy samaradorlik, moslashuvchanlik va qat’iyatlik) kompetensiyalarini baholash, shuningdek baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan (Rahbar kadrlarni baholash markazining 2024 yil 12 dekabrdagi 4-sonli ma’lumotnomasi);
Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilayotgan ta’lim dasturlarining boshqaruv kompetensiyalari hamda davlat xizmatidagi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rtasidagi o‘zaro tizimli bog‘liqlikni tahlil qilish orqali ta’lim dasturlariga bo‘lgan investisiyalarni oshirish taklifi asoslab berilgan. Natijada, ta’lim dasturlarining ijobiy ta’sirini oshirish, inson resurslarini rivojlantirish hamda davlat fuqarolik xizmatchilarida boshqaruv kompetensiyalarini yanada rivojlantirish asnosida Agentlik tomonidan ta’lim dasturlariga investisiya 2022 yilga qaraganda 2023 yili 12,1%ga oshgan bo‘lsa, o‘tkazilgan tahlillar asosida 2024 yili bu ko‘rsatkich 2023 yilga qaraganda 17,9%ga oshgan (Rahbar kadrlarni baholash markazining 2024 yil 12 dekabrdagi 4-sonli ma’lumotnomasi);
Davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish va salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar (yosh, jins, lavozim, hudud, ish staji va boshqalar) tartibli logistik regressiya (Ologit) modeli asosida tahlil qilish orqali ta’lim dasturlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmlarining maqsadli yo‘naltirilishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan. Ushbu taklif doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarini boshqaruv kompetensiyalarini oshirish, xalqaro ta’lim platformalarining tajribasidan foydalanish, sohada raqobat muhitini shakllantirish maqsadida ta’lim dasturlari diversifikatsiya qilingan. Xususan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Singapurning Menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) kabi muassasalarda o‘quvlar tashkil etilgan, edu.argos.uz, ilm.argos.uz va assessment.argos.uz platformalari takomillashtirilgan (Rahbar kadrlarni baholash markazining 2024 yil 12 dekabrdagi 4-sonli ma’lumotnomasi);
Davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish va salohiyatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich infratuzilmani yaratish, xalqaro standartlarni integratsiyalash, natijalarni raqamli texnologiyalar yordamida monitoring qilish va baholashni nazarda tutuvchi 2024–2030 yillarga mo‘ljallangan boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish tizimini istiqbolli rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan davlat fuqarolik xizmatchilarini boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish va ularni salohiyatini oshirish tizimini istiqbolli rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamentining 2025 yilda amalga oshiriladigan yillik ish rejasiga va Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” kiritish taklifi Agentlik rahbariyati tomonidan ma’qullangan (Rahbar kadrlarni baholash markazining 2024 yil 12 dekabrdagi 4-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish