Shamsieva Feruza Muratxodjaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishni ekonometrik tadqiq qilish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt.2553.
Ilmiy rahbar: Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, Urgench davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sauxanov Janibek Kazievich, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishni soha mahsuloti hajmining o‘zgarish dinamikasi yordamida ekonometrik tadqiq qilish hamda samarali rivojlantirish yo‘llari (mexanizmlari) bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport salohiyati” tushunchasining davlat, mintaqa yoki korxonaning mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorga chiqarish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyati va qobiliyati sifatidagi iqtisodiy mazmuni zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonasining strukturasini sxematik tarzda taqdim etish, korxona faoliyati eksport salohiyatini oshirishning ichki tarkibiy qismlari va zaxiralarini aniqlash, ushbu salohiyatga ta’sir etuvchi omillarni nazorat qilish imkonini beruvchi agrar sektorning eksport salohiyatini iqtisodiy baholash modeli orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda meva-sabzavot bozorini tadqiq etishning biznes modeliga ko‘ra hududlarda eksport-import siyosatini takomillashtirish (EIST), eksport salohiyatini oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi bozorlarini kengaytirish (ESO), milliy standartlarni, fitosanitariya hamda veterinariya choralarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish (XTM), erkin import siyosatini amalga oshirish (IS) chora-tadbirlari o‘rtasidagi optimal (EIST=0,35; ESO=0,21; XTM=0,18; IS=0,16) nisbatni ta’minlash orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida investisiyalarni iste’mol barqarorligiga hissa qo‘shadigan oziq-ovqat ta’minotining zaifligini pasaytirish, investision faollikni intensivlashtirish va mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2028 yilga qadar tarmoq investision faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar turli ssenariylar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport salohiyati” tushunchasining davlat, mintaqa yoki korxonaning mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorga chiqarish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyati va qobiliyati sifatidagi iqtisodiy mazmunini zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonasining strukturasini sxematik tarzda taqdim etish, korxona faoliyati eksport salohiyatini oshirishning ichki tarkibiy qismlari va zaxiralarini aniqlash, ushbu salohiyatga ta’sir etuvchi omillarni nazorat qilish imkonini beruvchi agrar sektorning eksport salohiyatini iqtisodiy baholash modeli orqali takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari 5232200 – “Ekonometrika” va 60310200 - “Ekonometrika” yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 29 sentyabrdagi 314-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda agrar sektorning eksport salohiyatini iqtisodiy baholash modeli orqali takomillashtirilgan eksport salohiyati tushunchasining iqtisodiy mazmuniga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda meva-sabzavot bozorini tadqiq etishning biznes modeliga ko‘ra hududlarda eksport-import siyosatini takomillashtirish (EIST), eksport salohiyatini oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi bozorlarini kengaytirish (ESO), milliy standartlarni, fitosanitariya hamda veterinariya choralarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish (XTM), erkin import siyosatini amalga oshirish (IS) chora-tadbirlari o‘rtasidagi optimal (EIST=0,35; ESO=0,21; XTM=0,18; IS=0,16) nisbatni ta’minlash orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 7 avgustdagi 08-10-25-13317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika hududlaridagi eksport sub’ektlari tomonidan marketing tadqiqotlarini olib borishda, jahon bozoriga yo‘l ochishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilashda hududlardagi meva-sabzavot mahsuloti eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlari tomonidan mazkur sohada birlamchi bozorni chuqur o‘rganish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligida investisiyalar iste’mol barqarorligiga hissa qo‘shadigan oziq-ovqat ta’minotining zaifligini pasaytirish, investision faollikni intensivlashtirish va mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan tarmoq investision faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 7 avgustdagi 08-10-25-13317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika meva-sabzavot eksportining mazkur sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik sub’ektlari 1,96 foizga hamda sektor hosildorligi (sarflanayotgan o‘g‘itlar hajmi) 1,46 foizga o‘zgartirishi kabilar aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar turli ssenariylar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 7 avgustdagi 08-10-25-13317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti salohiyatini oshirish va 2030 yilgacha Qishloq xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi bandlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish