Jamaldinova Asalxon Salievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilish va prognozlashtirish”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt929.
Ilmiy rahbar: Xujakulov Xaitmurat Djavlievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish” kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Berkinov Bazarbay, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi “Demografiya, mehnat va gender statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i PhD. Yuldoshev Zoyir.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlarning o‘zgarishini iqtisodiy-statistik tadqiq qilishning uslubiy jihatlarini baholash hamda prognozlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “demografik jarayonlar o‘zgarishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aholi soni, tarkibi, tarqalishi va migratsiyasidagi uzlyuksiz dinamik o‘zgarishlarga ishchi kuchining shakllanishi, iste’mol bozori hajmi, mehnat resurslari taklifi, investisiya talablari, ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyoj va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilishda indikativ omillarni kompleks qo‘llagan holda shakllantiriluvchi integral ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga mehnatga qobiliyatli har 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar sonini kiritish orqali demografik barqarorlik indikatorlarining aniqlik darajasini oshirish asoslangan;
nikoh ko‘rsatkichlarini tahlil qilish nikohning umumiy koeffisienti bilan bir qatorda jami nikohlar sonini nikohlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan yosh (16 va 69 yosh)dagi aholi soniga nisbatan hisoblashga asoslangan nikohning maxsus koeffisienti ko‘rsatkichini qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
asosiy demografik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi ko‘p omilli regression bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida O‘zbekistonda aholi soni dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilish va prognozlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “demografik jarayonlar o‘zgarishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini aholi soni, tarkibi, tarqalishi va migratsiyasidagi uzlyuksiz dinamik o‘zgarishlarga ishchi kuchining shakllanishi, iste’mol bozori hajmi, mehnat resurslari taklifi, investisiya talablari, ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyoj va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Aholi statistikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-329 sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ishchi kuchining shakllanishi, iste’mol bozori hajmi, mehnat resurslari taklifi, investisiya talablari, ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyoj va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan demografik jarayonlar o‘zgarishi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
O‘zbekistonda demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilishda indikativ omillarni kompleks qo‘llagan holda shakllantiriluvchi integral ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga mehnatga qobiliyatli har 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar sonini kiritish orqali demografik barqarorlik indikatorlarining aniqlik darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasining 2025 yil 4 martdagi 01/3-12-09-60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilish xalqaro talab va standartlarga javob beradigan tahlil usullari, ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
nikoh ko‘rsatkichlarini tahlil qilish nikohning umumiy koeffisienti bilan bir qatorda jami nikohlar sonini nikohlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan yosh (16 va 69 yosh)dagi aholi soniga nisbatan hisoblashga asoslangan nikohning maxsus koeffisienti ko‘rsatkichini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasining 2025 yil  4 martdagi 01/3-12-09-60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nikoh ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda nikohning maxsus koeffisienti ko‘rsatkichini qo‘llash orqali statistik baholashning aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
asosiy demografik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi ko‘p omilli regression bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida O‘zbekistonda aholi soni dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasining 2025 yil 4 martdagi 01/3-12-09-60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda eng asosiy demografik ko‘rsatkichlar xususan umr ko‘rish davomiyligi va bolalar o‘limiga byudjetdan sog‘liqni saqlashga xarajatlar, YaIMning real o‘sishi, ishsizlikning statistik tadqiqini ko‘p omilli regression, indekslar asosida amalga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish