Rahimov Odil Berdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyatida agrosanoat klasterlari faoliyatini ekonometrik modellashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2549.
Ilmiy rahbar: Abdig‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Bazarbay Berkinov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muhitdinov Xudoyor Suyunovich Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrosanoat klasterlarini rivojlantirish va ushbu klasterlar iqtisodiy faoliyatini ekonometrik modellashtirish uslubiyotini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra klasterlashni modellashtirish mexanizmining algoritmik va strategik asoslarini ishlab chiqish modellashtirish mexanizmining bosqichlari va usullarini muvofiqlashtirish, klasterlash jarayonining iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash va optimallashtirishga xizmat qiluvchi yangi ekonometrik klasterlash modelini taklif etish asosida takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining mahsulot ishlab chiqarish rejasini matematik programmalashtirishning optimal modellari hududiy klasterlash jarayonlari va tuzilmalar faoliyatini boshqarishda hududdagi qo‘shimcha ichki zahira va imkoniyatlarini safarbarligiga asoslangan resurslardan samarali foydalanish orqali takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni baholovchi ekonometrik modelni takomillashtirish asosida Qashqadaryo viloyati paxta-to‘qimachilik klasterlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining YaHMga nisbatan ulushini (0,77% dan 12,4% gacha) oshirish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini strategik rejalashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan trend modellar va ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrosanoat klasterlari faoliyatini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra klasterlashni modellashtirish mexanizmining algoritmik va strategik asoslarini ishlab chiqish modellashtirish mexanizmining bosqichlari va usullarini muvofiqlashtirish, klasterlash jarayonining iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash va optimallashtirishga xizmat qiluvchi yangi ekonometrik klasterlash modelini taklif etish asosida takomillashtirilgan modeli Qashqadaryo viloyat subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4989-sonli ma’lumotnomasi). Takomillashtirilgan klasterlash modeli orqali iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish va strategik rivojlanishni ta’minlash mumkin bo‘lib, ushbu model klasterlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi hamda tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining mahsulot ishlab chiqarish rejasini matematik programmalashtirishning optimal modellari hududiy klasterlash jarayonlari va tuzilmalar faoliyatini boshqarishda hududdagi qo‘shimcha ichki zahira va imkoniyatlarini safarbarligiga asoslangan resurslardan samarali foydalanish orqali takomillashtirilgan modeli Qashqadaryo viloyat subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4989-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif paxta-to‘qimachilik klasterlarining mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun matematik dasturlashning optimal modellari asosida hududiy klasterlash jarayonlarini boshqarish takomillashtirilib, ichki resurs va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish ta’minlangan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni baholovchi ekonometrik modelni takomillashtirish asosida Qashqadaryo viloyati paxta-to‘qimachilik klasterlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini YaHMga nisbatan ulushini (0,77% dan 12,4% gacha) oshirish taklifi Qashqadaryo viloyat subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4989-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida econometrik model takomillashtirilib, Qashqadaryo viloyatida mahsulot ishlab chiqarish hajmining YaHMga nisbatan ulushini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini bergan;
Qashqadaryo viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini strategik rejalashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan trend modellar va ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyat subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4989-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qashqadaryo viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterining samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun trend modellar hamda ko‘p omilli ekonometrik tahlil asosida 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.