Ergashev Muhibbek Aslam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llar”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3796
Ilmiy rahbar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent; Jaborov Azamat Alijanovich, iqtisodiyot bo‘yicha falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tizimli tahlil qilish, ularning moliyaviy holatini baholash mezonlarini ishlab chiqish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy oqimlarni boshqarish va mavjud infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali barqaror moliyaviy rivojlanishni ta’minlovchi samarali boshqaruv mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz ta’minoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, ularning moliyaviy faoliyati davomida shakllangan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini beruvchi innovatsion moliyaviy boshqaruv mexanizmini joriy etish taklifi etilgan;
gaz ta’minoti korxonalarida moliyaviy boshqaruvning samaradorligini oshirish maqsadida smart hisoblagichlar, billing tizimlari va integratsiyalashgan hisob-kitob dasturlari kabi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida pul oqimlarini real vaqt rejimida nazorat qilish, to‘lov intizomini kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asoslangan;
gaz ta’minoti korxonalarida energiyani tejash, resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish orqali korxonaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan samarali mexanizm taklif etilgan;
tabiiy gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish bilan bir vaqtda, ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini kafolatlashga qaratilgan muvozanatli modeli ishlab chiqish taklifi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi gaz sanoat korxonalaring moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
gaz ta’minoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, ularning moliyaviy faoliyati davomida shakllangan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini beruvchi innovatsion moliyaviy boshqaruv mexanizmini joriy etishga doir taklifi “Hududgazta’minot” AJda amaliyotga tatbiq etildi. (“Hudugazta’minot” AJning 15-iyul 2024-yildagi 04-15/98 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, 2024 yilda “O‘zsanoatqurilish” ATBdagi depozit instrumentlaridan foydalanilgan holda 10,8 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha moliyaviy daromad shakllantirildi hamda ushbu mablag‘ korxona balansidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larning depozitda foydalanilishidan olingan daromad sifatida foydalilik ko‘rsatkichini oshirib, mavjud resurslarning passiv holatdan aktiv moliyaviy instrumentga aylantirilgan;
gaz ta’minoti korxonalarida moliyaviy boshqaruvning samaradorligini oshirish maqsadida smart hisoblagichlar, billing tizimlari va integratsiyalashgan hisob-kitob dasturlari kabi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida pul oqimlarini real vaqt rejimida nazorat qilish, to‘lov intizomini kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga doir taklifi “Hudugazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Hudugazta’minot” AJning 15-iyul 2024-yildagi 04-15/98 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan barcha toifadagi iste’molchilarga 3,8 mln.dona ortiq hisoblagichlar o‘rnatilib, 4 285 nafar shtat birligi optimallashtirildi hamda yillik ish haqi fondi 288,0 milliard so‘mga qisqartirilishiga erishilgan;
gaz ta’minoti korxonalarida energiyani tejash, resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish orqali korxonaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan samarali mexanizmiga doir taklifi “Hudugazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Hudugazta’minot” AJning 15-iyul 2024-yildagi 04-15/98 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh fotoelektr stansiyalarini markaziy boshqaruv binosi va hududiy filiallar darajasida joriy etish orqali “Hududgazta’minot” AJ tomonidan yiliga 650 ming kVt/soat elektr energiyasi tejalishiga, bu esa 520 million so‘mlik ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga erishilgan;
tabiiy gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birvaqtda, ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini kafolatlashga qaratilgan muvozanatli modeli ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli Farmonining 2-ilovasi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining III-Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishining 22-maqsadi 73-band belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan hamda “Hudugazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga qabul qilingan foydalanilgan (Taraqqiyot strategiyasi markazining 20-may 2024-yildagi 298-sonli, “Hudugazta’minot” AJning 15-iyul 2024-yildagi 04-15/98 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ishlab chiqilgan model “Hududgazta’minot” AJ faoliyatida aholining to‘lovga layoqatiga asoslangan differensial tarif siyosatini joriy etish, maqsadli subsidiyalar ajratish, to‘lovni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va chegirmali mexanizmlarni tatbiq etish, shuningdek ijtimoiy toifalar uchun tarifning 25–30 foizini davlat tomonidan kompensatsiya qilish orqali aholiga sotilayotgan tabiiy gaz bo‘yicha zararli segmentlarni qisqartirish, daromadlar bazasini kengaytirish va moliyaviy barqarorlikka erishish imkonini yaratish asoslantirilgan.