Nasirov Egamkul Ismailovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida «yashil» loyihalarni moliyalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt180.
Ilmiy maslahatchi: olinmagan.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Toshpulatov Davron Akromovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida «yashil» loyihalarni moliyalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«yashil» iqtisodiyot taksonomiyasini qabul qilish orqali mamlakatda «yashil» turdagi faoliyatni tasniflash, kiritilayotgan investisiyalarning suvni tejash, chiqindilar va ikkilamchi xom-ashyoni qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish, energiya samaradorligini ta’minlash kabi «yashil» mezonlarga muvofiqligini aniqlash yuzasidan takomillashtirilgan metodologiyani joriy qilish taklif etilgan;
mamlakatda qayta tiklanadigan energiya resurslari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, «yashil» texnologiyalar va «yashil» infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilishning muqobil manbasi sifatida birjada «yashil sertifikatlar» savdo maydonini yaratish asoslangan;
mamlakatning «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi va «yashil» o‘sishni ta’minlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga xususiy sektor mablag‘larini faol jalb qilish uchun uglerod birliklari bilan respublika va xalqaro darajada savdo-sotiq qilinadigan issiqxona gazlari savdo (ES - Emission Trade System) bozorini yaratish taklif etilgan;
milliy iqtisodiyotda barqaror moliyalashtirish bozorini shakllantirish, institutsional investorlarni mazkur bozorga jalb qilish, iqtisodiyot sub’ektlarining energiya va resurslarni tejovchi «yashil» texnologiyalardan foydalanishi asosida ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash, «yashil» loyihalarni moliyalashtirishga investisiyalar kiritilishini rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga oid standartlarni ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida qo‘llashning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
iqtisodiy faoliyat turlaridan kelib chiqib, investisiya loyihalarini amalga oshirishda resurslarni tejash hamda loyihalarning atrof-muhitga ta’sirini aniq sifat mezonlariga bog‘lagan holda baholash hamda uning natijalari asosida qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi usulni qo‘llash orqali investisiya loyihalarining iqtisodiy va ekologik talablarga javob berishiga qarab, shartli ravishda uch («qizil», «sariq» va «yashil») toifaga ajratish, shuningdek, «yashil» toifaga kirgan loyihalarni amalga oshirish, «sariq» toifaga taalluqli loyihalarni qayta ko‘rib chiqish hamda «qizil» toifaga kirgan loyihalarga moratoriy joriy qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida «yashil» loyihalarni moliyalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
«yashil» iqtisodiyot taksonomiyasini qabul qilish orqali mamlakatda «yashil» turdagi faoliyatni tasniflash, kiritilayotgan investisiyalarning suvni tejash, chiqindilar va ikkilamchi xom-ashyoni qayta ishlash, resurslarni tejash va tiklash, havo sifatini yaxshilash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish, energiya samaradorligini ta’minlash kabi «yashil» mezonlarga muvofiqligini aniqlash imkonini beruvchi metodologiyani joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 561-son «Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil  20-noyabrdagi 08/28-1-24136-son va «Ipotekabank» ATIBning 2025-yil 3-martdagi 2-3.2/7156-son ma’lumotnomalari). Natijada, taksonomiya yo‘nalishlariga kiritilgan «yashil» loyihalar amalga oshirilishi asnosida resurslardan foydalanish samaradorligi oshib, suv iste’molini sanoat va texnik ehtiyojlar uchun 40 foizga kamaytirishga, mahsulotlar tarkibidagi ikkilamchi xom-ashyoning ulushi kamida 30 foiz bo‘lishiga, mavjud va qurilayotgan sanoat ob’ektlarida energiya sarfini 20 foizga kamaytirishga erishilgan;
qayta tiklanadigan energiya resurslari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, «yashil» texnologiyalar va «yashil» infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilishning muqobil manbasi sifatida «yashil sertifikatlar» savdo tizimini yaratish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 515-son ««Yashil energiya» sertifikatlari tizimi joriy etilishini kengaytirish va «yashil» moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 20-noyabrdagi 08/28-1-24136-son va «Ipotekabank» ATIBning 2025-yil 3-martdagi 2-3.2/7156-son ma’lumotnomalari). Natijada, respublika tovar-xom ashyo birjasida 2023-yilning 1-oktyabridan - quyosh, shamol va gidroelektrostansiyalarida hamda qayta tiklanuvchi boshqa energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun xalqaro darajada tan olinadigan «yashil sertifikatlar» bilan savdo tizimining ishga tushirilishiga imkoniyat yaratilgan;
mamlakatning «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi va «yashil» o‘sishni ta’minlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga xususiy sektor mablag‘larini faol jalb qilish uchun uglerod birliklari bilan respublika va xalqaro darajada savdo-sotiq qilinadigan issiqxona gazlari savdosi (ES - Emission Trade System) bozorini yaratishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktyabrdagi PF-169-son «Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 20-noyabrdagi  08/28-1-24136-son va «Ipotekabank» ATIBning 2025-yil 3-martdagi 2-3.2/7156-son ma’lumotnomalari). Natijada, «issiqxona gazlari savdosi» milliy bozori 2024-yil 1-iyundan tajriba-sinov tariqasida ishga tushirilgan hamda 2025-yil 1-yanvardan energetika va sanoat tarmoqlarida to‘liq joriy qilinishi ko‘zda tutilgan;
milliy iqtisodiyotda barqaror moliyalashtirish bozorini shakllantirish, institutsional investorlarni mazkur bozorga jalb qilish, iqtisodiyot sub’ektlarining energiya va resurslarni tejovchi «yashil» texnologiyalardan foydalanishi asosida ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish, «yashil» loyihalarni moliyalashtirishga investisiyalar kiritilishini rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga oid standartlarni ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida qo‘llashga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 20-noyabrdagi 08/28-1-24136-son va «Ipotekabank» ATIBning 2025-yil 3-martdagi 2-3.2/7156-son ma’lumotnomalari). Natijada, ustav kapitalida davlat ishtiroki bo‘lgan 31 ta aksiyadorlik jamiyati va davlat unitar korxonalari ESG tamoyillarini o‘z biznes jarayonlarida qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan. O‘z navbatida, «Ipotekabank» ATIB biznes jarayonlariga ESG standartlarini joriy qilishi bank faoliyatini global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish talablariga muvofiqlashtirish imkonini bergan hamda bankning investisiyaviy jozibadorligi oshishiga xizmat qilgan;
iqtisodiy faoliyat turlaridan kelib chiqib, investisiya loyihalarini amalga oshirishda resurslarni tejash hamda loyihalarning atrof-muhitga ta’sirini aniq sifat mezonlariga bog‘lagan holda baholash hamda uning natijalari asosida qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi modelni qo‘llash orqali investisiya loyihalarining iqtisodiy va ekologik talablarga javob berishiga qarab, shartli ravishda uch («qizil», «sariq» va «yashil») toifaga ajratish, shuningdek, «yashil» toifaga kirgan loyihalarni amalga oshirish, «sariq» toifaga taalluqli loyihalarni qayta ko‘rib chiqish hamda «qizil» toifaga kirgan loyihalarga moratoriy joriy qilish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil  20-noyabrdagi  08/28-1-24136-son va «Ipotekabank» ATIBning 2025-yil 3-martdagi 2-3.2/7156-son ma’lumotnomalari). Natijada, mamlakatda «yashil» iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshiriladigan investisiya loyihalariga «yashil» mezonlarni joriy qilish hamda «qizil» toifaga kirgan loyihalarga moratoriy qo‘llash orqali mamlakatning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi ettinchi, o‘n birinchi, o‘n uchinchi va o‘n beshinchi milliy maqsad va vazifalarda ko‘zda tutilgan natijalarga erishishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish