Yakubova Saida Anvarjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1109.
Ilmiy rahbar: Xolmaxmadov Zamir Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bitta hisobda bir nechcha valyuta bilan operatsiya qilish imkoniyatini beruvchi multivalyuta hisobvaraqlariga mijoz tomonidan sotib olingan va foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi 10 foizini tashkil qilgan holda kirim qilish taklif etilgan;
valyutaviy spot bozoriga market-meykerlik institutini joriy etish orkali spekulyasiya va kurs o‘zgarishlariga qarshi xavfni kamaytirish maqsadida valyutaviy spot operatsiyalari hajmini 10 foizdan oshirmaslik orqali tijorat banklarining foizli daromadlarini 15 foizga oshirish taklif etilgan;
valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni takomillashtirish maqsadida, blokcheyn asosida raqamli kafolatlangan marja tizimlarida fyuchers va spot bahosi o‘rtasidagi farqni 15 foizga qisqartirish, ehtimoliy yo‘qotishlarni 10 foizga kamaytirish orqali bankning daromadlarini oshirish taklif etilgan;
forvard bitimlarining valyutaviy tarkibidagi ochiq valyuta pozisiyalarini 10 foizga kamaytirish uchun foizli forvard bitimlaridan foydalanish va valyuta riskini xedjirlash usullarini qo‘llash orqali forvard operatsiyalari hajmini 15 foizga oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bitta hisobda bir nechcha valyuta bilan operatsiya qilish imkoniyatini beruvchi multivalyuta hisobvaraqlariga mijoz tomonidan sotib olingan va foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi 10 foizini tashkil qilgan holda kirim qilish taklifi "O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi" AJ valyuta bozorida kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalari hamda “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJda valyutaviy fyuchers shartnomasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha birja savdolari qoidalari"ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi” AJning 2024 yil 19 martdagi №05-133-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJning faoliyatiga 2023 yilda nisbatan uzoq muddatli valyutaviy fyuchers instrumentlari amaliyotga joriy etildi, Kafolat fondi tashkil etildi, defolt menejmentni amalga oshirish tartibi yo‘lga qo‘yildi va fyuchers shartnomalari bilan 37,28 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzilgan; 
valyutaviy spot bozoriga market-meykerlik institutini joriy etish orkali spekulyasiya va kurs o‘zgarishlariga qarshi xavfni kamaytirish maqsadida valyutaviy spot operatsiyalari hajmini 10 foizdan oshirmaslik orqali tijorat banklarining foizli daromadlarini 15 foizga oshirish taklifi "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom va "O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi" AJ valyuta bozorida kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi” AJning 2024 yil 19 martdagi №05-133-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida valyuta svop bozoridagi operatsiyalar hajmi 2022 yilda 6 mln. AQSh dollari va 3,25 mln. evroda tuzilgan bitimlar bo‘yicha 10,66 mln so‘m miqdorida vositachilik mukofoti undirilmadi. Shuningdek, valyutaviy spot bozorida Kafolat fondi shakllantirildi, defoltni boshqarish orqali 2022 yilda 22 340 mln.so‘m, 2023 yilda 237 631 mln.so‘m miqdorida overnayt svop operatsiyalari bo‘yicha bitimlar tuzilgan; 
valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni takomillashtirish maqsadida, blokcheyn asosida raqamli kafolatlangan marja tizimlarida fyuchers va spot bahosi o‘rtasidagi farqni 15 foizga qisqartirish, ehtimoliy yo‘qotishlarni 10 foizga kamaytirish orqali bankning daromadlarini oshirish taklifi "O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi" AJ birja bozorlarida market-meyker xizmatlarini ko‘rsatish tartibi"ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi” AJning 2024 yil 19 martdagi №05-133-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida “Kapitalbank” ATB va “Ipak yo‘li” AITB banklariga “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ tomonidan market-meykerlik maqomi berildi, market-meykerlar tomonidan tuzilgan bitimlar hisobiga valyutaviy spot bozorida 2023 yilda savdolar hajmi 2022 yilga nisbatan 215 291 mln.so‘mga yoki 35,43% ga oshdi;    
forvard bitimlarining valyutaviy tarkibidagi ochiq valyuta pozisiyalarini 10 foizga kamaytirish uchun foizli forvard bitimlaridan foydalanish va valyuta riskini xedjirlash usullarini qo‘llash orqali forvard operatsiyalari hajmini 15 foizga oshirish taklifi “Poytaxt bank” AJ tomonidan “O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi”AJning valyuta savdolarida ishtirok etishda foydalanilgan (“Poytaxt bank” AJning 2024 yil 25 iyundagi №XR14-12/512-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Poytaxt bank” AJda forvard va svop bitimlari hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 1,3 foizli punktga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish