Allamuratov Maxmut Omarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi mintaqasidagi qum va tuproqni qotiruvchi polimer reagentlarni sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqish», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/K143.
Ilmiy rahbar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Ra’no Agzamovna, texnika fanlari doktori, professor; Qo‘ldosheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: α,β-dixlorgidringliserinni natriydigid-rofosfat bilan polikondensatsiyasi hamda gidroliz sanoatining lignin ushlagan chiqindilari asosida qum va tuproqni qotiruvchi polimer reagentlarini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Orol mintaqasidagi qum va tuproqni qotiruvchi polimer-reagentlarni «Ammofos» AJ chiqindisi – fosfogipsning hosilasi natriydigidrofosfat va α,β-dixlorgidringliserinni polikondensatsiyasi asosida olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sintez qilingan qotiruvchi-reagentlarning tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
α,β-dixlorgidringliserin va lignofsul`fonat asosida olingan qotiruvchi-reagentlarning tuproq va qum kompozisiyalarining fizik-mexanik xossalariga ta’siri isbotlangan;
sintez qilingan polimer qotiruvchi-reagentlar bilan ishlov berilgan qum va tuproqning suv va shamol eroziyasiga bardoshligi 70–75%ga ortishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi o‘rtacha 80%ga ortishi isbotlangan;
sintez qilingan polimer qotiruvchi-reagentlarni Orol dengizi mintaqasidagi ko‘chuvchi qum va tuproq hududlarida qo‘llash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol dengizi mintaqasidagi qum va tuproqni qotiruvchi polimer reagentlarni sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sanoat chiqindilari asosida sintez qilingan polimer kompozisiya uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05444, 2017 y). Natijada sintez qilingan qotiruvchi polimer kompozisiya Orol dengizi mintaqasidagi uchar qum va tuproqni qotirish, unumdorligini oshirish imkonini bergan;
polimer qotiruvchi-reagentlar AMU-1, AMU-2 ni qo‘llash texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi hududida, «Jamila qarakөz» va «Om Bag Kadirbay» agroferma xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat ko‘mitasining 2017 yil 4 dekabrdagi 02.03/2-6685-son ma’lumotnomasi). Natijada chet eldan katta valyutaga keltirilayotgan, qimmat va ekologik xavfli bo‘lgan qotiruvchi-reagentlarni keltirilishini qisqartirish imkonini bergan.