Taniev Ahmadjon Bahromovichgning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt813
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirhon Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Nasimov Dilmurod Abdulloevich; i.f.d., dotsent Ochilova Hilola Farmonovna; i.f.d., dotsent Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarga turistlar oqimini oshirish va korxonalarga davlat tomonidan qo‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatish maqsadida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish asosida turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun 20 dan 100 AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda rag‘batlantiruvchi subsidiyalar berish tartibining takomillashtirilgan modeli bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm sohasida xo‘jalik yurutuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida multiplikator qiymati baholash usuli yondashuvi asosida turizmning har bir turi (TT, 1 dan N gacha), biznesning har bir turi (BT, 1 dan n gacha), turist tomonidan amalga oshirilgan umumiy turistik xarajatlarning ulushi (TUTXU), turistik biznesga sarflangan xarajatlar ulushi (TBSX); biznesning sarf qilingan xarajatlardan kelgan daromad (BSXD), iste’mol qilishga bo‘lgan marjinal moyillik (IQMM), biznesga sarf qilgan umumiy iste’mol xarajatlar ulushi (BXU), mintaqada biznesning ulushi (MBU)  ko‘rsatkichlar ahamiyatliligi darajasiga ko‘ra takomillashtirilgan “Ad Hoc” modelini tizimlashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
harbiy tarix va faoliyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish, yodgorliklar va tadbirlarda qatnashish, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishishni nazarda tutuvchi harbiy turizm yangi turini joriy qilish orqali innovatsion turizm xizmatlari bo‘yicha jamoatchilikni muntazam ravishda xabardor qilib borish asosida G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi, Shon-sharaf, Qurolli Kuchlar davlat muzeylari va hududlardagi Vatanparvarlar bog‘larida harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan bevosita tanishtirish hamda tegishli obektlarga turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, ularga mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
milliy turizm xizmatlari bozorida turistik korxonalari tadbirkorlik faoliyatini integral baholashga iqtisodiy resurslardan foydalanishning xususiyatlarini past (0≤ Ik <0,33), o‘rta (0,34≤ Ik <0,80) va yuqori (0,81≤ Ik <1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda turistik korxona samarali rivojlanishining real dinamikasini aniqlash “Economic resources of tourism” modeli bo‘yicha taklifi asoslangan;
mamlakatimiz turizm sohasi salohiyatidan kelib chiqib va hududlarning iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish asosida milliy turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish hisob-kitoblari bo‘yicha 2028 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarga turistlar oqimini oshirish va korxonalarga davlat tomonidan qo‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatish maqsadida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish asosida turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun 20 dan 100 AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda rag‘batlantiruvchi subsidiyalar berish tartibining takomillashtirilgan modeli bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 3-yanvardagi 03-10-17-20-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizga turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan keladigan xorijiy turistlar sonini 30 % oshishiga erishilgan;
turizm sohasida xo‘jalik yurutuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida multiplikator qiymati baholash usuli yondashuvi asosida turizmning har bir turi (TT, 1 dan N gacha), biznesning har bir turi (BT, 1 dan n gacha), turist tomonidan amalga oshirilgan umumiy turistik xarajatlarning ulushi (TUTXU), turistik biznesga sarflangan xarajatlar ulushi (TBSX); biznesning sarf qilingan xarajatlardan kelgan daromad (BSXD), iste’mol qilishga bo‘lgan marjinal moyillik (IQMM), biznesga sarf qilgan umumiy iste’mol xarajatlar ulushi (BXU), mintaqada biznesning ulushi (MBU)  ko‘rsatkichlar ahamiyatliligi darajasiga ko‘ra takomillashtirilgan “Ad Hoc” modelini tizimlashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 7-dekabrdagi PQ-820-son “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 3-yanvardagi 03-10-17-20-sonli dalolatnomasi). Natijada, xar bir iqtisodiy resursdan foydalanish ta’siriga turizm sohasiga sarflangan xar bir so‘m, mamlakat iqtisodiyotiga 0,99 so‘m multiplikativ samara oshishga imkon yaratilgan;
harbiy tarix va faoliyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish, yodgorliklar va tadbirlarda qatnashish, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishishni nazarda tutuvchi harbiy turizm yangi turini joriy qilish orqali innovatsion turizm xizmatlari bo‘yicha jamoatchilikni muntazam ravishda xabardor qilib borish asosida G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi, Shon-sharaf, Qurolli Kuchlar davlat muzeylari va hududlardagi Vatanparvarlar bog‘larida harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan bevosita tanishtirish hamda tegishli obektlarga turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, ularga mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 18-sentyabrdagi 582-son “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi dasturiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 3-yanvardagi 03-10-17-20-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida hududlarning yangi turistik marshurutlarning ochilishi orqali qushimcha resurslar salohiyatidan foydalanish samaradorligi 1,2 baravarga oshgan;
milliy turizm xizmatlar bozorida turistik korxonalari tadbirkorlik faoliyatini integral baholashga iqtisodiy resurslardan foydalanishning xususiyatlarini past (0≤ Ik <0,33), o‘rta (0,34≤ Ik <0,80) va yuqori (0,81≤ Ik <1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda turistik korxona samarali rivojlanishining real dinamikasini aniqlash “Economic resources of tourism” modeli bo‘yicha asoslangan taklifi  Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2027-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 3-yanvardagi 03-10-17-20-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik korxonalari tadbirkorlik faoliyatini samarali rivojlantirishida iqtisodiy resurslardan foydalanishning integral baholash ko‘rsatkichlari 2 martaba oshirilgan;
mamlakatimiz turizm sohasi salohiyatidan kelib chiqib va hududlarning iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish asosida milliy turizm xizmatlar bozorini  rivojlantirish hisob-kitoblari bo‘yicha 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari ko‘rsatkichlari Turizm qo‘mitasining “2025-2027-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 3-yanvardagi 03-10-17-20-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizmga bo‘lgan iqtisodiy resurslarga talabini aniqlash orqali mamlakatimizga turistik maqsadlarda kelgan xorijlik fuqarolar soni 2 baravarga oshishi dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish